Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Reklamada shaxsiy muloqot



Download 6 Mb.
bet61/91
Sana19.03.2022
Hajmi6 Mb.
#500980
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
Bog'liq
2 5269700331301770571

Reklamada shaxsiy muloqot. Bevosita tadbirkor – xarid jarayonining ma’lum bir bosqichlarida, ayniqsa, xaridorning o‘zi sotayotgan tovarni afzal ko‘rishiga erishish va uni sotib olishga undash kerak bo‘lganda eng samarali kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.
Shuning uchun, soddaroq vazifalar kommunikatsiyaning arzonroq texnik vositalari orqali uzatilgan sari, tadbirkorlik faoliyatining strategik marketingdagi roli kuchayib boradi. Reklama qilinishi lozim bo‘lgan obyekt ham nihoyatda ehtiyot bo‘lib va sinchkovlik bilan aniqlanadi. Bunda, masalan, tovarning qanchalik xaridorga mos kelishi, uning ehtiyojini qondirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu tovar reklama qilinar ekan, uning jamiyatga, atrof-muhitga zararsizligiga, ayniqsa, alohida e’tibor beriladi.
86-rasm

Tovar va firmalar reklamasida ham shunga o‘xshashlik jihatlar uchraydi. Lekin ularning sifat ko‘rsatkichi yillar davomida orttirgan obro‘si, markasi har qanday reklamadan ham yuqori turadi. Masalan, Mersedes-bens, Toyota, Ford, Adidas, Koka-kola kabi nomlar millionlab xaridorlar uchun tovarning nomidan ko‘ra afzal va qadrliroqdir. Chunki tovar eskirishi, modadan qolishi va yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Biroq uning chidamliligi, sifatliligi, ilg‘or konstruksiyasi, go‘zal dizayni, did bilan o‘rab joylanishi va boshqa yaxshi tomonlari uning o‘rniga ishlab chiqarilgan tovarda namoyon bo‘lishi va keyingilarida qaytarilishi, xaridor xotirasida qoladi va tovarga nom berishga asos bo‘ladi. Bu sifatlar reklama organlari tomonidan tovarning marka timsoliga aylantiriladi.


Reklama yo‘naltirilayotgan xaridor va bo‘lajak xaridorlarga ham aniq bo‘lmog‘i lozim.
Masalan, modali shimni yoki sport yengil avtomashinasini, asosan, yoshlar xarid qiladilar, shunday ekan, ularning reklamasi televideniyeda yoshlar uchun beriladigan ko‘rsatuvlar oralig‘ida berilmog‘i, ayollar bijuteriyasining reklamasi, ularga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar oralig‘ida berilsa maqsadga tezroq erishiladi. «Neksiya» yengil avtomashinasini yoki maxsus tikuv, to‘quv, presslash stanoklarini televideniyeda yoshlar uchun maxsus reklama qilish, ko‘zlangan natijani bermasligi mumkin, chunki ularning har birini o‘z iste’molchisi, xaridori bor.
Reklama qiluvchi Tovar xaridorlarining kayfiyatini, ularning orzu-umidlarini, qiziqishlari va daromadlarini ham e’tiborga olmog‘i lozim. Shularni hisobga olish maqsadida ishlab chiqarish firmalari qoshidagi marketing bo‘limining reklama guruhlari yoki maxsus reklama bilan shug‘ullanuvchi firmalar (agentliklar) xaridorlar bo‘yicha ma’lumotlar banki tuzadilar va uni saqlaydilar. Bu bank doimo yangilanib va to‘ldirilib turiladi.
So’nggi yillarda, onlayn ijtimoiy tarmoqlar ko’rinishidagi ijtimoiy muloqotning yangi turi sahnaga chiqdi. Onlayn ijtimoiy tarmoqlari, insonlar o’z ma’lumoti va fikrini ulashuvchi onlayn jamiyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy tarmqolar bloglar (Gizmodo, Zinhabits), xatlar chun (Craiglist) kabilardan tortib, veb saytlar (Facebook, Twitter, Foursquare), virtual hayot (Second world)larni o’z ichiga oladi. Marketologlar shu iste’molchilar bilan yaqinroq munosabat o’rnatish, mahsulotni targ’ibotqilish maqsadida “veb dunyosi”ni o’zlariga bo’ysundirishmoqchi. Bir tomonlama ma’lumot yuborish o’rniga, ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar bilan yaqin aloqada bo’lish, suhbatlarida qatnashish, ancha samaraliroq deb hisoblashmqodalar.
Misol uchun, “Red Bull”ning Facebookdagi a’zolari 8.4 milliondan ortiq. Twitter va Facebookda yuqori maktab o’quvchilari, talabalar bilan muloqotda bo’lishning eng yaxshi yo’li hisoblanadi. JetBlue o’z xaridorlari bilan, Twitterda muloqotda bo’ladi.
Coca – Cola kompaniyasi yaqinda Edition 206 ni yo’lga qo’ydi, bunga ko’ra kompaniya uchta “Baxt elchilari”ni tanlab olib, ularga 365 kun davomida 206 ta mamlakat bo’ylab yurib, dunyo bo’ylab xaridorlarni nima baxtli qilishini aniqlab ma’lumotlarni Facebook, Twitter, Youtube, Flickr kabi ijtimoiy tarmoqlarda va Expedition 206 veb saytida ulashishdi.
Ba’zi kompaniyalar, ijtimoiy tarmqolarda kuchli o’rnashib olishdi. Tabiatga zarar yetkazmaydigan har kunlik oyoq kiyim va soatlarni ishlab chiqaruvchi Timberland, o’zida tabiatni asrovchilarni birlashtiruvchi onlayn ijtimoiy jamoatchiligini tashkil qildi. (community.timberland.com)
Zero, marketologlar ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlikni unutmasliklari darkor. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar tomonidan boshqariladi, shu sababdan marketing harakatlari salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.46
Marketing tadbirlari qaysi firma tomonidan o’gkazilishidan qat’iy nazar – «Procter & Gamble» kompaniyasi ko’pgina insonlar ortiqcha vaznga ega bo’lgani va bunga qaramasdan o’z sevimli taomlaridan voz kecha olmasliklarini payqagan holda ularga yangi «Olestra» mahsulotini ishlab chiqdi va taklif qildi; Car Max, foydalanilgan avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan holda ushbu guruh mahsulotlari bilan savdo qilishning yangi tizimini yaratdi; yoki IKEA kompaniyasi, ko’pgina iste’molchilarning sifatli va arzon mebel mahsulotlariga ehtiyojini aniqlab, uni ishlab chiqarish, dizayn va savdosining yangicha tamoyillarini ishlab chiqdi. Bularning barchasi, shaxsiy yoki jamiyat ehtiyojlarini qondirish vositasi bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish uchun marketingni qo’llash maqsadga muvofiqligini yaqqol namoyon qiladi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish