274
pallasiga kirgan ekan, bunda iqtisodiy siyosatning davr talabiga javob beradigan yangi yo'nal-
ishlarini ishlab chiqishi hayotiy zaruriyat boMib qolgandi. Bu vazifalar 1921-yil -mart oyida
bo'lib o'tgan RKP(b) X s'ezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (YalS) da o'z ifodasmi
topdi. Bu siyosatning muhim bo'g'inlari oziqovqat razvyorstkasini oziqovqat solig'i bilan al-
mashtirisru savdosotiqni erkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko'rsatish va mayda hunarmandchilik
sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish mexanizmlaridan foy-
dalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat bo'ldi.
Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni izga solishga,
yangi hokimiyatning tayanch negizi hisobJangan ishchilar bilan dehqonJar sinii o'rtasidagi itti-
foqni, iqtisodiy aJoqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. Yangi iqtisodiy siyosatning bosh
maqsadlaridan bin — bu dehqon xo'jaligini oyoqqa turg'izish, uni rivojlantirish edi. Negaki,
busiz sanoami ham, xalq xo'jaligining boshqa sohalarini ham hech bir yuksaltirib, yetarli xoni
ashyo bazasini yaratib bo'lmasdi. Oziqovqat solig'i talabiga ko'ra ekish mavsumi oldidan yakka
dehqon xo'jaligi bilan davlat o'rtasida mahsulot yetkazib berish majburiyati to'g'risida alohidaa-
lohida shartnoma tuziladigan bo'ldi. Bu shartnoma yil oxirigacha, ya'ni hosil olingunga qadar
o'zgarmas edi. Bu esa dehqonlarni yerdan ko'proq hosil olish uchun astoydU mehnat qilishga
undardi. Xullas, yangi iqtisodiy siyosat dehqonning o'z mehnatidan manfaatdor bo'lishini tayin
qildi. Endilikda dehqonning ortiqcha g'allasi tortib olinmaydigan, bugina emas, dehqonga o'zi
yetishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi. Oshiqcha mahsulot de-
ganda dehqonning davlat buyuitma topshiriqrejasida belgilangan hajmdagi mahsulotni topshir-
gandan keyin ortib qolgan qismi tushuniladi. Shuningdek, narxnavo tartibga solindi.
Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega edi.
Birinchi-
dan, Turkiston chekka, asosan qishloq xo'jaligi o'lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq
xo'jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o'lkada miliiy ishchilar sinfini
shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko'p millatli o'lka bo'lib, yangi iqtisodiy siyo-
satga o'tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish
kerak bo'lardi. Ammo RKP(b) va sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy
etishda o'z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar.
1921-yil 20-aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziqovqat, yemxashak va
xom ashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. Unda
1921—1922-yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Achinarlisi shundaki, Turkiston mehnat-
kashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o'laroq yil oxirida yig'ib olingan hosil
miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi, shuningdek, qoramol va mayda
mollar hisobidan olinadigan bo'ldi. Bu esa, Turkiston dehqonining kamsitilishini bildirardi.
Bundan tashqari, sovet hukumati o'lkada birinchi navbatda o'zi uchun zarur bo'lgan tarmo-
qlarni, chunonchi, paxta, qand Javlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alo-
hida e'tiborni qaratdi. Yordam ko'rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari
Rossiya markaziy rayordaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi. Buning ustiga o'lkada ahvol
og'ir bo'lishiga qaramasdan 1921-yil kuzida bu yerdan Moskva va boshqa shaharlarga 300 ming
puddan ko'proq g'alla mahsulotlari olib ketildi. Shunga qaramay, o'lka mehnatkashlari fido-
korona mehnat qildilar. Ularning, biroz bo'lsada, hayotga ishonchi uyg'ona boshladi. Chunki,
sovet hokimiyati cheklangan holda bo'lsada, o'lkada xususiy mulkchilik va xususiy tadbirkor-
likka erkinlik bergan edi.
65
42. Полвонов Н.Т. Хоразмдаги ижтимоий ҳаракатлар ва сиёсий партиялар
тарихи (1900-1924). –Т.:
Akademnashr, 2011. –Б.108.
43. Полвонов Н.Т. История социальных движений и политических партии
Хорезма (1900-1924). –Т.: Akademnashr, 2011. –С.105.
44. Расулов А. Туркистон ва Волгабўйи, Уралолди халқлари ўртасидаги му-
носабатлар (1917-1924 йй.). – Тошкент. Университет, 2005. – Б. 199.
45. Собиров Қ. Хоразм қишлоқ ва шаҳарлари мудофаа иншоотлари (мил.авв. VI
асрдан милоддий IX асргача). –Т., Фан, 2009.
46. Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. -Т.: Ўзбекистон, 1997.
47. Темур тузуклари. -Т.: Ғафур Ғулом, 1991.
48. Темур ва Улуғбек даври тарихи. –Т.: Қомуслар
бош тахририяти, 1996.
49. Усмонов Қ. Ўзбекистоннинг жаҳон ҳамжамиятига интеграциялашуви. – Т.:
Молия, 2003.
50. Шарафиддинов О. Истиқлол фидоийлари. –Т.: Чўлпон, 1993.
51. Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. -Т., Фан, 2001.
52. Шарифхўжаев М., Раҳимов Ф. Даврни белгилар берган инсон. –Т.: Шарқ,
2004.
53. Шиҳобиддин Муҳаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди
ҳаёти тафсилотлари. –Т.: Ёзувчи, 1999.
54. Эшов Б.Ж. Цивилизация тизимида илк шаҳарлар. Тошкент, Zar qalam,
2004.
55. Эшов Б. Қадимги давлатчилик ва урбанизация (тарихий лавҳалар). –Т.:
Mumtoz so’z, 2010. –Б.108.
56. Шомий Низомиддин. Зафарнома. -Т.: Ўзбекистон, 1996.
57. Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. -Т.: Юлдузча, 1990.
58. Юнусова Х.Э. Ўзбекистонда совет давлатининг миллий сиёсати ва
унинг
оқибатлари (ХХ аср 80-йиллари мисолида). –Т., Zar qalam, 2005. 7, 75.
59.Юнусова Х.Э. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар
ва маънавий жа-
раёнлар (ХХ аср 80-йиллари мисолида). –Т., Abu matbuot-konsalt, 2009. 10,23 б.т.
60. Яздий Ш. Зафарнома. –Т.: Шарқ, 1997.
61. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари -Т.: Шарқ, 2001.
62. Ўзбекистон Республикаси: Мустақил давлатнинг бунёд бўлиши. -Т.:
Ўзбекистон, 1992.
63. Қорақалпоғистон тарихи (1917-1994 йй.). Нукус, 1995.
64. Қурбонов И. Қатағон қурбонлари. –Т.: Ўзбекистон, 1992.
65. Ҳасаний М. Туркистон босқини. –Т.: Нур, 1992.
66. Ҳайдаров М., Ражабов Қ. Туркистон тарихи. –Т., Университет, 2002.
67. Ҳайитов Ш. Ўзбек муҳожирлиги тарихи (1917-1991 йй.). –Т.:
Abu-
MATBUOT KONSALT. 2008. –Б. 208.
68. Хожаниёзов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари (мил.авв. VI ас-
рдан IV асргача). –Т., 2007.
69. Худойберганов Қ. Хива хонлари тарихидан. –Т., 2007.
70. Холиқова Р. Россия-Бухоро: тарих чорраҳасида (XIX асрнинг иккинчи
ярми - XX аср бошлари). – Тошкент. 2005. – Б. 240.
71. Абулқосим Фирдавсий. Шоҳнома. Уч жилдлик. -Т.: Ғафур Ғулом, 1984.
72. Ибн Арабшоҳ. Амир Темур тарихи. Икки жилдлик. -Т.: Меҳнат, 1992.
73. Ипак йўли афсоналари. -Т.: Фан, 1993.
74. Йўлдошев Н. Баҳовуддин Нақшбанд. Бухоро, 1993.