Reabilitatsiya — bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statuyi, sog‘ligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko‘p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korreksiya singari aspektlarni o‘z ichiga oladi.
Profilaktika — bu reabilitatsiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo‘qogishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko‘proq ijtimoiy muhit bilan bog‘liqdir.
Korreksiya — bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar:
Deviatsiya va uning turlari.
Deviant xarakterlarning asosiy sabablari.
Deviant xulq-atvorli bolalarni reabilitatsiya qilish yo‘llari.
Reabilitatsiya, Profilaktika, Korreksiya ishlarining mazmuni haqida fikr yuriting.
Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi
Maxsus statistika va sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab mamlakatlarda bolalar va o‘smirlar nochor ahvolda yashamoq- dalar. Bu nochorlik ularning:
psixologik va fiziologik sog‘lig‘ining susayishida;
haq-huquqtarining buzilishida;
ularga nisbatan kuch ishlatilishida;
alohida pedagogik faoliyat talab etiladigan hamda ijtimoiy kelib chiqishi past oila farzandlarining maktablardan siqib chiqarilishida;
ishga joylashtirishda umumdavlat tizimining ish olib bormasligida;
defekta bor, aqtiy yoki jismonan zaif yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolarining nazardan chetda qolganligida namoyon bo‘lmoqsa.
Bu masalalar balog‘atga yetmagan bolalar orasidagi jinoyatchilik sonining ortib borishiga sabab bo‘lmoqsa. Shuning uchun ham:
Bolalar va yoshlarning ijtimoiy hayotini sog‘lomlash- tirishga;
Ularning ichki ma’naviy dunyosini sog‘lomlashtirishga doyr chora-tadbirlar kerak bo‘ladi. Buninguchun:
bolalar va o‘smirlar rivojlanishining buzilish sabablarini aniqtash, ularni hal etish usul va vositalarini aniqtash;
normal shaxsni rivojlantirishga qaratilgan tarbiya jarayonini adekvat tahtil etish.
Voyaga yetmagan yoshlarning psixologik krizisini bartaraf etish faqatgina jamiyatni (iqgisodiy, ma’naviy va siyosiy) sog‘- lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni rivojlantirishni ta’minlaydigan tarbiya tizimini yaratish asosida amalga oshiriladi. Bunda eng asosiy vazifalardan biri bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish tizimini tubdan isloh qilshsdir. Bu tizim bolalar va o‘smirlarning ma’naviy-axloqiy sog‘ligini, konstitutsion haq-huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Bulardan biri bolalar huquqini himoya qilish haqidagi Konvensiyadir.
Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish xizmati strukturasi va tuzilish tamoyillari
Yordam ko‘rsatishning reabilitatsion xizmati bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgandir. Bu xizmat ularning:
turmush sharoiti va tarbiyasini jadallashtirishga ko‘mak berish orqali;
shaxsiy mol-mulkka egalik xuqukdarini himoya qilish orkrli;
voyaga yetmagan yoki ekstremal (masalan, halokatga uchragan) holatlarga tushgan, sharoiti ogir oila farzandlariga turli xil yordam berish orqali;
qaltis guruhdagi oilalar va voyaga yetmaganlarga yordam berish orkrli;
kashandachilikka ruju qo‘ygan oilalarning, ekstremal holatlarning qurbon bo‘lgan yoki ota-onasiz qolgan, voyaga yetmagan bolalarga turli xil yordam berish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy huquqiy, psixologik-tibbiy va pedagogik yordam quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
qonunga muvofiqtik;
insonparvarlik;
adolatparvarlik;
demokratiya;
tashkilotchilik va nazorat;
differensial va individual yondashish;
o‘z vaqgida yordam berish;
yordamning yetarli va kompleksli bo‘lishi;
ilmiy asoslanganlik va xizmat ko‘rsatshsda hududni hisobga olish.
Hududiy tamoyildan kelib chiqqan holda xizmat ko‘rsatish ma’lum davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Xizmat tajribalarini umumlashtirish, ilmiy metodik tavsiyalar berish, xizmat ko‘rsatish xodimlarining malakasini oshirish uchun shahar, viloyat, tuman va Respublika ilmiy metodik markazlari tashkil etiladi. Ularning eng asosiysi tuman ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotidir. Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘r- satishning tuman xizmat bo‘limlari quyidagi strukturadan tashkil topgan:
Psixologo-tibbiy, pedagogik yordam ko‘rsatish.
Kasb tanlash bo‘yicha maslahat berish bo‘limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |