III. Qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimi
3.1 Qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimi
Qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimi bu ma’lum tuproq, gidrogeologik, iqlim va agrotexnika
sharoitlarida o’simlik uchun zarur bo’lgan suv, havo, tuz va oziqlanish rejimlarini ta’minlaydigan sug’orish
vaqtlari, muddatlari va normalarining majmuasidir.
Maqbul sug’orish rejimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.O’simlik rivojlanishining har bir fazasida suvga bo’lgan ehtiyojini qondirish va ma’lum agrotexnika
darajasida muayyan ekindan yuqori va barqaror hosil olish;
2.Tuproqda talab qilingan suv rejimini va u bilan bog’liq bo’lgan issiqlik, havo, tuz va oziqlantirish
rejimlarini hosil qilish va rostlab turish;
3.Tuproqning botqoqlanishiga, sho’rlanishiga va eroziyalanishiga yo’l qo’ymagan holda tuproq
unumdorligini oshirish;
4.Xo’jalikdagi reja topshiriqlariga asosan mehnatni tashkil etish va boshqalar.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimi sug’oriladigan maydonning tabiiy - xo’jalik sharoitlariga bog’liq
xolda quyidagilardan iborat:
Iqlim sharoitlari - havoning harorati va namligi, atmosfera yog’inlari miqdori va uning vaqt bo’yicha
taqsimlanishi, bug’lanish jadalligi, shamollar va ularning kuchi, yo’nalish va takrorlanuvchanligi;
Tuproq sharoitlari - mexanikaviy tarkibi, tuzilishi, suv-fizik xossalari, tuproqlarning sho’rlanish darajasi;
Gidrogeologik sharoitlari - sizot suvlarning joylashish chuqurligi va sho’rligi, sizot suvlarning oqib kelish
va ketish sharoitlari, uning sathi va sho’rlanish darajalarining vaqt bo’yicha o’zgarib turish dinamikasi;
Xo’jalik - iqtisodiy sharoitlari - qishloq xo’jalik ekinlarini parvarish qilish agrotexnikasi, sug’orish va suv
berish usullari, suv zahiralari bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqalar.
Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproqda o’simlikka namlik yetishmasligi (taqchilligi) erta baxorda
kuzatiladi, b hol namning ummiy bug’lanishga sarflanishi tufayli sodi bo’ladi (tuproqdan va ekinlardan
bug’lanish).SHu tarzda, atmosfera yog’ingarchiliklari va tuproq osti suvlari oqimi tufayli tuproqda
shakllangan tabiiy nam zahiralariasta – sekin atmosferaga chiqariladi va tig’iz davriga yetadi (ya’ni,
namlikning sug’orish oldi chegarasi).Undan quyidagi o’simliklar sezilarli suv yetishmaslikika uchraydi,va
oqibatida “suv ocharchiligi”davri boshlanadi,bu o’simlikning so’lishi va halokatga olib keladi.
3.1.1-rasm g’o’zani kechiktirib sug’orish
Sug’orish oldi bosqichining boshlanishi navbatdagi sug’orish sanasi hisoblanadi vau tuproqda namlikning
samarali zaxiralarini to’ldirishga va uni eng kam nam jamlovchanlik (ChDNS-cheklangan dala nam sig’imi)
bilan tavsiflanadigon to’yintirishga
( maqbul namlik ) yo’naltirilgan ChDNS ni aniq belgilash usullari yetarli, xususan: labarato’riya termostat
- o’lchamli ; neytron; konduktometrik va B namlikni Bu usullar yordamida aniqlash texnalogiyasi va
uslubiyati murakkab , malum bilim va maxsus uskuna o’lchov asboblarida ishlash tajribasini talaab etadi.
Sug’orish oldi bosqichining boshlanishi navbatdagi sug’orish sanasi hisoblanadi vau tuproqda namlikning
samarali zaxiralarini to’ldirishga va uni engkam nam jamlovchanlik (ChDNS) bilan tavsiflanadigon
to’yintirishga
( maqbul namlik ) yo’naltirilgan.
Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimini aniqlashda bir qancha usullardan
foydalaniladi, jumladan akad.A.N.Kostyakov usuli (grafoanalitik usul), tuproq namligini hisobga olgan
holda hisob-kitob ishlarini yuritish, hamda ko’p yillik ilmiy kuzatish natijalaridan keng foydalanilmoqda.
3.2 Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’oriish muddatlarnni aniqlashda usullar:
Sug’orish muddatlari deb bir sug’orish bilan ikkinchi sug’orish orasidagi vaqtga aytiladi.
1. Qishloq xo’jalik ekinlarning marfalogik belgilariga qarab, ya’ni:
a) barglarning so’rish kuchiga qarab. Bu kuch-atmosferada o’lchanadi:
gullashgacha 11-12 atm;
gullash - hosil tugash davrida 13-14 atm;
pishish davrida 15-16 atm.
2. Qishloq xo’jalik ekinlarning fiziologik belgilariga qarab kletkalardagi sharbatning kontsentratsiyasiga
qarab, bu foizda o’lchanadi:
gullashgacha - 8%
gullash hosil tugish davrida - 10%
pishish davvrida - 12-14%
3.Tuproq faol qatlamidagi namlik balansiga ya’ni tuproq qatlamidagi cheklangan nam sig’imi o’simlik
navlari tuproq turi qarab belgilanadi.Tuproq qatlamidagi namlik bur yordamida nomunalar olinib 105
gradusda quritilib namlik aniqlanadi, tenziometr nam o’lchagich yordamida aniqlanadi.
4.Biologik iqlim koeffitsiyentiga qarab.
Bur yordamida tuproq Tenziometr nam o’lchagich
nomunalarini olish
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimi “O’zdavmeliosuvloyiha” instituti va O’zPITI (O’zbekiston
Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti) ma’lumotlari asosida qabul qilinadi;
3.3.Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda sug’orish va mavsumiy sug’orish me’yorlari
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda sug’orish normasi va mavsumiy sug’orish normasi tushunchalari
ishlatiladi. Sug’orish normasi va mavsumiy sug’orish normasi nima?
Sug’orish normasi bu sug’oriladigan bir gektar maydonga bir marta sarflanadigan suv miqdori
hisoblanadi va “m” bilan belgilanadi.
Qishloq xo’jalik ekinlari suv ta’minoti sharoitlariga turlicha munosabat bildiradilar. Barcha ekinlarni
maksimal hosildorligiga uning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, o’simlikni o’sishi va
rivojlanishining barcha davrlari davomida uzluksiz suv bilan ta’minlash orqali erishiladi.
Arid zonalarida qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish me’yori o’simlikni turi va naviga, iqlimiy,
gidrogeologik va tuproq-meliorativ sharoitlarga bog’liq holda S.N.Rыjovning ruxsat etilgan namlik
me’yori formulasi orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |