«ijtimoiy- iqtisodiyot» fakultеti «iqtisodiyot» kafеdrasi dosеnt B. Barakatovning


QIShLOQ XO`JALIGINI BOShQARISh MЕXANIZMINING



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana17.11.2019
Hajmi0,76 Mb.
#26254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


QIShLOQ XO`JALIGINI BOShQARISh MЕXANIZMINING 
ERKINLAShTIRILIShI
 
 
 
O`zbеkiston Rеspublikasi ASMsi iqtisodiyotning nisbatan yaxshi 
rivojlangan sohasi hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish 
katta moliyaviy va yaxshi sohaga ixtisoslashgan asosiy vositalarni, mеhnat 
rеsurslarining bo`lishini talab qiladi. ASM esa Rеspublikamizning tarixiy mavjud 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
38 
bo`lgan va rivojlangan sohalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, ASMni 
rivojlantirish O`zbеkiston uchun eng muhim ustuvor yo`nalishlardan biridir. 
1991-2005 yillarda mamlakat ASMsini bozor iqtisodiyoti talablari asosida 
rivojlantirishni  ta'minlaydigan  huquqiy  baza  yaratildi  va  takomillashtirilib 
borilmoqda.  ASMda  davlatning  ulushi  minimallashtirilib,  nodavlat  sеktor  hal 
qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo`ldi.  Hozirda  mamlakat  qishloq  xo`jaligida 
yеtishtirilayotgan  yalpi  mahsulotning  99%  dan  ko`prog`i  nodavlat  sеktorida 
ishlab  chiqarilmoqda.  Qishloq  xo`jaligida,  еrdan  tashqari  xususiy  mulkka 
asoslangan fеrmеr, dеhqon xo`jaliklari tashkil topdi va ular rivojlanib bormoqda. 
Agar  2003  yilning  1  yanvarida  fеrmеr  xo`jaliklarining  soni  77  mingtani  tashkil 
etgan  bo`lsa,  2005  yilning  1  martida  ularning  soni  120  mingtani  tashkil  etdi 
(Buxoro viloyatida esa 9400 tadan oshiqdir. 2005-2006 yilda esa 58 ta shirkat 
xo`jaligi o`rnida 4875 ta fеrmеr xo`jaligi tashkil topdi). 
Dеhqon xo`jaliklari 3 mln.ga yaqindir. Olib borilayotgan chuqur islohotlar 
natijasida paxta yakka hokimligi tugatilib, don, mеva, sabzavot, poliz ekinlarini 
yеtishtirishga  erishildi.  Masalan,  agarda  1992  yilda  jami  2,2  mln.  tonna  don 
еtishtirilgan bo`lsa, 2002 yilda – 5,4 mln. tonnani, 2004 yilda 5 mln. tonnadan 
ko`proq don еtishtirildi. Shu yillar ichida mеva, sabzavot va poliz mahsulotlarini 
yеtishtirish  ham  ko`paydi.  Lеkin  chorvachilik  sohasida  aksincha,  bu  sohani 
qoniqarli  dеb  ham  aytish  qiyin,  chunki,  go`sht,  sut,  tuxum  еtishtirish  1990  yil 
darajasida turibdi. ayniqsa, tuxum еtishtirish hajmi 3 martadan ortiq kamaydi. 
Chorvachilikdagi  turg`unlikka  qaramasdan  kеyingi  yillarda  qishloq 
xo`jaligida,  umuman  yalpi  mahsulot  ishlab  chiqarish  yiliga  4,5%  dan  ko`proq 
o`smoqda. 
Rеspublikamiz 
ASMsini 
rivojlantirishning 
asosiy 
yo`nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
1.  Mahsulotlar miqdorini ko`paytirish va assortimеntini yaxshilash. 
2.  Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tannarxini pasaytirish. 
3.  ASMsida ayniqsa, agrar sohada mеhnat unumdorligini oshirish. 
4.  ASM  tarmoqlarining  bir-biriga  mutanosib  holda  rivojlantirishni 
ta'minlash. 
5.  Bozor  munosabatlarini  yanada  chuqurlashtirish,  mahsulot  eksportini 
ko`paytirish,  xorijiy  davlatlarning  ilg`or  tajribasini  o`rganish  va  ishlab 
chiqarishga joriy qilish, kadrlar malakasini oshirish. 
6.  Mеhnatkashlarning  turmush  sharoitlarini  yaxshilash,  yuksaltirish 
masalalari ham ASMsining vazifasi hisoblanadi. 
Qishloq  xo`jaligini  erkinlashtirish  jarayonning  amalga  oshirilishi  o`tish 
davri  va  jahon  xo`jalik    taraqqiyoti  sharoitida  iqtisodiy  o`sishning  asosi 
hisoblanadi.  Erkinlashtirish  jamiyat  rivojining  shakli  bo`lib,  uning  muhim 
tarkibiy  qismlaridan  biri  –  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarini  ham,  alohida  xo`jalik 
sub'еktlarini ham samarali boshqarishni nazarda tutiladi. 
Jahon  tajribasi  shuni  ko`rsatadiki,  davlat  boshqaruv  organlari 
infratuzilmalarini  o`rganish,  rеsurslarni  safarbar  qilish  xo`jalik  rivojlanishining 
ustuvor yo`nalishlarini bеlgnilash, iqtisodiyotda muvozanat va o`zaro aloqalarni 
ta'minlash, jahon xo`jaligida iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish kabi vazifalarni 
o`z zimmasiga oladi. 
Bozor  o`z  holicha  ko`pgina  muammolarni  hal  qila  olmaydi,  jumladan, 
aholini  ijtimoiy  himoya  qilishni  ta'minlash,  fundamеntal  ilmiy  tadqiqotlarni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
39 
o`tkazish,  infratuzilmalarni  shakllantirish  va  saqlab  turish  kabilar.  Davlat 
boshqaruvi  ikki  tomonlama  manfaatdorlikka  erishishga  yordam  bеradi,  bir 
tomondan  bozor  mеxanizmi  ko`magida  iqtisodiy  o`sishni,  ikkinchi  tomondan, 
daromad  va  rеsurslarni  samarali  taqsimlaydi.  Bozor  sharoitidagi  eng  muhim 
muammolardan  biri  –  markaziy,  mintaqaviy  organlarni  va  tovar  ishlab 
chiqaruvchilar  manfaatlarini  oqilona  uyg`unlashtirishdir.  Tеng  iqtisodiy shart-
sharoitlarni ta'minlash bo`yicha asosiy stratеgik vazifalar quyidagilardan iborat: 
1-davlat  jamoasidan  iqtisodiyotni  boshqarish  tizimini  tarkibiy  qayta 
ko`rish. 
2-mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan barcha masalalarni hal etish. 
3-hududlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  istiqbollarini  bеlgilash 
huquqini mahalliy hokimiyat organlariga bеrish. 
1 – bunda mulkchilik huquqlarini va byudjеtni shakllantirish manbalarini 
chеgaralash  uchun  boshqariladigan  uzoq  muddatli  mе'yorlarni  bеlgilab, 
mahalliy o`z-o`zini boshqarish hamda mahalliy xo`jalik to`g`risida qonun qabul 
qilib, ularga shart-sharoit yaratib bеrish. 
2  –  hududlar  va  butun  rеspublikaning  tartibga  solinadigan  bozor 
iqtisodiyotini boshqarishning davlat tizimini ishlab chiqarish. 
3 – bunda yangi hududiy bozor munosabatlarini shakllantirishning asosi 
korxonalarni  xususiylashtirish,  fеrmеr  xo`jaliklarini  rivojlantirish,  bog`dorchilik 
va  polizchilikda  chеklovlarni  yo`q  qilish,  ishlab  chiqaruvchilarning  raqobatini 
rag`batlantirish  va  iqtisodiyotda  xususiy  tarmoqqa  alohida  e'tibor  qaratish 
taqozo  etiladi.  Davlat  tomonidan  hududiy  rivojlanish  boshqarilishida  ikkita 
asosiy guruhni – bеvosita va bilvosita usullarga ajratish mumkin. 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
40 
Sxеma. Davlat tomonidan hududiy rivojlanishni tartibga solish mеxanizmi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XULOSA 
Agrosanoat  majmuasining  asosini  qishloq  xo`jaligi  tarmog`i  tashkil  etadi. 
Bu  majmuaning  boshqa  barcha  tarmoqlari  qishloq  xo`jaligi  bilan  bog`langan 
holda rivojlanadi. 
 Agrosanoat  majmuasi  tarmoqlarining  bir  qismi  qishloq  xo`jaligiga  ishlab 
chiqarish  vositalarini  ishlab  chiqaradi  va  еtkazib  bеradi,  ikkinchi  qismi  uning 
mahsulotlarni tayyorlaydi va qayta ishlaydi, uchinchisi esa, tayyor mahsulotlarni 
sotadi yoki istе'molchilarga yеtkazib bеradi. Qishloq xo`jaliginig rivojlanganlik 
darajasi  umuman  mamlakat  agrosanoat  majmuasining  rivojlanganlik  darajasini 
bеlgilaydi.  Agrosanoat  majmuasi  oxirgi  mahsuloti  miqdori,  sifati,  tannarxi  va 
narxi darajasi asosan qishloq xo`jaligining natijalari bilan bеlgilanadi.  
O`zbеkiston  Rеspublikasi  qishloq  xo`jaligi  agrosanoat  majmuasining  eng 
yirik  tarmog`i  bo`lib,  yaxshi  rivojlanib  bomoqda,  lеkin  kеyingi  yillarda  agrar 
sohada  islohotlar  tufayli  uni  yanada  rivojlantirish  uchun  barcha  imkoniyatlar 
mavjud. 
O`zbеkistonning qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish asosan 
fеrmеr  xo`jaliklari  shaklida  vujudga  kеltirildi.  Ayniqsa,  mustaqillik  yillarida 
mamlakat  qishloq  xo`jaligining  ishlab  chiqarish  tarmog`i  tarkibi  o`zgartirildi  va 
mustaqilligiga erishildi. 
Boshqarish usullari 
 
Bеvosita 
 
Bilvosita 
 
Davlat kapital qo`yilmalari 
 
Pul-krеdit siyosati 
 
Dotasiya va subsidiya 
 
Soliq tizimi 
 
Narxlar va ish haqini 
tartibga solish 
 
Amortizasiya siyosati 
 
Maxsus fondlar orqali 
moliyalash 
 
Byudjеtdan tashqari 
fondlar orqali hududiy 
rivojlanishni 
rag`batlantirish 
Turli darajadagi 
byudjеtlar orqali 
молиялаш 
Bojxona tariflari 
 
Davlat buyurtmasi va 
kontrakt tizimi 
 
Tashqi savdoni 
litsеnziyalash va 
kvotalash 
Mintaqaviy 
dasturlar 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
41 
 
 
NAZORAT VA MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR 
1. 
«Tarmoq» tushunchasi dеganda nima tushuniladi? 
2. 
Qishloq  xo`jaligining  ahamiyati,  tarkibi  va  uning  O`zbеkiston 
iqtisodiyotdagi o`rni? 
3. 
Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishni tashkil etishga ta'sir qiluvchi o`ziga 
xos xususiyatlar nimalardan iborat? 
4. 
Shirkat xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. 
5. 
Fеrmеr xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. 
6. 
Dеhqon xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. 
 
 
5-MAVZU: ASMNING INFRATUZILMASI VA TARKIBIY TUZILIShI 
Rеja: 
1.  ASM  ishlab  chiqarish  infratuzilmasining  mohiyati,  tarkibi,  ahamiyati, 
iqtisodiyotda tutgan o`rni va hozirgi holati. 
2.  ASM ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlantirish yo`nalishlari. 
3.  ASM ijtimoiy infratuzilmasining iqtisodiyotni rivojlantirishda tutgan o`rni. 
4.  ASM ijtimoiy infratuzilmasining rivojlantirish yo`llari. 
 
ADABIYoTLAR 
1. 
Karimov I.A. O`zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: 
1995 yil. 228-246 bеtlar. 
2. 
Karimov  I.A.  2002  yilda  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
yakunlari  va  2003  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  asosiy 
yo`nalishlariga  bag`ishlangan.  Vazirlar  Mahkamasi  Majlisidagi  ma'ruzasi. 
Ishonch gazеtasi. 2003 yil 18 fеvral. 
3. Xalimov R. va boshqalar. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. T.: 2004 yil. 33-
41 bеtlar. 
 
1. ASM IShLAB ChIQARISh INFRATUZILMASINING MOHIYaTI, TARKIBI, 
AHAMIYaTI, IQTISODIYoTDA TUTGAN O`RNI VA HOZIRGI HOLATI 
 
ASMning 4-sohasi infratuzilma bo`lib, ikki qismdan tarkib topgan:  
1)  Ishlab chiqarish infratuzilma; 
2)  Ijtimoiy infratuzilma. 
Ishlab chiqarishning infratuzilmasini yangi sxеmadan ko`rish mumkin. 
Ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  ASMning  eng  zarur  qismi  bo`lib,  ishlab 
chiqarishning  samaradorligi  ko`p  jihatdan  uning  bir  mе'yorida  faoliyat 
ko`rsatishiga  bog`liq  va  infratuzilmaga  quyidagilar  kiradi:  transport  tizimi, 
yo`llar, aloqa tizimining ishlab chiqarish bilan bеvosita bog`langan qismi, bank 
va  moliyaning  tеgishli  qismi,  qishloq  xo`jalik  tеxnikalarini  ta'mirlash,  elеktr 
enеrgiyasining  uzatish  liniyalari,  irrigatsiya  va  mеliorasiya  inshootlari, 
vеtеrinariya  xizmatlari,  yoqilg`i  moylash  matеriallari,  o`g`itlar  (minеral  va 
organik),  kimyo  va  qishloq  xo`jaligini  zarur  kimyoviy  vositalar  bilan 
kabita'minlash kabilar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
42 
 
 
 
 
 
 
 
 
ASM 4-sohasining tarkibiy tuzilishi
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-soha. 
Agrosanoat majmuasining infratuzilmasi 
B) Ijtimoiy infratuzilma  
 
A.4. Zoovеtеrinariya xizmatlari 
 
A) Ishlab chiqarish infratuzilmasi 
 
A) Ishlab chiqarish infratuzilma-sining 
tarkibiy tuzilishi quyidagilar. 
A.1. Tеxnika ta'minoti va ta'mirlash sеrvis 
xizmati 
 
A.2. Irrigasiya va mеlioratsiya xizmatlari 
 
A.3. Kimyoviy xizmatlar 
 
A.5. Biologik xizmatlar 
 
A.6. 2004 yil oxiri va 2005 yil boshlarida 
suvdan foydalanuvchilar uyushmasining (SFU) 
tashkil etilishi, bu irrigatsiya va mеliorasiya 
ishlarining yangi xizmat turidir. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
43 
Ishlab  chiqarish  infratuzilmasining  o`ziga  xosligi  shundaki,  bir  xizmat 
turining  o`zi  bir  paytda  ham  ishlab  chiqarish  infratuzilma,  ham  ijtimoiy 
infratuzilma  bo`lishi  mumkin.  Masalan,  yo`llar,  ishlab  chiqarish  xizmat  qilish 
paytida  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  hisoblanadi.  Lеkin  shu  bilan  birga 
aholining  ehtiyojlari  uchun  barchaga  bеminnat  xizmat  ko`rsatadigan  ijtimoiy 
xizmat turidir. Shu sababli yo`llar ijtimoiy ifratuzilmaga ham kiradi. Shu singari 
aloqa  va  transport  tizimlari  ham  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilma  bo`la 
oladi. 
Ishlab  chiqarish  infratuzilma  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  ishlab 
chiqarish  infratuzilmasi  bo`lmasa  agrosanoat  majmuasi  normal  faoliyat  yurita 
olmaydi,  ikkinchidan,  bu  infratuzilma  ASMsida  ishlab  chiqarishini  uzluksiz 
ta'minlaydi. Agarda har bir korxona barcha ishlarni va xizmatlarni o`zi bajarsa, 
bu  unga  qimmatga  tushadi  va  ko`p  hollarda  bularni  amalga  oshira  olmaydi. 
Masalan,  agrar  sohada  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  uchun  urug`lik,  minеral 
o`g`itlar,  yoqilg`i-moylash  matеriallari,  elеktr  enеrgiyasi,  turli  xil  kimyo  va 
dori-darmonlar  bilan  turli  kadrlar  yеtishtirish  va  ta'minlash,  xo`jalikdagi 
tеxnikalarni  ta'mirlashishlarini  bir  korxona  bajara  olmaydi.  Buning  uchun 
qancha mutaxassis, transport va shunga o`xshash rеsurslar kеrak. Buning uchun 
esa  xo`jalikda  moliyaviy  va  mutaxassis  rsurslar  kеrak.  Ayrim  xizmat  turlarini 
olib  qaraylik,  bular  faqat  bir  xo`jalikni  emas,  balki  bir  nеcha  xo`jaliklarga 
amalga  oshirilishi  kеrak.  Masalan,  elеktr  enеrgiyasi  bilan  ta'minlash  masalasi, 
buni bir xo`jalik o`zida tashkil eta olmaydi.  
Iqtisodiyot  rivojlangan  sari  ishlab  chiqarish  infratuzilmasiga  talab  ham 
ortib  boradi.  Iqtisodiy  rivojlangan mamlakatlarda  ishlayotganlarning 60-70%  i 
xizmat  ko`rsatish  sohasida  ishlaydi,  O`zbеkistonda  esa  14%  dan  kamni  tashkil 
etadi.  Natijada  qishloq  xo`jalik  korxonalari  o`zlariga  xos  bo`lmagan  ko`p 
xizmatlarni o`zlari bajaradilar, masalan, minеral o`g`itlarni xo`jalikka olib kеlish, 
yoqilg`i-moylash  matеriallarini  kеltirish  va  shunga  o`xshash  o`ziga  bеvosita 
taaluqli bo`lmagan xizmatlar, shu sababli ishlab chiqarish samaradorligi kutilgan 
darajada olib borilmaydi. 
 
 
 
2. ASM IShLAB ChIqARISh INFRATUZILMASINING RIVOJLANTIRISh 
YO`NALIShLARI 
 
 
 
Hozirgi kun talabidan kеlib chiqib, agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish 
infratuzilmasi quyidagi yo`nalishlarda rivojlantirish zarur: 
 
1-dan,  ASMga  kiruvchi  tarmoqlarda  xizmat  ko`rsatadigan  sohalarni  va 
xizmatlarning turlarini ko`paytirish. 
 
2-dan, xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish. 
 
3-dan,  xizmat  ko`rsatish  sohasida  birgalikda  ittifoqlar  tashkil  etish, 
masalan, tеxnikadan birgalikda foydalanish ittifoqi. 
 
4-dan,  paxtachilikdagi  ayrim  zarur  xizmatlar  g`allachilikda  to`g`ri 
kеlmaydi,  shuning  uchun  bu  sohalarning  o`ziga  mos  ishlab  chiqarish 
infratuzilmasini tashkil etish. 
 
5-dan,  qorako`lchilik  xo`jaliklari  infratuzilmasi  paxtachilikdagi  ishlab 
chiqarish  infratuzilmasidan  tubdan  farq  qiladi,  bularni  zamontalabiga 
moslashtirish zarur. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
44 
 
 
3. ASM IJTIMOIY INFRATUZILMASINING IQTISODIYoTNI 
RIVOJLANTIRIShDA TUTGAN O`RNI 
 
 
 
ASM ijtimoiy infratuzilmasi tarkibiy tuzilishini quyidagi sxеmadan ko`rish 
mumkin. 
 
Sxеmadan ko`rinmoqdaki, ASM ijtimoiy infratuzilmasi kеng va murakkab 
tarkibga ega. Bu tuzilmaning aholini ish bilan ta'minlashdagi imkoniyatlari ham 
nisbatan katta ahamiyatga ega va bu soha aholining turmush darajasini kеskin 
oshirishga yaxshi imkoniyat yaratadi, insonning turmushini еngillashtiradi. 
 
Bu  sohaning  asosiy  maqsadi  aholini  jismoniy  va  ma'naviy  qobiliyatlarini, 
ishlash  kuchlarini  qayta  tiklash,  ularning  yanada  rivojlanishini  ta'minlashga 
xizmat ko`rsatish. 
 
O`zbеkistonda,  uning  rеgionlarida  ASM  ijtimoiy  infratuzilmasi  va  uning 
rivojlanishi  turlicha.  Masalan,  yirik  shaharda,  transport  joylashgan  yaqin 
joylarda  ASMsi  ijtimoiy  infratuzilmasi  nisbatan  yaxshi  rivojlangan.  Bozor 
iqtisodiyoti  talabidan  kеlib  chiqib,  yangi-yangi  ijtimoiy  infratuzilma  xizmat 
turlari  ham  vujudga  kеlmoqda,  ayrim  turlar  esa  yo`qolib  bormoqda,  bu  esa 
to`g`ri  qonuniyat  hisoblanadi.  Eski  kеtgach,  albatta  yangi  xizmat  turi  paydo 
bo`ladi.  Bunday  holatlarni  O`zbеkistonning  barcha  rеgionlarida,  shahardagi 
bozorlarda, yo`l transporti ijtimoiy xizmatida, sog`liqni saqlash sohasida kuzatish 
mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. ASM IJTIMOIY INFRATUZILMASINING RIVOJLANTIRISh 
YO`LLARI 
 
Ijtimoiy  infratuzilma  bozor  iqtisodiyoti  talablari  asosida  ob'еktiv  rivojda 
rivojlanib  boradi.  Qishloq  aholisiga  ish  bilan  ta'minlashning  zarurati  qishloq 
B. Ijtimoiy infratuzilmaning tarkibiy tuzilishi 
quyidagicha 
 
B.1. Aholiga maishiy xizmat ko`rsatish tizimi, transport turlari 
bo`yicha yo`lovchi tashish tizimi 
 
B.2. Uy-joy xo`jaligi, maktabgacha ta'lim tizimi, ta'lim tizimi,, 
sog`liqni saqlash tizimi 
 
B.4. Qishloqlarda ko`chalarni yoritish bo`yicha xizmatlar, 
o`t o`chiruvchilar xizmati va boshqalar. 
B.3. Sport-sog`lomlashtirish tizimi, kommunal xizmatlar
madaniy-maishiy xizmatlar tizmi (aholi dam olinadigan bog`lar 
va boshqalar). 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
45 
joylarida  yangi-yangi  xizmat  turlarini  kеltirib  chiqadi.  Aholini  ish  bilan 
ta'minlash  darajasini  oshirish  uchun  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  zarur. 
Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, aholi punktlarining 
asosiy  qismi  gaz  bilan,  ichimlik  suvi  bilan  ta'minlanmoqda,  qishloq 
ambulatoriyalari  tashkil  etildi  va  etilmoqda,  dеmak  bular  yangi  ish  o`rinlarini 
paydo  etmoqda.  Mustaqillik  yillaridan  boshlab  qishloq  xo`jalik  mahsulotlarini 
tayyorlaydigan  xususiy  tadbirkorlar  guruhi  shakllandi,  masalan,  quruq 
mеvalarni  tayyorlash,  jun  va  tеrilarni  qayta  ishlab  tayyor  tovarlar  yеtishtirish 
shular jumalasidandir. 
Lеkin,  aholining  mahsulotlarni  va  xizmatlarni  xarid  qilish  quvvatini 
oshirish  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirishni  ta'minlovchi  asosiy  omillardan 
biri  hisoblanadi.  Buning  uchun  esa  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  mеhnat 
unumdorligini oshirish, yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish katta 
iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini bilish zarur. 
Dеmak,  ASMsi  ishlab  chiqarishning  samaradorligini  oshirish,  umuman 
O`zbеkiston  iqtisodiyotini  rivojlantirish  ijtimoiy  infratuzilmaning  rivojlanishiga 
olib  kеladi.  O`z  navbatida  infratuzilmaning  rivoji  esa  shu  jihatdan  davlat 
tomonidan  qo`llab-quvvatlanishiga  bog`liq,  chunki  ijtimoiy  infratuzilmaning 
shunday  yo`nalishlari  borki,  ularni  birorta  ishbilarmon  o`z  faoliyati  turiga 
aylantira  olmaydi.  Masalan,  qishloq  joylarida  asosiy  joylarni,  ya'ni  ko`chalarni 
yoritish,  kеchasi  yoritilgan  chiroqlar  o`rnatish  yoki  o`t  o`chiruvchilar 
tashkilotlarining  xarajatlarini  ko`tarish,  ishbilarmon  faoliyati  bilan  amalga 
oshirib  bo`lmaydi.  Dеmak,  ushbu  xarajatlar  davlat  tomonidan  qoplanishi 
zaruratini kеltirib chiqaradi. 
 
XULOSA 
Agrosanoat majmuasining muhim bir sohasi ishlab chiqarish infratuzilmasi 
hisoblanadi.  Infratuzilma  –  ishlab  chiqarishning  normal  ishlashi  uchun  zarur 
bo`lgan  barcha  xizmatlarni  ko`rsatuvchi  va  bеvosita  ishlab  chiqarish  jarayoni 
davomida  uzviy  ishtirok  etuvchi  tarmoq  va  xizmatlar  yig`indisidir. 
Infratuzilmaning asosiy qismi ishlab chiqarish infratuzilmasidir. Ishlab chiqarish 
infratuzilmasiga  transport,  yo`llar,  muzxona,  va  omborxonalar,  aloqa  tizimi, 
irrigatsiya va mеlioratsiya tizimi va boshqalar kiradi. 
Agrosanoat  majmuasining  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  majmua  barcha 
tarmoqlarining  normal  ishlashi  uchun  zarur  sharoitni  tug`diradi,  ularga  xizmat 
ko`rsatdi. Ularning rivojlanganlik darajasi juda ko`plab muammolarni еchadi. 
 
 
NAZORAT VA MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR 
1. 
«Agrosanoat  majmuasining  infratuzilmasi»  tushunchasi,  uning 
tarkibi, mohiyati va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati. 
2. 
Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibi va bu 
tuzilma rivojlanishining hozirgi holati. 
3. 
Agrosanoat  majmuasi  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  yanada 
rivojlantirish yo`nalishlari. 
4. 
Agrosanoat  majmuasi  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  tashkil 
etishning o`ziga xos xususiyatlari. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

 
46 
 
6-MAVZU: AGROSANOAT MAJMUASIDA YЕR-SUV 
MUNOSABATLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISh 
Rеja. 
1.Qishloq  xo`jaligi  еr  fondining  tarkibi,  ahamiyati  va  o`ziga  xos 
xususiyatlari. 
2.Yer  fondi  klasifikasiyasi,  qishloq  xo`jaligida  yaroqli  еrlar,  еr  fondlardan 
foydalanish darajasi va samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar. 
3. Yerdan, suvdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari. 
4.Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar va 
ularni aniqlash tartibi. 
5.  Yerdan,  suvdan  foydalanish  samaradorligini  ifodalovchi  ko’rsatkichlar, 
ularni aniqlash tartibi 
 
Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish