Noosfera – biosferaning yangi sifat holati.
Noosfera konsepsiyasi shu bilan qadrliki, u inson va tabiat birligini ifodalaydi. Bu noogenez jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Bu jarayon esa “inson – atrof-muhit” tizimining shakllanishiga olib keladi. Noogenez – alohida tur sifatida mavjud bo‘lgan inson mohiyati shakllanishining yo‘nalishlaridan biridir. Uni to‘xtatib ham bo‘lmaydi. Inson tur sifatida o‘z mohiyatida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarini kamol toptirib, tobora faollashib boraveradi. Tabiatda o‘z maqsadlarini amalga oshirishga intilish, aftidan, insonnning tabiat bilan o‘zaro munosabatlari istiqbolini belgilashda asosiy masala bo‘lib qolaveradi.
“Noosfera” kontseptsiyasini baholashga yangi tanqidiy yondashuvni ishlab chiqishadi. Vernadskiyning "noosfera" kontseptsiyasining asosiy tamoyillari insoniyat tsivilizatsiyasining hozirgi holati nuqtai nazaridan baholanadi. Vernadskiy nazariyasining asosiy tamoyillari noosfera uchun asos boʻla olmasligi isbotlangan. Hozircha "noosfera" nazariyasi mavjud emas. Tabiiy muhit va insonning u bilan hech qanday zarar etkazmasdan o'zaro ta'sir qilish qobiliyati haqidagi bilim va ma'lumotlarning cheklanganligi tufayli noosferaga erishish uchun bir nechta shartlar mavjud. Noosferaga faqat antropotsentrizmning ustunligi bartaraf etilganda va biotsentrizmga o'tish amalga oshirilganda erishiladi. Global ekologik inqirozni yengishning asosiy usuli sifatida keng e'tirof etilgan "barqaror rivojlanish" kontseptsiyasi insoniyat taraqqiyotining ushbu bosqichida yuzaga keladigan ekologik muammolarning cheklangan va sof pragmatik yechimi sifatida baholanishi mumkin; shuning uchun u cheklangan darajada zamonaviy “noosfera” nazariyasi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Noosferani amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni tartibga solishda qoʻllaniladigan uygʻunlashtirish usulining asosiy tamoyillari koʻrib chiqiladi. Insoniyat va biosferaning keyingi rivojlanishiga birgalikda evolyutsion yondashuv noosferaning shakllanishi uchun asos ekanligini ko'rsatadilar. Xulosa shuki, o'zaro munosabatlar ham, raqobat ham evolyutsiyani osonlashtiradi. Birgalikda evolyutsiya tushunchasi har bir inson uchun ham, butun insoniyat uchun ham amal qiladigan uygʻunlik falsafiy tamoyiliga taalluqlidir. Tadqiqot yutuqlari va biosferaning ularni idrok etish va o‘zlashtirish qobiliyati o‘rtasidagi tafovutning kengayishi ekologik inqirozning sababi hisoblanadi. Yechim ilm-fan va texnologiyani ekologizatsiya qilish, shuningdek, har bir inson va butun insoniyat tomonidan noosferaga asoslangan fikrlash uslubini yaratishdan iborat. "Noosfera" ning zamonaviy nazariyasini tuzish tabiiy fanlarning texnologik yutuqlarni qo'llash orqali erishilishi kerak bo'lgan asosiy vazifasidir.
Inson faoliyati Yer yuzini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan hozirgi davrda biosferaning rivojlanishi yangi pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda insonning biosferaga biokimyoviy ta’siri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishni biosferaning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazar-pisand qilmasdan amalga oshirilishi, masalan, o‘rmonlarning kesilishi, yerlarning o‘zlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sun’iy suv havzalari, yo‘llar qurilishi va boshqalar biosferadagi biokimyoviy jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda ko‘p miqdorda yoqilg‘i yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, biosfera tarkibi va uning gomeostaz holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli biosferani bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p o‘ta murakkab muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega.
Dunyoning hamma davlatlarida tabiatni, uning suvi, tuprog‘i, havosi, o‘simlik va hayvonini muhofaza qilish bo‘yicha qonun va qoidalar bor. O‘zbekiston Respublikasi 9.12.1992 yili: “Tabiatni muhofaza qilish” qonunini qabul qildi. Bu mukammal zamonaviy eng zarur hujjat Vatanimiz tabiatini saqlashda, uni boyitishda katta rol o‘ynaydi.
XULOSA
“Biosfera” tushunchasi fanga avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan 1875 yilda kiritilgan. Ammo biosfera haqidagi ta’limot akad. V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan.
Biosfera atmosferaning 10-25 km, gidrosferaning 11 km gacha va litosferaning 3,5 km gacha bo’lgan qatlamini, ya’ni hayot mavjud bo’lgan qatlamini o’z ichiga oladi.Boshqacha qilib aytganda, biosfera atmosferaning pastki qismi (troposfera)ni, yer yuzasining okean, dengiz, ko’l va daryo suvlari bilan qoplangan qismi (gidrosfera)ni, hamda yer qobig’ining ustki qismi (litosfera)ni o’z ichiga oladi.
Noosfera – aql – idrok ta’siridagi makondir. Noosferaning lug’aviy ma’nosi “fikrlovchi qobiq” demakdir. V.I.Vernadskiy fikricha, noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqichdir. Noosfera inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro ongli aloqalar va munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |