IJOD MAKTABINING MISSIYASI IJOD MAKTABINING MISSIYASI
Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning oʻz isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun sharoitlar yaratish, millatning oydinlarini tarbiyalash, ijodiy-ilmiy, ruhiy-jismoniy komil avlodni yetishtirib berishdan iborat.
Ijod maktabining ichki MISSIYASI Ijod maktabining ichki MISSIYASI
2022 yilda o‘quvchilarning ixtisoslik fani bo‘yicha bilim darajasining o‘rtacha sifat ko‘rsatkichini 80 dan 90 foizga ko‘tarish;
2022 yilda O‘quvchilarning ijodiy salohiyat ko‘rsatkichini o‘rtacha 90 foizdan 100 foizga chiqarish;
2022 yilda bitiruvchilarning OTMga qamrovini 100 foizga yetkazish;
2021 yilda Bitiruvchilarning ilmiy ijodiy yo‘nalishdagi nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etish, kasbga tayyorlashda amaliyot o‘tash imkonini 60 foizga ko‘tarish;
2022 yilda o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini 75 foizdan 100 foizga ko‘tarish;
2022 yilda agentlik tizimi maktablari reytingida kuchli beshtalikka kirish
Ijod maktabining Ijod maktabining davlat darajasidagi MISSIYASI
2030 yilga borib, Milliy o‘zlikni asrashda so‘zning qudrati orqali jamiyatda ziyolilar qatlamini shakllantirish;
2030 yilga borib, O‘zbek adabiyotini jahonga integratsiyalash orqali adabiyot va fan yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritish;
Bir avlod takomilida ilmiy-ijodiy, ruhiy-jismoniy, ma’naviy komil, so‘z va amal uyg‘unligini sarbaland tutgan Hazrati insonlarni tarbiyalash;
2030 yilga borib, dunyoqarashi keng, qat’iy pozitsiyaga ega millat, xalq dardi va ovozini tinglaydigan va muammoni hal qila oladigan siyosiy kuch – deputat, senator va davlat xizmatchilarini yetishtirish
2030 yilga Millatparvar, hur fikrli, zamonaviy shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos, tarjimon, matnshunoslardan iborat intelektual kuchni yuzaga keltirish;
Millat va davlat nufuzini ko‘tarish potensiali ega, Uni jahoniy e’tirofi uchun kurashishga qudrati yetadigan diplomat va xalqaro tashkilot vakillarini yetishtirish;
IJOD MAKTABINING ASOSIY VAZIFALARI IJOD MAKTABINING ASOSIY VAZIFALARI
Ijodiy, ilmiy va intelektual salohiyatini ochib berish, shuningdek, innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish
Yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini yaratish
Xalqaro olimpiada va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash
Haqqoniylik, to‘g‘riso‘zlik, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish munosabatini shakllantirish
IJOD MAKTABINING ASOSIY VAZIFALARI
Iqtidorli bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o’quvchilarning intellektual, ijodiy va ilmiy salohiyatini ochib berish
O’quvchilarda boy adabiyotimiz va ona tilimiz bilan ongli ravishda faxrlanish, ajdodlarga munosib bo’lish, ularda ona xalqimiz tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat tuyg’ularini shakllantirish va rivojlantirish
O’quvchilarda yon-atrofda va jahonda ro’y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga to’g’ri munosabat bildirish ko’nikmasini hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, dunyoni ma’rifat, ilm-zakovat, qalam bilan olish mumkinligi haqidagi g’oyani ular qalbiga singdirish
O’quvchilarga xalq og’zaki ijodi, boy va o’lmas yozma adabiyotlarni chuqur o’rgatish, ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilish
O’quvchilarga chet tillarni chuqur o’rgatish orqali ularda badiiy va ilmiy adabiyotni xorijiy tillarga professional badiiy tarjima qilish malakasini shakllantirish,
O’quvchilarga bilimlarning zarur hajmini berish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantirish
IJOD MAKTABINING ASOSIY VAZIFALARI
Ustoz ijodkorlar bilan hamkorlikdagi ustoz-shogird an’anasi asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar orqali yosh ijodkorlarni yuqori saviyada tarbiyalash
Nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo xalqlari uchun sevib o’qiladigan asarlar yaratish, jahon adabiyoti durdonalaridan tarjimalarni amalga oshirish ko’nikmalarini shakllantirish
Ijod maktabi o’quvchilarini barcha sohalar bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga, keng tafakkurga ega bo’lgan zamonaviy shaxs sifatida voyaga yetkazish
Iqtidorli bolalarga ona tili va adabiyot sohasining sir-asrorlarini o’rgatish bilan birga, ularning dunyo tillarini chuqur o’rganishini ta’minlash
Ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun barcha zarur tashkiliy, o’quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik ta’lim-tarbiya muhitini yaratadi
Ta’lim muassasasi faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash hamda ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |