IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
126
chiqishni ko‘zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a‘zolari o‘z hayotlari uchun ayrim jamiyat
vakillarining fikrlash va hayot tarzini o‘rnak qilib olishlari ko‘p muammolarni keltirib
chiqarmoqda. XXI asrda turli hayot tarzlari va g‘oyalar raqobatga kirishdi. Bunda
muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat o‘zligini saqlagan holda diniy va milliy
qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bo‘lishi lozim. Aks holda,
o‘zlikni yo‘qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe,
mustaqil fikri yo‘q manqurtga aylantirib qo‘yadi. Hozirgi kunda g‘arazli maqsadlarni amalga
oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba‘zi millatlarning o‘zligini yo‘qotishga
qaratilganini sezish mumkin. Bunda e‘tibor xududlarini egallash emas, balki inson ongini
egallashga yo‘naltirilgan. Albatta bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma‘suliyatlidir. Bu har bir
ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma‘lumotlardan
baxobar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va
bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, dunyoviy-ilmiy bilimlar,
huquqiy ong va huquqiy madaniyat, yurtga, xalqiga bo'lgan muhabbatni shakllantirilishi lozim
bo'lgan butun bir borlliqdir. Qaysiki farzandda bu shakllangan ekan, u chin ma'noda
Vatanparvar shaxsdir.
Siz yuqoridagilardan amin bo'ldingizki vatanparvarlikning bunyod etilishi avvalo oila
bilan chambarchas bog'liq ekan. Shu tufayli ham davlatimiz oilani muhofaza qilish, ajrimlarni
qisqartirish uchun qator harakatlarni amalga oshirganki, ular bugungi kunda o'z natijasini
berib kelmoqda.
Davlatimiz oila farovonligini ta'minlashni, uning barbod bo'lishini kamaytirish va oldini
olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. O'zbekiston Respublikasining 1992- yilda qabul
qilingan Konstitutsiyasining
ⅩⅣ
bobi oilaga bag'ishlangan bo'lib, u o'zida to'rt(63, 64, 65, 66-
moddalar)ta moddadan iboratdir. "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bo'lish huquqiga ega", deyiladi ularning birida.
1998- yil birinchi prezidentimiz tomonidan mazkur yilni "Oila yili", deb atalishi, aynan
mazkur yili huquq tizimida "Oila kodeksi"ning joriy etilishi chin ma'noda oila institutini
rivojlantirish uchun qo'yilgan dastlabki dadil qadamlardan biri bo'ldi. Davlat tizmida oilaga
doir siyosiy jarayonlarni tilga olsak, albatta ular talaygina. Lekin biz o'z fikrimizni dalillashga
shuning o'zi kifoya qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Vatanparvar shaxsni tarbiyalashning eng ustuvor yo'li bu avvalo
oila va jamiyatni mustahkamlash, ota-onani tarbiya etishdir. Shundagina fidoyi insonlar soni
saflarimizda yanada ko'payadi, shundagina davlatimiz yanada ravnaq topadi, shundagina
ertamizga ishonch, g'urur paydo bo'ladi. Zero, qaysiki davlatda Vatanparvar shaxslar ko'p
ekan, ana shu davlatning buguni go'zal, ertasi porloqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. https://lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |