Агар вояга етмаган болаларига таъминот бериш ҳақида ота-она ўртасида келишув бўлмаса, уларнинг таъминоти учун алимент суд томонидан ота-онанинг ҳар ойдаги иш ҳақи ва (ёки) бошқа даромадининг бир бола учун — тўртдан бир қисми; икки бола учун — учдан бир қисми; уч ва ундан ортиқ бола учун — ярмиси миқдорида ундирилади. Бу тўловларнинг миқдори тарафларнинг моддий ёки оилавий аҳволини ва бошқа эътиборга лойиқ ҳолатларни ҳисобга олган ҳолда суд томонидан камайтирилиши ёки кўпайтирилиши мумкин.
Ҳар бир бола учун ундириладиган алимент миқдори қонун ҳужжатлари билан белгиланган энг кам иш ҳақининг 75 фоиз қисмидан кам бўлмаслиги керак.
Sud qarori kelib tushgandan so’ng ijrochi 3 kunlik muddat ichida qarorni ijro etish to’g’risida qaror chiqaradi
Shuningdek, ijrochi 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ijro etish uchun ham muhlat berishi mumkin
Ijroga qaratilishi mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan mol-mulklar mavjud:
Ijro shaxsning oylik ish haqi, nafaqa, pensiyasi va boshqa daromadlariga ijro qaratilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g"risida"gi Qonunning 52-moddasiga ko'ra, ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo'lgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a'zolari unda doimiy ravishda yashayotgan bo'lsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat bo'yicha garov narsasi bo'lgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga) ularda qarzdor va (yoki) uning oila a'zolari yoxud o'zga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat’iy nazar, qaratilishi mumkin. Undiruvchi yoki sud ijrochisining arizasiga ko'ra, undiruv sud tomonidan qarzdoming yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan, unga tutash hududni qismlarga bo'lish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a'zolari normal turmush kechirishi uchun etarli deb topgan taqdirda qaratilishi mumkin.