IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
75
tilla kokilli bola uning farzandi ekanligini aytgan), podsho (ikki xotinini vas hum kampirni
otning dumiga bog‘lab o‘ldirgan), shum kampir va boshqalar. ―Bitta dev tishini kavlasa, biror
odamning soni chiqibdi‖ degan mubolag‘a ham shu ertakda uchraydi ), Husniyabonu (ertak
qahramonlari: Gardanshoh, Nodirai davron, Husniyabonu va boshqalar.Ertakda
Husniyabonu o‘g‘rilarning boshlig‘I eshon ekanligini aytganda, podsho darg‘azab bo‘lib, uni
osishga buyuradi, lekin vazirining maslahatiga ko‘ra Husniyabonu va uning doyasini dashtu
biyobonga tashlab kelishadi, daraxt ostidan topib olgan xazinani Husniyabonu yetim-yesirlarga
shahar qurish uchun sarflaydi.) , ―Guljamol‖
3.Hayotiy-maishiy ertaklar (Malikai Husnobod)
Voqelikka hajviy yondashish orqali aks ettirish jihatidan o‘zbek xalq ertaklari hajviy va
hajviy bo‘lmagan ertaklar kabi turlarga bo‘linadi.Ishqiy-sarguzasht ertaklarda sevgida
vafodorlik kuylanadi.Ertaklarni yozib olish va nashr qildirish, asosan XIX asr oxiri va XX asr
boshlaridan boshlandi.
LOF
– biror voqeani o‘ta bo‘rttirib aytish, hazil-mutoyibaga asoslangan janr.
LAPAR
- xalq qo‘shiqlarining bir turi, asosan, iki kishi tomonidan yoki ikki taraf
tomonidan aytiladi.Lapar aytishuv deb ham yuritiladi.
TERMALAR
– pand-nasihat,odob-axloq,soz va so‘z haqida yaratilgan ijtimoiy hayotdagi
turli hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta‘rifi va tanqidiga bag‘ishlangan baxshilar tomonidan
kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200 , ba‘zan undan ham ortiq misralargacha bo‘lgan lirik,liro-
epik she‘rlar.
DOSTON
- xalq og‘zaki ijodining eng murakkab,yirik va keng tarqalgan janrlaridan
biri.Doston so‘zi qissa,hikoya,shonu shuhrat,sarguzasht,ta‘rif va maqtov ma‘nolarida
ishlatiladi.Dostonlar lirik doston (Mirtemirning ―Surat‖,A.Oripovning ―Yuzma-yuz‖
dostonlari), epik doston (Oybekning ―Davrim jarohati, M.Shayxzodaning ―Toshkentnoma‖,
E.Vohidovning ―Istanbul fojeasi‖ dostonlari) , dramatic doston (Fitratning ―Shaytonning
tangriga isyoni‖, A.Oripovning ―Jannatga yo‘l‖ dostonlari) kabi uch turga bo‘linadi.
Xalq dostonlarini do‘mbira jo‘rligida ijro etuvchi va kuylovchi san‘atkor shoir yoki
baxshi
deb
atalgan.
Xalq
dostonlarini
ijro
etish
uslubiga
ko‘ra
Bulung‘ur,Shahrisabz,Sherobod,Janubiy Tojikiston va Xorazm dostonchilik maktablari
mavjuddir.
Fol‘klorshunoslar tomonidan o‘zbek xalq baxshilarining aytib turishi asosida 150 dan
ortiq (variantlari bilan 400 dan ortiq) dostonlar yozib olingan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi kitob
holiday nashr qilingan.Bu dostonlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Qahramonlik dostonlari: bunday dostonlar urug‘chilik zamonlari bilan, xalqning
ko‘chmanchilik hayoti bilan bog‘liq. ―Alpomish‖, ―Yodgor‖.
2.Jangnoma dostonlar: bunday dostonlarda o‘zaro jangu jadallar, afsonaviy yoki tarixiy
urushlar, bunday urushlardagi qo‘shin yoki yakka shaxsning jasoratlari tasvirlangan. ―Yusuf va
Ahmad‖, ―Alibek bilan Bolibek‖, ―Xoldorxon‖.
3.Ishqiy-romantik dostonlar : bunday dostonlarda sevgi romantikasi va fantastic
sarguzashtlar uyg‘unlashib ketadi. Murodxon, Rustamxon, Kuntug‘mish,Malikai ayyor
4.Tarixiy dostonlar: bu turdagi dostonlarda tarixda bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar,ayrim
tarixiy shaxslarning faoliyati ifoda etilgan. Edega, Shayboniynoma, Oychinor.
Do'stlaringiz bilan baham: |