«Mening eng murakkab o’smir bolam» mashqi
Mashq maqsadi: o’qituvchilar o’rtasida tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan munosabat bo’yicha tajriba almashishini o’quvchi bilan birgalikda faoliyat yurgizish maqsadida vositalarni izlash. o’qituvchilar guruhi doira bo’lib o’tiradilar. Xohish bo’yicha 10-15 daqiqada har biri shunday holatni aytib beradilar-ki, unda pedagogik jarayonda o’smir bilan muloqotda engi qiyin holatda bo’ladi. U guruhning e’tiborini nima ish qilganiga, u nimani his qilib boshidan kechirganiga, ta’sir ko’rsatish vositalarining natijalariga qaraladi.
Bitta mashg’ulot davomida o’qituvchining kasbida bo’ladigan real holatning 45 tasini tahlil qilish mumkin.
Guruhiy tahlilda quyidagi maqsadga erishiladi. o’qituvchi ishidagi eng qiyin holatlarni aytib bersa, guruhdan yordam oladi. Guruhda yana o’qituvchilar tartibi ham almashinadi. SHunda psixologik muammoni hal qilishda o’qituvchiga maslahat berish kerak.
«Mening yoshligim» mashqi
Mashq maqsadi: o’qituvchilar yoshliklarini yodga olishni faollashtirish.
o’qituvchilar guruhi doira bo’lib o’tirishadi va navbat bo’yicha yoki xohishga qarab o’zining yoshligida bo’lgan «Eng quvonchli yoshlikdagi voqea», «Yoshlikdagi eng qayg’uli voqea» to’g’risida gapirib berishadi. har bir o’qituvchi o’zlarining haqiqiy yoshliklaridek his qilishsa guruhiy tahlil natijalari yaxshi chiqadi.
Sekinlashish mashqi
Ko’pchilik o’qituvchi ayollar o’zlarining bolalari, oilalari bo’lsa, har doim uyda, ishda barcha ishlarini ulgurishga harakat qiladilar va stressga tushadilar. Ba’zi o’qituvchilar o’zlariga ro’yxat tuzib oladilar va ulgurganlarini o’chirib boradilar. o’qituvchilar ko’pincha ko’p ishlarga ulgura olmasliklaridan juda qo’rqadilar. hayotlarining ritmini tezlashtiradilar, har bir daqiqani qadrlashga harakat qilib bekorchi narsalarga e’tibor bermaydilar. Bunday «bekorchiliklarga» dam olish voqealari hayotning kichik quvonchlari bilan bahra olish kiradi.
Buning natijasida ayollarni bu asabiylashtiradi, charchash seziladi, boshlari og’rib uyqusizlik qiynaydi. Bunday holatda o’qituvchi o’smir o’quvchi bilan qilgan ishi haqida yoki yuqori sinf o’quvchisi bilan birga individual suhbatlashishga vaqt ajrata olmaydi.
Mashq maqsadi: Ichki ritmni sekinlashtirish, energetik balans hosil qilish, o’zini barqaror, vazmin tutish.
Psixolog guruh a’zolariga qo’l soatlarini yechib chetga qo’yishni taklif qiladi. 15-20 daqiqa ichida oq qog’ozga erkin assotsiatsiyalar orqali so’z jumlalarini yozadilar. Keyin psixolog guruhni juft-juft qilib o’tqazadi va ular bir-birlariga gaplarini aytishadi. Juftlik suhbati 20-30 daqiqa bo’ladi. Bunda psixolog soatga qaramasdan sekin-asta so’zlarni aytadi. Guruhiy tahlil uchun guruh doira shaklida o’tiradi. Psixolog: «Kim o’zining suhbatdoshidan bahra oldi?», «Kim dam olganini sezdi?» nima deb o’ylaysiz, bizning mashg’ulotimiz qancha vaqt bo’ldi.
«5 daqiqa» mashqi
Mashq maqsadi: SHoshqaloqlik stressini yengish, emotsional zo’riqishni neytrallashtirish, o’qituvchilarni ichki barqarorlikka erishishga intilishini mustahkamlash.
Guruhiy tahlilni psixolog shunday gaplardan boshlaydi: «Tasavvur qiling, siz bekatga ketyapsiz, shunda sizga kerakli avtobus o’tib ketyapti. Siz nima qilasiz? o’zingizcha xotirjam bo’lib shoshmasdan keyingi avtobusga chiqaman, yoki birdan avtobus ketidan yuguraman. CHunki 5 daqiqani tejab qolaman deb aytasizmi? SHu haqda o’ylang-ki siz avtobusga qiynalib yetib oldingiz va yo’lovchilar oldida og’ir nafas olib turibsiz. 5 daqiqani siz tejadingiz. Endi shuncha kuchingizni ketkazib, 5 daqiqani asrab qoldingiz. Endi nima qilasiz?»
Guruhiy tahlil natijalari.
«So’zsiz sevgi» mashqi
Baholash va boshqarish faoliyati pedagog faoliyatida juda katta ahamiyatli, ko’pincha o’qituvchilar o’zlarini munosabatlarini bolalarga ham o’tkazdi. o’zlarini oilalarida ham o’qituvchi ayollar pedagogliklarini qiladilar, o’zining bolasiga «Baho qo’ya boshlaydi» bu «yomon», «yaxshi». Bola o’zini faqat yaxshi ish qilganda yaxshi ko’radi deb, yomon ish qilganida yomon ko’rishadi deb o’ylaydi. Bundan kelib chiqib, bola o’zida ishonchsizlik sezadi. Yuqori xavotirlanish barqarorlik hissini yo’qotadi.
Mashq maqsadi: o’qituvchilar bilan o’z farzandlarining so’zsiz sevgining ahamiyati haqida bahslashuv.
Psixolog o’qituvchilar bilan tarbiya jarayonida bo’ladigan qiyinchiliklar haqida gaplashadi. Qanday qiyinchiliklarni ular yecha olishgan? Qaysilarini yo’q? o’qituvchi o’zini bolasida qanday o’zgarishlar sezdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |