IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
188
BLOKSXEMADA ARALASH ALGORITMLAR TUZISH
Elshod Obloberdiyev Kamol o'g'li
Samarqand viloyati Urgut tumani 13-maktab o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bloksxemada aralash algoritmlar tuzish haqida ma'lumot
berilgan. Algoritm, bloksxama tushunchalari misollar yordamida tushuntirilgan.
Kalit so'zlar:
Algoritm, dastur, aralash algoritm, siklli, takrorlanuvchi, bloksxema.
Algoritm - bu berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo
ʻ
lgan aniq
ko
ʻ
rsatmalarning tartibli ketma-ketligi hisoblanadi. Algoritm keng ma
ʼ
noda faqat kompyuterga
oid atama bo
ʻ
lmay, balki unda berilgan ko
ʻ
rsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oid
tushunchadir.
Algoritm – ma
ʼ
lum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning
muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoidalar majmuyi ya'ni dastur. Kibernetika va
matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. O
ʻ
rta asrlarda o
ʻ
nli sanoq tizimi bo
ʻ
yicha to
ʻ
rt
arifmetik amal bajariladigan qoidani algoritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga IX-
asrda al-Xorazmiy tomonidan kiritilgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug'ilgan yurtiga
nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan),
keyinchalik "algoritm"ga aylangan" Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib,
kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo bo
ʻ
ldi.
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishiga, ya‘ni bajarilish tartibiga qarab uch asosiy turga
bo‗linadi: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritmlar. Barcha ko‗rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida bajarib
boriladigan algoritmlar chiziqli algoritmlar deyiladi. ―Choy damlash‖, doira yuzini hisoblash
algoritmlari chiziqli algoritmlarga misol bo‗ladi. Lekin hayotimizdagi juda ko‗p jarayonlar
shartlar asosida boshqariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shartga muvofiq bajariladigan ko‗rsatmalar ishtirok etgan
algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb ataladi. Algoritmlarning bu turi hayotimizda har
kuni va har qadamda uchraydi. Eshikdan chiqishimiz eshik ochiq yoki yopiqligiga, ovqatla-
nishimiz qornimiz och yoki to‗qligiga yoki taomning turiga, ko‗chaga kiyinib chiqishimiz ob-
havoga, biror joyga borish uchun transport vositasini tanlashimiz to‗lash imkonimiz bo‗lgan
pulga bog‗liqdir. Demak, tarmoqlanuvchi algoritmlar chiziqli algoritmlardan tanlanish
imkoniyati bilan farqlanar ekan. Avvalgi darslardagi kvadrat tenglamani yechish, ikki sonning
EKUBini topish algoritmlari tarmoqlanuvchi algoritmlarga misol bo‗ladi.
Takrorlanuvchi algoritmlar. Masalalarni tahlil etish jarayonida algoritmdagi ba‘zi
ko‗rsatmalar takroran bajarilishini kuzatish mumkin. Masalan, eng katta kvadratlar kesib olish
masalasi, Evklid algoritmi. Hayotimizda ham juda ko‗p jarayonlar takrorlanadi. Masalan,
darslarning har hafta takrorlanishi, har kuni nonushta qilish yoki maktabga borish va hokazo.
Ko‗rsatmalari takroriy bajariladigan algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlar deb ataladi.
Algoritmlarni yozish usullaridan biri blok - sxema bo‗lib, u algoritmning ma‘lum
geometrik shakllar yordamida yaqqol yozilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |