268
o’rinbosari To’raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik Ahmad Zakiy Validiy To’g’on va bosh-
qalar istiqlolchilik harakatining g’oyaviy mafkurachilari edilar. Harakatga rahbarlik qilgan is-
lom ulamolari orasida yassaviylik va naqshbandiylik tariqatlarining pirlari ko’p bo’lgan.
1920-1924 yillarda istiqlolchilik harakati Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi.
Buxoro Xalq Respublikasidagi harakatning Turkistondagi istiqlolchilik harakatidan farq qiladi-
gan asosiy tomoni shundan iboratki, vatanparvarlar Buxoroda ikki jabhada turib kurash olib
borishlariga to’g’ri keldi. Bir tomondan, amirlik tuzumi tarafdorlari bo’lgan mujohidlar, jadid-
lardan iborat. Buxoro hukumatiga va shuningdek, qizil armiya qo’shinlariga qarshi kurash olib
bordilar (Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va b.). Ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g’oyalariga
sodiq bo’lgan buxorolik vatanparvarlar Fayzulla Xo’jayev boshliq Buxoro Xalq Respublikasi
hukumati bilan yashirin aloqalar o’rnatib, Buxoroning muqaddas tuprog’idan qizil askarlarning
olib ketilishi, Buxoro respublikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar
(Anvar Posho, Davlatmandbek, Jabborbek, Doniyolbek va b.).
Xorazm Xalq Respublikasida qizil armiyaga qarshi kurashning tepasida Junaidxon turdi. U
Xorazmda siyosiy hokimiyat uchun kurash boshlab, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Qisqa
muddatda Junaidxon o’z qo’shinini 20000 kishiga yetkazdi. O’zbek hunarmandlari va
dehqonlaridan tashkil topgan dastalarga Madraimboy, Sa’dulla bola, SHokir bola va boshqalar
rahbarlik qilgan. Junaidxon boshchiligidagi mujohidlar hujumga o’tib, 1920 yil yozida Qo’hna
Urganch, Xo’jayli, Ilonli va Taxtani qayta egallashdi, ko’plab qizil askarlarni asirga olishdi.
Junaidxon sovet qo’mondonligiga maxsus maktub yuborib, agar qo’shinlar Xorazmdan olib
chiqib ketilmasa, asirlarni otib tashlashini bildirdi. Biroq sovet qo’mondonligi Junaidxonning
haqli talablarini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyurdi.
1924 yilga kelganda istiqlolchilar iqtisodiy tanazzul va qashshoqlik, dahshatli ochlik, xalqn-
ing og’ir turmushini ko’rmasliklari mumkin emas edi. Tinimsiz davom etgan yetti yillik kurash-
dan Turkiston xalqlari ham, qo’rboshi va ularning yigitlari ham juda toliqqan edilar. SHuning
uchun qasoskorlarning ko’pchiligi 1924 yil davomida qarshilikni to’xtatdilar. Bunga ularning
rahbarlari orasida jipslik va umumiy dasturning yo’g’ligi ham sabab bo’ldi.
Lekin hali oldinda kurashning to’liq o’n yili turar edi. Vatanparvarlar yana 1935 yilgacha
bosqinchi qizil armiya qo’shinlariga qarshi kurashini olib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: