IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
21
Insoniyat hayotga kelar ekan, o‘z oldiga ―Yashashdan maqsadim..‖ deya boshlanuvchi
iborani ko‘p bor qo‘yadi. Barchamizning eng ulug‘, mushtarak maqsadimiz borki, bu:
O‘zimizdan yaxshi nom qoldirishdir. Asrlar davomida ezgu ishlarimiz orqali yod olinishni kim
ham istamaydi deysiz!. Bu natijaga erishish albatta oson emas. Biroq, yetuk ustozlardan ta‘lim-
tarbiya oladigan inson oilasida ham shu singari davomiy ta‘lim – tarbiyani olsagina bu
martabaga erishadi. Ustozlarning maqsadlari esa, har bir shogirdi o‘zidan ezgu nom
qoldirishidir. O‘quvchining bilmagan narsalarini o‘rgatish, bilganlarini boyitish uchun ustoz
doim izlanishda. Har bir kuni o‘zgacha bir imtihon. Har kuni o‘ziga beradigan savoli bugun
shogirdimga nimani o‘rgata olaman?, bundan u hayotda qanday foydalanadi? Biz
millatimizdagi barcha ustozlarimizning shunday savollar bilan yashayotganligiga ishonchimiz
komil bo‘lsa, bu millat albatta yuksaklikka erishadi. Yangi O‘zbekistonni yangicha qurish
uchun bu yetakchi omil bo‘la oladi.
Biz bu natijalarga erishishimiz uchun ustozlarga bo‘lgan e‘tibor va rag‘batni oshirishimiz
zarur. Shundagini eng bilimli o‘quvchilar chet ellarning oliygohlarida emas, aynan pedagogika
sohasida ilm olish uchun harakat qilar edilar.
Nega endi iqtisod, moliya yoki shunga o‘xshagan yo‘nalishlarning kirish reyting balli
pedagogika yo‘nalishlaridagi ballardan ancha yuqori? Negaki bu sohalarda mablag‘ topish
yo‘llari ko‘p. Yoyinki, chet davlatlarda pedagogika yo‘nalishida ish olib borayotganlar kammi?
Hamma narsa xohlaymizmi yoki yo‘q mablag‘ga, rag‘batga taqaladi. Prezidentimiz
o‘qituvchilarni qo‘llab quvvatlayaptilar bu ayni haqiqat. Ammo, jamiyatda o‘qituvchining
yanada o‘rnini mustahkamlash uchun ko‘proq amaliy chora-tadbirlar lozim. Masalan:
a)Respublika (viloyat, tuman,shahar, qishloq)da fan o‘qituvchining reyting o‘rnini joriy
etish va g‘olib o‘rinlar uchun turli mukofot va ko‘krak nishonlari tasis etish;
b)chet ellarda malaka oshirishni ofline yoki online shaklda barcha maktablarda joriy
etish;
d)jonkuyar ustozlarning mehnatlarini inobatga olgan holda nafaqa yoshlarini asosli
o‘zgartirish;
e)yosh o‘qituvchilar uchun (toifa olmagan) turli tanlovlar va ularning g‘oliblari uchun
qandaydir imtiyozlar joriy etish;
f)o‘qituvchilar uchun kasbiy sug‘urtalar joriy etish;
va boshqalar.
Shifokorlar aynan qaysidir bir kasallikka qarshi kurashsalar, o‘qituvchilar xalqning
kelajagi uchun, millatning halokatga yuz tutmasligi uchun, butun jamiyat ruhini
―kasalliklar‖dan holi tarbiyalash uchun kurashadilar!
Do'stlaringiz bilan baham: |