Ijtimoii pedagogika


Oilaning ijtimoiy moslashuv birligini tashkil etuvchisi — oilaning moddiy ahvoli



Download 2 Mb.
bet81/205
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#259084
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   205
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Oilaning ijtimoiy moslashuv birligini tashkil etuvchisi — oilaning moddiy ahvoli.

Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorli va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari, mol- mulkining mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda upish a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa (tirikchilik minimumi va boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim-kechak, turar joyi uchup haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunda oila kambag‘al hisoblanadi va uning ijtimoiy- iqtisodiy statusi (maqomi) past hisoblanadi. Agar oilaning moddiy ta’minlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni agarda ongli hayot kechirish uchup asosiy tartiblarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablarni qondirishga yetmasa, unda bunday oila kam ta’minlangan hisoblanadi. Daromad va yashash darajasi yuqori bo‘lib (ijtimoiy normadan ikki barobar ko‘p va u i lap ortiq) faqatgina yashashning asosiy talablarini qondiribgina qolmay, yana turli xil xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi, yuqori ijtimoiy-iqgisodiy mavqega ega bo‘ladi. Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisi uning psixologik muhiti-oila-a’zolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga munosabati, boshqa odamlarga, ishga, atrofdagi xodimlarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror, mustahkam emotsional kayfiyatdir. Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchup er-xotinlar o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni hisobga o lit kerak bo‘ladi.

Oilaning psixologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quyi- dagshar hisoblanadi: emotsional erkinligi darajasi, havotirlapish darajasi, bir-birini tushupish, hurmat qilish.

Hozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo‘llaniladi. Yetim (hech kimi yo‘qtik) va ijtimoiy yetim (ijtimoiy hech kimi yo‘qlik). Yetim bolalar — bu 18 yoshgacha bo‘lgan ota-onalari yoki birontasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy yetim bu biologik ota-onalari bor bola, lekin ular qapdaydir sababga ko‘ra bola tarbiyasi bilan shugullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar. Bunday hollarda bu bolalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasini jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi. Shupday qilib ota-onalari kerovsiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilar kiradilar:

Otasi bor, onasi vafot etgani sababli;

Ota-onasi nogiron bo‘lganligi sababli;

Ota-onasi tashlab ketganligi sababli;

Ota-onalari vafot etgan;

Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

Ota-onalik xuquqtari chegaralangan;

No ma’lum, daraksiz, yo‘q hisoblangan;

Inna (mehnatga) yaroqsiz (nosog‘lom, ish qobiliyati chek­langan);

Jazoni ijro etish koloniyalarida jazo olayotgan;

Jinoyat qilganlikda ayblangan va qamoqqa olingan;

Bolalarning yetim bo‘lib qolishlariga ta’sir etuvchi salbiy

holatlar:

oila, oila a’zolariga, uning turmush tarziga, oilaviy ravnaqiga bo‘lgan noto‘g‘ri munosbat;

oila tarbiyasida xalqimizning asriy an’analariga, urf- odatlariga e’tiborsizlik;

hayotda gunoh, hiyonat, mehrsizlikka amal qilgan bag‘ritosh insonlarga bo‘lgan loqaydlik munosabatlari.

Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi hamma davrda, har doim ota-onasidan judo bo‘lib, qarovsiz qolgan bolalarga g‘amxo‘rlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu masala Markaziy Osiyoda hatto davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan manbalar taxdili shuni ko‘rsatadiki, XI asrda yashab, ijod etgan Yusuf Xos Xojib davlatning mas’ul kishilari qashshoq, tul-yetimlarga mehribon, ko‘ngilchan bo‘lishi lozimligini, xususan, ularning ehtiyojlariga alohida munosabatda bo‘lishni uqgirgap.

Buyuk mutafakkir A.Navoiy «Ixlosiya» madrasasi qoshida ota- onasidan yetim qolgan bolalar uchup maktab ochgan va ularni o‘z hisobidan kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlagan.

Qo‘qon xoni yetimlarning boshini silab, ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bergan Xudoyorxon davrida yetim-yesirlar, ota-onasiz qolgan bolalarni saroyga to‘plab tarbiyalaganlar. Ba’zi nochor oilalar ham bolalarini xon tarbiyasiga topshirganlar. Saroyda bolalar o‘qitilgan, sarpo, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlab turilgan.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish