Ijtimiy fanlar



Download 0,95 Mb.
bet55/88
Sana31.05.2022
Hajmi0,95 Mb.
#622687
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (1)

Beklar va xonlar — o’tmishda hukmron ijtimoiy toifa, zodagonlar. Harbiy ishlar va siyosiy boshqaruv shu toifa vakillari qo’lida bo’lgan.

  • Kanizlar va g’ulomlar — o’tmishda zodagonlar xonadonida barcha qora ishlarni bajaruvchi qaram ijtimoiy toifa. Qadimgi davr qullaridan farqli o’laroq, islom dunyosida ular muayyan chekli huquqlarga ega bo’lishgan.

  • Fuqarolik mas'uliyati — qonun ustuvorligini tan olish va har bir shaxsning ijtimoiy hayotni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish vazifasini teran his qilish. Ushbu fuqarolik mas'uliyatini to’liq anglab yetmas ekanmiz, bizning shaxs sifatidagi ma'naviy kamolotimiz ham tugallik kasb etmaydi.

  • "Fozil shahar" — Abu Nasr Forobiy talqinida «Insonlari haqiqiy saodatga erishish yo’lida bir-biriga yordam berish uchun birlashgan shahar". Har bir inson Haq oldidagi mas'uliyatini to’g’ri anglab, kamolot sari o’zi intilar ekan, o’zgalarning ham xuddi shunday intilishiga ko’makdosh bo’lishga astoydil urinsa, natijada «fozil shahar» (jamiyat, millat, mamlakat) vujudga keladi. Ulug’ allomaning bu qarashlari bugungi kundagi "fuqarolik jamiyati" tushunchasini mukammal ifodalaydi.

  • Qadr — Xoliqi olam irodasi va qudrati bilan yaratilgan har bir mavjudotning olamdagi o’ziga yarasha o’rni va salmog’i, har bir insonga yaratilishdan ato etilgan ilohiy ne'mat. Haqiqiy Shaxs darajasiga yetishgan inson o’z qadrini, shu bilan birga yorug’ olamdagi barcha ashyo va mavjudotlar qadrini muayyan darajada anglab yetgan, shu asosda jamiyatning faol a'zosiga aylangan inson bo’ladi. «Men Alloh tomonidan yer yuzida xalifa etib yaratilganman», deb o’zlikni anglab yetish o’z qadrini to’g’ri baholashning poydevoridir. O’z qadrini anglab yetish barobarida har bir inson o’zga insonlar ham yer yuzida xalifa ekanligiga imon keltirib, ularning ham qadrini o’zidan kam bilmaydi. Qadr timsol-tushunchasi ma'naviyatga oid bo’lib, uni iqtisod sohasiga tatbiq etilsa, qiymat va bahoga, siyosatda mavqe’ va maqomga aylanadi.

  • Mavqe — har bir insonning jamiyatda ishg’ol etib turgan muayyan o’rni, qadri va qudrati. Siyosatdagi huquq, burch, imtiyoz hodisalarining tagzaminida ayni shu insonlarning bir-biriga nisbatan mavqe va maqomi masalasi joy olgandir.

  • Maqom — har bir insonning jamiyat hayotida rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan muayyan o’rni, holati. Har bir insonning mavqe va maqomi orasidagi farq qancha kuchayib borsa, uning ruhiyatida ham ziddiyat kuchayadi, natijada bu holat jamiyat hayotiga ham salbiy ta'sir ko’rsata boshlaydi.

  • Tadbirkor — mamlakatda ishlab chiqarish, tijorat va moliya ishlarini tashkil etuvchi va boshqaruvchi ijtimoiy toifa (sanoatchi, tijoratchi, bankir). Ijtimoiy vazifasi: mamlakatning iqtisodiy rivojini ta'minlash. Bosh ma'naviy fazilati: Farosat. O’tmishda asosan tijorat ahli sifatida namoyon bo’lgan.

  • Farosat — voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to’g’ri munosabat hosil qila bilmoqlik, shu bilan birga voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilishdir. Buning uchun inson, avvalo, o’z holini to’g’ri idrok etishi, ikkinchidan, o’zgani tushunish, o’zgalarning ehtiyoji, xohishi, imkoni haqida to’g’ri tasavvur hosil qila bilishi kerak.


  • Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish