3. Milliy ma’naviyat rivojlanish konsepsiyasini xam nazariy, xam amaliy jihatdan boyitishning yangi bosqichi. Milliy g’oya va mafkura borasida olib borilgan izlanishlar, jahon ilmiy-falsafiy ta’limotlari, nazariyalari tarixini, zamonaviy qarashlarni tahlil etish, mamlakatimizda mustaqillik yillari to’plangan tajribani, MDH va xorij mamlakatlaridagi ahvolni o’rganib umumlashtirish natijalari milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasi yaratilishiga olib keldi. Unda milliy g’oya, milliy mafkura ma’no-mohiyati hamda milliy g’oya nima uchun, kimlarga kerakligi to’g’risida fikrlar ifodalandi.
Oradan bir qancha vaqt o’tib, «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga berilgan javoblarda milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tushunchalarini, tamoyillarini, maqsad va vazifalarini mustaqillikning mustahkamlanishi, islohotlar strategiyasi, jamiyatimiz yangilanishi, inson yuksalishi masalalari bilan bog’lab yanada kengroq va teranroq ochib berildi. Ushbu maslalaning kun tartibiga qo’yilishi sabablari haqida gapirib, endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’ladigan kurashlar ko’p narsani hal qilishini ta’kidladi. CHunki ilgari kuchli davlatlar zaif mamlakatlarni ochiqdan-ochiq bosib olib, hukmronligini o’tkazgan bo’lsa, «hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o’z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o’z ta’sir doirasiga olmoqchi bo’lgan mamlakatlarning aholisi ongini o’ziga qaram qilishga intiladi».
Ma’naviyat, milliy g’oya va mafkura konsepsiyasining ilmiy va amaliy jihatdan yangi sifat bosqichiga ko’tarilishi Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch» asari bilan bogliq. Asar 2008 yilda nashr qilindi. Unda muallif juda ulkan ilmiy nazariy materiallarni, o’z izlanishlarini, mulohazalarini hamda mustaqillik yillari mamlakatimizda to’plagan tajribani umumlashtirdi.
Milliy ma’naviyat rivojlanish konsepsiyasini ham nazariy, ham amaliy jihatdan boyitishning yangi bosqichi 2017 yildan boshlandi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi Qonuni, Prezident Shavkat Mirziyoevning ushbu soha tarmoqlari, yo’nalishlarini rivojlantirishga, tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirishga qaratilgan farmonlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlariga kiritilgan o’zgarishlar, Hukumat qarorlari katta ahamiyat kasb etadi. Ular ma’naviyat sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, ularga davr talablaridan kelib chiqib zarur va jiddiy o’zgarishlar kiritishning huquqiy asoslarini belgiladi. Milliy ma’naviyatimiz rivojlanishi nazariy va amaliy konsepsiyasi, ayniqsa, Prezidentimizning 2017 yil 15 iyun kunidagi «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi» mavzusi- ga bag’ishlangan anjumandagi «Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo’lida yanada hamjihat bo’lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik», 30 iyun kuni O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi «Jismoniy va ma’naviy etuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir», 2017 yil 3 avgustda O’zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi «Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir» mavzusidagi ma’ruzalarida yanada boyitildi va hayot bilan mustahkamroq bog’landi.
Do'stlaringiz bilan baham: |