IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
201
emas. Ijobiy va salbiy mazmunga ega e‘tiqod shakllari o‘rtasida yana bir ma‘naviy-ruhiy hodisa
- e‘tiqodsizlikning ham mavjudligini e‘tirof etish lozim.
Sog‘lom e‘tiqod tarkibini tashkil etuvchi halollik, to‘g‘rilik, birovlar haqqiga hiyonat
qilmaslik, hayri ehson, sahovat va muruvvat, tejamkorlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik
kabi fazilatlar milliy va diniy qadiyatlar zamirida shakllangan va ular oilaviy tarbiya natijasida
ota-onalaridan bolalariga o‘tib, ularning ma‘naviy dunyosini yoritgan. Sog‘lom e‘tiqod, e‘tibori
bilan ma‘naviy axloqiy tushuncha.
E‘tiqod muammosi bilan shug‘ullangan ayrim psixologlar uni murakkab hodisa deb
tushunadilar va bunda insonning butun psixik jarayoni: hayoli, hissiyoti va irodasi keng
ishtirok etadi deb hisoblaydilar. Diniy e‘tiqod dinga ishonuvchilarda juda ham kuchli bo‘ladi.
E‘tiqod – bu imon bilan bog‘langan holda inson qalbida chuqur tomir otadi. e‘tiqod ihlos
zaminida shakllanadi. Ixlos bo‘lmagan joyda e‘tiqod ham bo‘lmaydi. Imon bilan bog‘langan
e‘tiqod inson hayotining eng murakkab sharoitlarida to‘g‘ri yo‘l topa olishga imkon beradi.
U.
Djems o‘zining ―E‘tiqodga bo‘lgan iroda‖ asarida irodani e‘tiqod bilan bog‘liqligini
tushuntirib beradi. Ko‘pgina faylasuf va psixologlar inson e‘tiqodining asosini – hissiyot tashkil
etadi deb hisoblaydi. Faylasuf va psixolog G.Geffding bu haqida shunday yozadi: ―Hissiyot –
hamma dinlarni va diniy qarashlarning asl mohiyatini, xususiyatlarini tashkil etadi. Unga
nisbatan hamma tasavvurlar bo‘ysunadi va bog‘liq bo‘ladi‖
35
.
Sog‘lom e‘tiqod aslini olganda, axloqiy me‘yor hamdir. Agar, e‘tiqod qilish me‘yorda
bo‘lsa, u axloqiy mezon hisoblanadi. Agar, e‘tiqod me‘yordan oshib ketsa, yoki, me‘yorga
yetmay qolsa, u inson uchun kulfat keltiruvchi manbaaga aylanib qoladi. Shuning uchun,
sog‘lom e‘tiqodni shakllantirishda ta‘lim-tarbiya jarayonining pedagogik, psixologik
xususiyatlari, shaxsning o‘ziga xosligi kabi jixatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda, har bir inson oldida farzandlarni sog‘lom e‘tiqodli,
bilimli qilish va ularni ilmga va ilmli kishilarga muhabbat ruhida tarbiyalash mas‘uliyati turadi.
Uni bajarish esa, farzanlari tarbiyasi uchun qayg‘urgan har bir ota-ona uchun muhim
hisoblanadi.
Yoshlarda din haqida holis bilimlarning shakllantirilishi dinning mohiyati va jamiyat
hayotidagi o‘rni, vazifalari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy qarashlarini sog‘lom e‘tiqod shakllanishi
uchun asos bo‘la oladi.
Yoshlarni sog‘lom e‘tiqodli qilib tarbiyalash vazifasi hamma vaqt jamoatchilik diqqat
markazida bo‘lib kelgan va u har bir davrda zamon talablaridan kelib chiqib hal qilingan.
Farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashni xohlar ekanmiz, bu borada to‘plangan boy
tajribaga murojaat qilishimiz shart.
35
Геффдинг “Философия религии” - 1912 .С. 104-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |