ZIMMIYLAR-Islom dini hukmron bo’lgan mamlakatlarda yashab turuvchi, ammo boshqa
dinlarga mansub bo’lgan musulmonlar himoyasidagi aholi, yoxud sharnoma kishilari. O’rta
asrlarda arab xalifaligida musulmon bo’lmagan aholiga ma’muriyat bilan ikki o’rtada tuzilgan
shartnoma asosida shaxs va mulk daxlsizligi hamda o’z dinlariga erkin sindirishi huquqni
ta’minlash haqidagi kafolat. Islom davlati o’z himoyasida saqlab turganligi zimmiylar jon solig`i-
juzya va yer solig`i xiroj to’lashga majbur bo’lganlar.
ZOHID-VIII–X asrlarda Movarounnahrda molu-dunyoga rag`bat va xohishi bo’lmagan kishi:
tarki dunyo qilgan va hayot lazzatlaridan voz kechgan kishi. Zohidlar musulmonlarni bu dunyo
rohat farog`atidan voz kechishga, jabr zulmga chidashga undaganlar. Zohidlik so’fiylikning ay-
rim oqimlari bilan bog`liq bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |