Ijtimoiy pedagog — faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qi- yotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Ijtimoiy pedagog bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o‘quv yurtlarida olib boriladi: o‘rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim dargohlari (institut va univsrsitetlar).
O‘rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va makgabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O‘rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarni yengib o‘tishga yordam berish, bolalarning rivojlanishi uchup zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilittg, o‘z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o‘qib borishdan iboratdir. Ular o‘rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach, oliy ta’lim muassasida o‘qishini davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari «Ijtimoiy pedagog» mugaxassisi «pedagog» so‘zidan olingan bo‘lib, avvalo o‘qituvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozim joriy etilganidan so‘ng aynan o‘qituvchilar birinchi ijtimoiy pedagoglar bo‘ldilar. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyorlash bo‘yicha kurslar tinglovchilarining aksariyat qismini ham o‘qituvchilar tashkil etadi.
Ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi pedagogik oliy o‘kuv yurtlarida amalga oshiriladi. Darxeqiqat, pedagog va o‘qituvchining kasbiy faoliyaщda ko‘pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham ob’ekti bola, upish rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdiqlaydi.
O‘z navbatida mazkur mutaxassisliklarning kasbiy faoliyati ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqtashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga ham ega. O‘qituvchi o‘zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o‘rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazi, asosiy vazifasi bolani jamiyatga moslashib ketishiga qaratiladi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogik faoliyat — ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy- madaniy tajribani berishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam ko‘rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bolaning ijtimoiylashuvi turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari va ijtimoiy pedagoglar yordamida amalga oshiriladi. U ma’lum shaxsga qaratilgan bo‘lib, aniq manzilga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat ta’lim muassasalarida, bolalar tashkilotlarida, bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas’ul tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatining asosiy e’tibori dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilishga hamda ijtimoiy me’yorlardan chekingan (og‘ish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |