— O’zbekiston Respublikasi iktisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yunalishlarini ishlab chikadi va ularning amalga oshirilishini tashkil kiladi; — Oliy Majlisga O’zbekiston Respublikasi byudjetining asosiy kursat-kichlarini va uning bajarilishi xakidagi xisobotni takdim etadi, byudjetning bajarilishini ta’minlaydi; — Oliy Majlisga qonunlarning loyixalarini kiritadi va qonunlarning bajarilishini ta’minlaydi; — qonunchilik tashabbusi xuquqini amalga oshiradi; — vazirliklar, davlat qo’mitalari xamda boshqa markaziy va maxalliy ijro etuvchi organlarning xamkorligini ta’minlaydi; — viloyatlar va Toshkent shaxri xokimlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid keluvchi qarorlari va farmoyishlarini bekor kiladi yoki amal kilishini tuxtatib kuyadi; — zimmasiga Konstitusiya, qonunlar va Prezident farmonlari bilan yukla-tilgan boshqa funksiyalarni bajaradi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJRO ETUVChI XOKIMIYaTINING MARKAZIY ORGANLARI Ijro etuvchi xokimiyat organlari tarkibiga xukumat bilan bir qatorda maxsus vakolatli davlat organlari — tarmoq yoki tarmoqlararo funksiyalarni bajaruvchi organlar kiradi. Ularning tuzilishini Respublika Prezidenti belgilaydi. Xozirgi vaktda O’zbekistonda ijro etuvchi xokimiyat markaziy organlarining tashkiliy xuquqiy shakllariga quyidagilar kiradi 1) vazirliklar; 2) davlat qo’mitalari; 3) qo’mitalar, departamentlar, agentliklar, shuningdek, respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari koshidagi boshqa davlat boshqaruv organlari (umumlashtirilgan xolda ular idoralar deb ataladi); 4) qo’mita, bosh boshqarma, komissiya, agentlik va xukumat tarkibiga kirmaydigan boshqa respublika davlat boshqaruv organlari. Ijro etuvchi xokimiyatning barcha markaziy organlari xukumatga karashlidir. Xukumat vazirliklar, davlat qo’mitalari, boshqa markaziy va maxalliy ijro organlarining xamkorligini ta’minlaydi. Vazirlar Maxkamasi viloyatlar va Toshkent shaxri xokimlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid keluvchi qarorlari va farmoyishlarini bekor kiladi yoki tuxtatib kuyadi. Vazirlar Maxkamasi xukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlarning raxbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi shuningdek, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislari, xukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlar raxbarlarining takdimnomasiga muvofik, respublika idoralarining raxbarlarini va ularning urinbosarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va markaziy ijro etuvchi organlar faoliyatining xuquqdsh asosini, respublika qonunlari bilan bir qatorda, Prezident va xukumatning normativ-xuquqiy xujjatlari, maxsus nizomlar tashkil kiladi. Ularning xar biri to’g’risidagi nizomni Vazirlar Maxkamasi tasdiklaydi. Xukumat, shuningdek, respublika idoralarining faoliyat soxasi, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |