Ииршишнивп ■l/fl w eb-dizflyn ■



Download 9,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/92
Sana02.04.2022
Hajmi9,72 Mb.
#524803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va web-dizayn.Мамаражабов М

U O ‘K: 004(075)
KBK 
32.973.26-018.2ya73
ISBN 978-9943-05-601-5
© M .E . M am arajabov va boshq., 2013 
© Cho'tpon nomidagi N M IU , 2013


К I R I S Н
Jamiyatni axborotlashtirish inson hayotining barcha jabhalarida 
inteliektual faoliyat turlarining ko‘payishi, iqtisodning o'sishi, fan- 
texnika taraqqiyotining jadallashishi uchun xizmat qiladi. Biz qaysi 
sohada faoliyat ko‘rsatmaylik, kundalik ish faoliyatimizga oid tasvirlar 
yaratish (rasm lar, chizm alar, grafiklar, diagram m alar va boshqa 
illustratsiyalar), ularni qayta ishlash, z a ru r b o lg a n d a in tern et 
ta rm o g ig a joylashtirish kabi m uam m olarga duch kelamiz. M a '- 
lumki, yuqori sifatli turli tasvirlarni yaratish va qayta ishlash am al- 
larini kom pyuter grafikasida o'rganiladi. Bunday tasvirlarni sifatini 
yo'qotm asdan rang-barang ko‘rinishda internetda nam oyish qilish 
u ch u n esa W eb-dizayn im koniyatlaridan, in te rn e td a nam oyish 
qilish uchun web-saytlardan foydalaniladi.
W eb-saytlarni yaratish va undan foydalanish t a ’lim tizimida 
ham m uhim aham iyat kasb etadi. T a ’limda web-saytlardan nafaqat 
tijorat yoki namoyish vositasi sifatida, balki bilim berish maqsadlarida 
ham foydalaniladi. Albatta bunda t a ’lim masofadan turib amalga 
oshiriladi. Bunday t a ’lim berish jarayoni o ‘qituvchi va o'quvchi 
to ‘gvrid a n -to 'g ‘ri m uloqot qilm asdan olib boriladi. Bulling u ch u n
ta’lim beruvchi (oliy o ‘quv yurti, m aktab va boshqaiar) o'qitiladigan 
predmetga tegishli m a ’lumotlarni web-sahifalarga har xil k o ‘rinish- 
larda (m atn, rasm, jadval, animatsiya. tovushli m a ’lum ot va hatto 
video tasm a ko'rinishida) joylashi kerak. Talaba esa dunyoning 
xohlagan joyidan turib Internet orqali bu m a ’lum otlardan bilim 
olishi m um kin. T a ’limning bunday kocrinishi masofaviy t a ’lim deb 
yuritiladi. Masofaviy t a ’lim bugungi kunga kelib dunyoning ko‘plab 
rivojlangan davlatlarida qo £llanilib kelinmoqda. Masofaviy ta ’limdan 
foydalanish n atijasid a vaqt va p u ln i tejash , o rtiq c h a o v v o ra- 
garchiliklarsiz bilim olish imkoniyatlariga ega bo'linadi. Bunday 
imkoniyatlarni bizga web-sahifalar yaratib beradi. M a ’lum p red­
metga tegishli m a ’lumotlarni (m atn, rasm, jadval, anim atsiya va
3


boshqalarni) sahifalarga joylab, ularni doimiy ravishda t o ‘ldirib, 
yangilab borish, o ‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun nazorat 
test savollarini kiritish im koniyatlari mavjud. Bulling natijasida 
o ‘quvchining olgan bilimini nazorat qilish, baholash imkoniyatlari 
paydo b o ‘ladi. Bu esa web-texnologiyadan ta ’limda foydalanishning 
eng optimal variantlaridan biri hisoblanadi.
U s h b u d a rs lik d a a n a s h u n d a y W e b - s a y tla r n i y a r a tis h d a
qoMlaniladigan Dreamweaver, Front Page, H om e Site, Corel Draw, 
Photo Shop va Flash dasturlari, H T M L gipermatnlarni belgilash 
tillari, Java Script, P H P kabi dasturlash tillaridan foydalanish 
im koniyatlari haqida m a 'lu m o t berilgan. Professional dasturlar 
qatoriga kiruvchi D ream w eav er dasturi o ‘zining barcha im ko­
niyatlari bilan har qanday murakkablik va masshtabdagi H T M L
sahifalarni yaratish va oV.gartirishga qodir. U vizual loyihalash 
(WYSIWYG) rejimini ta'm in lab , dastlabki matnli W E B - hujjat- 
larning juda aniq ishlashi bilan ajralib turadi va katta tarmoqli 
loyihalarni q o 'llab-quvvatlovchi ichki qurilgan vositalarga ega. 
Dreamweaverda m atnlar ham da obyektlarning obrazlari ustida olib 
b o rila d ig a n ish lar b ev o sita k o d la s h tiris h d a n u s tu n tu ra d ig a n
gipermatnli hujjatlar yaratish usulini vizual deb atash qabul qilingan. 
Shu bilan birga dastur nafaqat vizual loyihalash vositalarining kuchli 
bazasiga ega, balki web-sahifalarni deyarli maxsus ko'rib chiqish 
dasturlari yordamida aks ettirishga ham qodir: Microsoft Internet 
Explorer yoki Netscape Navigator.
D re a m w e a v e r w e b -d iz a y n sohasida g ip erm atn li hujjatlarni 
to ‘g‘rid an -to ‘gbri kodlashtirish yordamida yaratishni afzal ko'ruvchi 
m u taxassislarga h a m m a ’qul k eladi. D re a m w e a v e r q o b ig ‘iga 
gipermatnlarni belgilovchi diskreptorlar bilan ishlash uchun zarur 
b a rc h a uskunalarga ega t o ‘liq funksional H T M L tahrirlagichi 
integratsiya qilingan. D a s tu r «ochiq arxitektura» prinsiplariga 
asoslangan. Bu am aliy dasturning interfeysi (Application Prog­
ram m ing Interface, A P I) t o i i q ochiq ekanligini bildiradi. Uning 
y o rd a m id a tashqi d a s tu rc h ila r h a m d a dasturiy t a ’m in o t bilan 
sh u g ‘ullanuvchi firm alar, d a stu r va unin g interfeysiga radikal 
funksional o ‘zgartirishlar kiritishi: yangi uskuna q o ‘shish, menyu 
palitrasi yoki bo ‘limini yaratish, yangi obyekt yoki m ultim edia 
roligini dasturlashtirish va hokazolar.
4


D ream w eaver tizimi tarkibiga m ultim edia roliklarini qo'yishga 
m o ‘ljallangan q o ‘sh im ch a d astur kiradi, shuning u c h u n Flash- 
texnologiyaning interfaol imkoniyatlarini tahrirlagichdan chiqm ay 
turib ko‘rib chiqish m um kin.
T a ’lim tizim ida esa axborot texnologiyalarini q o ila b t a ’lim - 
tarbiya berish va unga tegishli barcha jarayonlarni axborotlashtirish 
bilan t a ’lim samaradorligini oshirishga olib kelinadi. Bunda axborot 
texnologiyalaridan dars jarayonidagi ko'rgazmalilik imkoniyatlari 
o sh ib , o ‘q u v c h ila rn in g m a z m u n n i tu sh u n is h d a ra ja si o rta d i. 
0 ‘quvchi d ars v aq tid a b iro r m u ra k k a b ja ra y o n n i k o ‘z oldiga 
keltirishi qiyin b o ‘lib, uni tasavvur qila olmaydi. A na sh u n d ay
paytda kom pyuterning maxsus dasturlari yordamida shu murakkab 
jaray o n n i ay n an o ‘zidek qilib tasvirlab berish m um kin. Bunda 
o Lquvchilarda ushbu m urakkab ja ra y o n haqidagi tasavvur hosil 
bo'ladi. Bu kabi dasturlar k o 'p in ch a inson kolzi bilan ko'ra olm ay- 
digan (m asalan, m ashina dvigateli ichidagi harakatlar, odam qon 
aylanish tizimi va boshqaiar) m urakkab jarayonlarni tasvirlab berish 
uchun xizmat qiladi. Bunday dasturlarga misol qilib Flash MX, 
3D M AX kabi d a s tu rla rn i k iritish m u m k in . U sh b u d a s tu rla r 
yord am id a nafaqat m urakkab ja ra y o n la rn in g tasvirlarini, balki 
barcha turdagi elektron darsliklarni yaratish im koniyatlari ham
mavjud. Ayniqsa animatsiyali m a'lum otlarni keltirish va bezashda 
keng q o ‘llash mum kin.
S h u n in g d e k , d a r s lik d a F la sh M X d a s tu r in i o ‘r g a n is h g a
bag‘ishlangan m a ’lum otlar ham berilgan. D astur im konivatlari,
с/ 
c-' 
w
»
Lining interfeysi, flash-film lar, flash-saytlar yaratish va ulardan 
turli jarayonlarda foydalanish t o ‘g‘risidagi m a ’lum otlar berilgan. 
Вundan tashqari, web-dizaynning eng m uhim ajralmas qismlaridan 
biri b o ig a n kom pyuter grafikasi haqida ham m a ’lumot beriladi. 
M a’lumki, w eb-m uharrirlar saytning asosini yaratishda ishlatilsa, 
uni rasmlar, grafiklar va turli illustratsiyalar bilan boyitish uchun 
esa g ra fik m u h a r r i r la r i g a m u r o ja a t q ila m iz . B u n d a A d o b e
PhotoShop, Corel Draw kabi grafik muharrirlarning o 'rn i tengsiz. 
Darslikni yozishda aynan bu dasturlarni ng tan lab olinishiga sabab, 
birinchidan ularning professional dasturlar qatoriga kirishi bo'lsa, 
ikkinchidan Adobe P hotoShop rastrli grafika bilan, Corel Draw 
esa vektorli grafika bilan ishlashga mo'ljallanganligi uchundir.



Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish