GLOSSARIY
Adekvatlik – teng, o`xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya – psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o`xshashligi.
Anketa – metodlardan biri bo`lib, respondent to`g`risida aniq ko`zlangan ma’lumotlarni yig`ish maqsadida qo`llaniladi.
Assotsiatsiya – psixik xodislar orasidagi o`zaro bog`lanish, u ma’lum qonunlar bo`yicha tarkib topadi.
Attraktsiya – bir kishini boshqa kishi ko`rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi.
Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik – shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o`zida ham eshitib, ham
ko`rib idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o`z-o`zini ishontirish va o`z-o`zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo`shqin va nisbatan qisqa muddatli emotsional kechinmalar sifatida ro`y beradigan psixologik holat.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog`liq bo`lgan xujjatlar orqali o`rganish usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o`rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo`llaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo`lgan shaxsning o`zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og`zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a’zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip – ota-onadan farzandga o`tadigan irsiy belgilar majmui. Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog`i, qarilik davri
psixologiyasini o`rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo`naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo`lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o`zining tutgan o`rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy,
ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig`indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma’lum ob’ektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko`lami – bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob’ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob’ektga taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko`chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga ko`chirish.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o`zaro og`zaki gaplashishi. Dialogik nutq – nutq turlaridan bo`lib, bunda so`zlovchilar barobar
teng, birgalikda faollik ko`rsatadi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o`rnatishda o`z fikrini o`tkazish xislatining yorqin namoyon bo`lishi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |