Neofreydizmyo’nalishi - avstriyalik A.Alfred (1870-1937) shveytsariyalik Yung Karl Gustav analitik psixologiyani, amerikalik Xorney (1885-1952) psixoanaliz ta’limoti asosida o’z nazariyalarini yaratdilar, unga muvofiq odam tashqi ta’sirga javoban o’z strategiyasini ishlab chiqadi, ya’ni odamlarga intilish yoki odamlardan qochish, unga qarshi chiqish yoki yonbosish ishtiyoqida bo’ladi. Har doim nevrotik, konflikt holatidan chiqish yo’llarini qidiradi.
Ustanovka nazariyasi - ta’sirga tayyorlik, oldindan ko’ra bilish nazariyasi. Bu nazariyani Rossiyada L.Lange (1858-1921) Germaniyada G.Myuller, T.Shumen, N.Ax (1871-16-946), Gruziyada D.N.Uznadze (1886-1950) asoslab berdilar.
Madaniy tarixiy jarayonlarning kelib chiqishi haqida N.S.Vigotskiy (1896-1934) nazariyasini yaratdi.
Tafakkur nazariyasini - S.L.Rubinshteyn (1889-1960) yaratib, muammoga faoliyatli yondashuvni taklif qildi.
Psixologiyada shakllanib bo’lgan uch asosiy oqim - psixoanaliz, bixeviorizm va geshtaltpsixologiya ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish tendentsiyasi paydo bo’ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo’lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynadi.
Geshtaltpsixologiyayo’nalishi negizida maxsus ijtimoiy-psixologik yo’nalishlarning – interaktsionizm va kognitivizmning paydo bo’lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi.
G‘arb psixologlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda miyaning hajmi odamning intellektlilik darajasiga bog‘liqligi, ya’ni “ziyoli” yoki “intelegent” odamlarda bosh miya po‘stidagi analizatorlarning uchlari juda ham zich joylashgan bo‘lib, ularda o‘tkazilgan tafakkur darajasini aniqlash kabi testlarda ma’lumotlarni tez anglab olish va uning mohiyatini tushunish boshqalarga nisbatan tezroq va samaraliroq bo‘lishi aniqlangan.8
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar E.Fromm va J.Salliven ishlari bilan bog’liq bixevioristlardan farqli o’laroq bu erda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko’pchilik ishtirokida o’tkazila boshladi. Ularning izdoshlari V.Bayon, V.Bennis, G.Sheparde, V.Shutklarning o’tkazgan tadqiqotlari tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kichik “T” guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy-psixologik treninglar o’tkazishga asos solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |