Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Tashkiliy - huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi



Download 6 Mb.
bet50/91
Sana19.03.2022
Hajmi6 Mb.
#500980
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
Bog'liq
2 5269700331301770571

Tashkiliy - huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Tadbirkor xaridorlar ko’p jihatdan hozirgi va kutilayotgan talab darajasi, pul qiymati kabi iqtisodiy holatlar ta’siri ostida hisoblanadi. Boshqa muhim omil bu zarur materiallarning taklifi hisoblanadi. Ko’p korxonalar hozirgi kunda faoliyat uzilib qolmasligi maqsadida tanqis materiallarni saqlash uchun kattaroq omborlarni tashkil etishmoqda. Tadbirkor xaridorlarga shuningdek siyosiy, texnologik va jamiyat rivojlanish darajasi ham ta’sir o’tkazadi. Shu bilan birga, xalqaro marketing sharoitida millat, an’analar ham xarid jarayonida muhim rol o’ynaydi. Tadbirkorlar ushbu omillarni o’rganishlari va ularni o’zlari uchun imkoniyatga aylantirishlari darkor. Tadbirkorlik psixologiyasi borasida rus olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari ham iqtisodiy psixologiya sohasini keng qamrovli yangiliklar bilan boyitgan. Rus olimlaridan S.Bulgakov (1871-1944), P.Struve (1870-1944), P.Saviskiy (1895-1965) lar o’z izlanishlarida xo’jalikda, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatida muhim o’rin tutadigan psixologik omillarga katta ahimiyat berishgan. Rossiya olimlarini tadbirkorlik faoliyatini yoritishga bag’ishlangan ishlarining xarakterli tomoni - ushbu fenomenning ijtimoiy-psixologik qirralariga diqqatni yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Jumladan, bu muloqot muammolari, xo’jalik faoliyatiga kirishuvchi odamlar va guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va xatti-harakatlar orqali izohlanadi. XX asrning oxirgi yillarida esa tadbirkorlik fenomenini yangicha tahlil qilishga V.Avtonomov, V.Aseyevva sosiologlar T.Zaslavskaya, V.Radayev va boshqalar harakat qilishgan.
Tadbirkorlik – bu inson faoliyatida turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladigan xususiyatlardan biridir. V.Dal fikricha, tadbirkor odam bu biror ishni boshlamoqchi bo’lgan, ijodiyotga yangicha yondashishga qodir, odamlarni birgalikda faoliyatga chorlashda samarali aloqa tashkil etishni biladigan insondir.
76-rasm

Shuningdek, bu borada psixologiya institutida A.Juravlyov, V.Poznyakov boshchiligida qator ilmiy-tadqiqotlar o’tkazilgan bo’lib, natijada, ishbilarmonlik borasida rossiya tadbirkorlariga xos qator etnopsixologik xususiyatlar o’rganildi.Tadqiqot natijalariga ko’rsatishicha, Rossiyalik ishbilarmonlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tanlanishining quyidagi muhim uch motivi mavjud:

  • mustaqillikka erishish (ya’ni o’zining shaxsiy biznesiga ega bo’lish);

  • o’z qobiliyatini ayirboshlash;

  • iqtisodiy ta’minlanganlik.

A.Krilov,tadbirkorlik faoliyatini ilmiy tahlil etib, unga: “Bozor munosabatlarining xarakterli jihatlaridan biri – tadbirkorlikdir. Tadbirkorlik bu – fuqaroning qonunchilik doirasida, foyda olish uchun o’z javobgarligi ostida tavakkal qilishga yo’naltirilgan faoliyatidir”, – deb ta’rif berib o’tadi. Uning fikricha, tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy shartlari bo’lib, quyidagi omillarhisoblanar ekan:

  • davlat siyosatining xususiy biznesga bo’lgan munosabati;

  • ommaning madaniyati va uning davlatga bo’lgan munosabati;

  • biznesni tashkil etishda psixologik madad berishlik;

  • shaxsning tadbirkorlikka bo’lgan iqtidor va qobiliyatlari.

Muallif tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun ikki xil tarzda yondashish borligini ko’rsatib o’tadi. Uningcha, birinchidan, jamiyatda tadbirkorlarning shunday bir toifasi mavjud-ki, ular o’zlarining biznesga taalluqli psixologik sifatlarini aniqlab, shunga mos ravishda faoliyat yuritadilar; ikkinchidan, hamma odamlar tadbirkordir, lekin har xil darajada.
F.Kuzinning e’tirof etishicha: “Tadbirkor harakat qilar ekan hamisha tavakkal qiladi. Tavakkalchilik (moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, psixologik sohalarda) – dunyo tadbirkorlarini birlashtiruvchi umumiylikdir. Tadbirkorning siyosiy rahbardan farqi shundaki, u hamisha o’zi harakat qilib, mas’uliyatni his etgan holda, qarorlar qabul qiladi. Tavakkalchilikka tayyorlik qobiliyati har qanday tadbirkor xarakterining asosi hisoblanadi”.
A.Daniyelyans va Yu.Platonovlarning fikricha: “Muvaffaqiyatga erishish motivasiyasiga qarab tadbirkorning faolligi aniqlanadi”. V.Mashkovning ta’kidlashicha: “Tadbirkorlik – bu muloqotdir. Muloqot – insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlar jarayoni bo’lib, doimiy ravishda diqqat-e’tibor talab qiladi. Tadbirkor amalga oshirayotgan faoliyati jarayonida boshliqlar, yollanib ishlovchilar va boshqa tadbirkorlar bilan muomalada bo’ladi. Bu esa o’z navbatida o’zaro munosabatlar shakllanishida shaxsiy sifatlar rolini e’tirof etadi. Tadbirkorlik va biznesni tashkil etishdagi mehnat motivasiyasini o’rganishga bag’ishlangan izlanishlar bir talay bo’lib, xorij olimlari ushbu yo’nalishda qator nazariyalarni ishlab chiqishgan. Shunday nazariyalardan biri (eng birinchilardan bo’lgan) mehnat motivasiyasi haqidagi F.Teylor (F.Taylor) nazariyasidir. Uni dastlab “ilmiy boshqarish” nazariyasi, deb atashdi. Sosiolog ham, psixolog ham bo’lmagan Teylor shaxsning xatti-harakatlari motivasiyasini mehnat mazmuni va faoliyatga qo’yiladigan talablarning o’sib borishiga qarab tahlil qiladi.
T.Meyo qarashlari ostida shakllangan “shaxslararo munosabatlar” konsepsiyasi vujudga keldi. Muallif bu konsepsiyasiga “sosiologiya va psixologiyaning qo’shma mahsuli” sifatida ta’rif beradi. Shu munosabat bilan fanda “psixososiologik tashkilot” degan atama yuzaga keldi. Psixologlar tomonidan inson motivasiyasining bir qator nazariyalari yaratilgan. Ularning orasida Z.Freydning “Motivasiya nazariyasi” va A.Maslouning “Ehtiyojlar iyerarxiyasi” nazariyalari mashhurdir. Olimlarning fikricha, har qanday motivasiya zamirida ehtiyoj yotadi.
77-rasm

Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi – mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish, guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi.



Tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyatining ikkinchiyo’nalishi – ishlab chiqarish tizimini yaxshilash tadbirlariga qaratilmog’i, yangi jamoada axloqiy-ruhiy muhitni qaror toptirish, yangi texnologiyani joriy etish, kuchlarni tezkor ishlarni bajarishga qaratish, boshqaruvdagi odamlarni imkon qadar kamaytirish, yangi xodimlar malakasini oshirib borish, odamlardagi «boqimandalik» ruhiyatiga barham berish, ishda har xil mojarolar kelib chiqishiga yo’l qo’maslik, mehnat intizomiga qattiq rioya qilishdir.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor rahbar faoliyatining mazmuni – uning boshqarish san’atini nechog’lik egallagani, ya’ni odalarni jamoaga uyushtirish, ishlarni uzoq va yaqin muddatlarga rejalashtirish, nazorat qilish, axborotlar ayirboshlash, boshqarishni oqilona tashkil etish kabi mezonlar bilan ham izohlanadi. Bunda tadbirkor rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, ishlab chiqarishni ishning ko’zini bilib tashkil etishi, belgilangan natijalarga erishishi, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi, uning guruh, jamoa, jamiyat oldida ma’suliyat, burch tuyg’usini chuqur xis qilishi muhim ahamiyatga ega.
Tadbirkorning tashkilotchilik qobiliyati hamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muhim shartidir.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish