Navbatdagi murakkablashtiruvchi vosita uyushiq bo’lak bo’lib, uyushgan barcha so’z gap strukturasidan bitta a’zo sifatida o’rin oladi. Masalan, Serquyosh, hur o’lkam elga baxt-najot gapidagi ikkita aniqlovchi (serquyosh, hur) gap strukturasida bir a’zo sifatida ishtirok etadi. Uyushgan bo’lak yopiq holatda bo’lsa, murakkablashish yanada kuchayadi: Ariq bo’yida loyga belanib o’ynayotgan bolalar, mudrab yotgan olapar, quyosh nurida jimir-jimir qilayotgan suv o’ziga xos ajib uyg’unlik kasb etgan edi. Bu sodda gapdagi bolalar, olapar, suv so’zlari aniqlovchilari bilan birgalikda yoyiq uyushiq bo’laklarni hosil qilib, yoyiq uyushgan qismli bir butunlik sifatida namoyon bo’lgan.
Gap ajratilgan tajallilardan holi qilinsa, nisbatan umumiy bo’lgan
ega
kesim
ega+to’ldiruvchi
hol+kesim
ega+to’ldiruvchi+kesim
kabi qoliplar qoladi
aniqlovchi+to’ldiruvchi
hol+kesim
Lekin ushbu beshta gap bo’lagining, shuningdek, bu gap bo’lagining bittasi, goh ikkitasi yoki uchtasining tushirilgan holdagi ko’rinishi kombinatsiyadan ko’plab qolip tuzish mumkin bo’ladi. Oldimizda esa gapning nisbatan eng yuqori va umumiy qolipini tiklash vazifasida turibdi. Demak, keltirilgan gap qoliplaridagi farqlardan voz kechib, umumiylikni saqlash asosida qolipni tiklashning ikkinchi bosqichini amalga oshirishimiz lozim. Lekin ushbu beshta gap bo’lagining, shuningdek, bu gap bo’lagining bittasi, goh ikkitasi yoki uchtasining tushirilgan holdagi ko’rinishi kombinatsiyadan ko’plab qolip tuzish mumkin bo’ladi. Oldimizda esa gapning nisbatan eng yuqori va umumiy qolipini tiklash vazifasida turibdi. Demak, keltirilgan gap qoliplaridagi farqlardan voz kechib, umumiylikni saqlash asosida qolipni tiklashning ikkinchi bosqichini amalga oshirishimiz lozim.
Qolipni tiklashning ikkinchi bosqichida yuqori nosintaktik – sodda gapning lisoniy qurulishiga ta’sir etmaydigan tajallilardan holi qilingan
ega+kesim
ega+to’ldiruvchi+kesim
ega+to’ldiruvchi+hol+kesim
qolipidagi farqlar nazardan soqit qilinadi. Natijada, yagona umumiylik sifatida kesim unsuri ajralib chiqadi.
aniqlovchi+to’ldiruvchi
hol+kesim
- O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta ishlangan 2-nashr T. “O’zbekiston” 1992 y.
- A.Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T.
- R.Rasulov. So’z valentligi va sintaktik a’loqa “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 5-6 1992 y.
- A.Aliev, K. Sodiqov. O’zbek adabiy tili tarixidan. (Universitet talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston”. 1994 y.
- B.Abdurahmonov, S.Mamajanov o’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston” 1995 y.
- M. Mirtojiev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 2 1995 y.
Foydalanilgan adabiyotlar:
E’TIBORINGZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |