Iii. Xulosa IV. Ilovalar Mavzu: Soliq tizimida qo`llaniladigan soliq elementlarining tarkibi va iqtisodiy mohiyati


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i



Download 102,75 Kb.
bet8/19
Sana16.06.2021
Hajmi102,75 Kb.
#66882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Soliq nazariyasi kurs ishi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i
169-modda. Soliq solish ob’ekti

Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob’ektidir:

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, ushbu Kodeksning 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.

170-modda. Soliq solinadigan baza

Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, ushbu Kodeksning 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.

Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.

Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.

186-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini, shuningdek eng kam ish haqining karrali miqdorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarish uchun eng kam ish haqi miqdorining joriy yilning 1 yanvaridagi holati inobatga olinadi.

187-modda. Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi

1) asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda, soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Ma’lumotnomada quyidagilar aks ettiriladi:

soliq to‘lovchining — jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;

soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;

o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi;

soliq agentining identifikatsiya raqami;

soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili).

Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari bo‘yicha, ularning olingan joyidan qat’i nazar, ma’lumotnoma taqdim etilmaydi:

dividendlar, foizlar tarzidagi daromadlar;

ushbu Kodeksning 181-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining belgilangan eng kam stavkasi bo‘yicha soliq solinadigan daromadlar;

jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan daromadlar.

188-modda. Soliq to‘lash tartibi

To‘lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi budjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to‘lanadi:

pul mablag‘larini olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, ish haqi bo‘yicha oyning birinchi yarmi uchun bo‘nak (avans) olish uchun hujjatlar taqdim etilganda soliqni to‘lash amalga oshirilmaydi;

to‘lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to‘lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo‘lsa.

Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag‘ida ish haqini to‘lash va bir vaqtning o‘zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni budjetga o‘tkazish uchun mablag‘lar etarli bo‘lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bank hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga mutanosib summada budjetga o‘tkaziladi.


Download 102,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish