O‘zbekistonning va jaxon hamjamiyatigi integratsiyalashuvi
Reja
1. O‘zbekistonning jug‘rofiy siyosiy imkoniyatlari. Uning Markaziy
Osiyo mamlakatlari orasida tutgan o‘rni.
2. Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi,
uning tamoyillari.
3. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi.
4. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan ko‘p tomonlama va ikki to-
monlama aloqalari Tayanch iboaralr: Tinchliksevar tashqi siyosat, xo-
rijiy investitsiyalar, ochik eshiklar siyosati, jahon hamjamiyati, MDX,
BMT, YEXXT, Yunesko, NATO, YUNISEF, qo‘shilmaslik harakati,
qo‘shma korxonalar
2
14 hafta
JAMI
28
299
- milliy mafkura, avvalarnbor, o'zligimizni, muqaddas an'analarimizni anglash tuyg'ularini,
xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'y-
ilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;
- ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo'lgan xilma-xil fikrlar va g'oyalar, erkin
qarashlardan, har qanday toifalar va guruh- larning intilishlari va umidlaridan, har qanday in-
sonning e'tiqodi va dunioqarashidan qat'i nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq
atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng
buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g'oya-mafkura bo'lishi kerak;
- uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o'xshagan unsurlardan,
boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli
bo'lib, qo'shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o'zimizga
munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo'lishi darkor;
- to'rtinchidan, milliy g'oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sa-
doqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qil-
ishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo'lishi zarur;
- beshinchidan, u Vatanimizning shonli o'tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog'lab turishga,
o'zimizni ulug' ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga,
jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo'l ochib beradigan va shu
maqsadlarga muttasil da'vat qiladigan g'oya bo'lishi kerak.
Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy ku-
rash bo'layotganligi, ko'p narsalarni mafkura majydonlarida bo'layotgan kurashlar hal qilishi
mumkinligi,
O’zbekistonda ham ba'zi yoshlarni yo'ldan chalg'itadigan diniy ekstremizm havfi mayjudligi
haqida ogohlantirib kelmoqda. 80-yillarning oxirlarida mamlakatimizga o'zini «do'st»,
«diadosh», «millatdosh» qilib ko'rsatib, go'yo islom dinining sofligi uchun kurashishga «da'vat»
etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma'lum. Ular muqaddas islom dinimizning asl mohi-
yatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g'o'r yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirib, bizga begona bo'lgan
diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o'ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat
botqog'iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan, Toshkent va Andijonda sodir etilgan qonli vo-
qealardan keyingina bu kuchlarning niyati hokimlyat uchun kurash bo'lib, ular din niqobi ostida
harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatiriing O’zbekistondagi bir to'dasi ekani oshkor
bo'ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo'lgan
bo'shliq vaziyatida begona g'oyalarning O’zbekistonga huruji kuchaydi.
Bunday mafkuraviy ta'sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?
«Buning yo'li -odamlarimiz, avvalarnbor yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash,
irodasini baquvvat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar etib tarbiya-
lash... Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas
diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo'lsa, ularning mafkuraviy immu-
nitetini kuchaytirishimiz zarur”.1
G'oyaning asosiy tamoyillari ta’lim va madaniy-ma'rifiy muassasalari, ommaviy axborot
vositalari, adabiyot va san'at, mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qal-
biga singdirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |