Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/193
Sana18.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#457086
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193
Bog'liq
14-SON TO\'PLAM

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON 
130 
davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini 
barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o‘z davri, balki kelgusi avlodlar 
uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, Burxoniddin Marg'inoniyning «Hidoya» to'plami bu 
mazhabning asosiy shariat qo'llanmasi sifatida qabul qilingan edi. Hanafiya qonunlari nisbatan 
yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy an'analarini e'tiborga olganligi sababli 
mamlakatimiz hududida mustahkam qaror topgan edi. Unga binoan mahalliy huquq 
normalari (huquqiy odatlar) shariat bilan moslashtirilib, muvofiqlashtirilib joriy etilgandi. Shu 
tariqa, islom huquqi mazkur davrda o'zgarishsiz, bir xilda amalda bo'lgan, deb bo'lmaydi. 
Chunki bu yerda islom huquqi xuddi «Temur tuzuklari» singari dunyoviy qonunchilik 
normalari bilan to'ldirib borilgan. 
Davlat harbiy monarxiya davlati bo'lganligidan armiya va aholining unda xizmat qiluvchi 
tabaqasi turk va turk-mo'g'ul urug'laridan chiqqan kishilardan tashkil topib, qadimiy turk 
huquqiy odatlari (to'ralar) huquqning ikkinchi manbayi vazifasini bajardi. Ayniqsa, davlat 
boshlig'ini saylash, armiya va uning tuzilishi hamda ta'minoti, oila va nikohning ba'zi 
masalalari, masalan, yesirlik, shuningdek, suvdan foydalanish borasida ko'plab huquqiy 
odatlar mavjud bo'lgan . Keyinchalik, «Tuzuklar» yozilganida bu odatlar, harbiy qurilishga oid 
masalalar yozma qonunchilik bilan mustahkamlangan. 
Temur va tefnuriylar davlatining eng muhim huquqiy manbayi «Temur tuzuklari» 
bo'lgan. Uni konstitutsiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan hujjat deb atash mumkin. Chunki unda 
davlat hokimiyati va idora organlarining tuzilishini, ularning vazifalarini, sud, harbiy va moliya 
tizimini tartibga soluvchi normalar o'z ifodasini topgan. Huquqshunos olim Z.Muqimov 
«Temur tuzuklari»ning huquqiy jihatlarini ko'rsatib, quyidagilarni ta'kidlaydi: «Undagi huquqiy 
normalarni hozirgi zamon huquq tarmoqlari bo'yicha guruhlantirganda quyidagicha holatni 
ko'rish mumkin: a) davlat huquqiy normalari — davlat boshlig'i, vazirlar, devonlar (tarmoq 
boshqaruv organlari), devonbegi, davlatni boshqarish prinsiplari (mashvarat, kengash, 
maslahat, to'ra va tuzukka asoslash), mahalliy boshqaruv, harbiy va fuqaro boshqaruvini 
amalga oshirish maqsadida chegara viloyatlarini suyurg'ol qilib berish va hokazo; b) fuqarolik 
va moliya huquqi normalari — yer, mulkning shakllari: suyurg'ol, iqta, tanho, ularni berish 
tartibi, bunday mulklarni olganlarning majburiyatlari, omonatlar, soliqlar, jangda yarador va 
halok bo'lgan askarlar ta'minoti va boshqalar; d) jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi — 
jinoyatlarga jazo berish, har bir shaharda adolat uylari, qozixona — dorul-amorat tashkil qilish, 
qozi askar, ahdos va raiyat qozilari, ularni tayinlash, yolg'on guvohlik uchun jazo tayinlash va 
boshqalar; e) harbiy huquqiy normalar— armiyani tuzish, uning qo'mondon tarkibi va 
ta'minoti, harbiy xizmat va xizmatchilarni moddiy-ma'naviy rag'batlantirish, harbiy guruhlar, 
to'plar va bo'limlarni tuzish kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Temur o'z davlatida qadimiy 
turk-mo'g'ul an'analari, udumlariga rioya qilganligi uchun uning davlatida Chingizxonning Yaso 
qonunlari ham huquq manbayi sifatida qo'llanilgan. Chingizxon bilan Turkistonga kelgan 
mo'g'ullar va turkiy qabilalar dastlab musulmon bo'lishmagan. Shuning uchun ular 
musulmonchilikni qabul qilgunlaricha Yaso va huquqiy odatlar huquqning asosiy manbayini 
tashkil qilgan. Temur davlati esa musulmon davlati edi. Shuning uchun Yasoga harakatdagi 
huquq manbayi deb qaralishi shariat huquqiga xilof hisoblanardi. Ammo jinoyat va jazo 
masalalarida Yasoga ham amal qilinganligini ko'rish mumkin. Jumladan, «Tuzuklar»da: 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish