Iii-modul. Jahon adabiyotining uyg‘onish davri. 7-mavzu: Italiya va Ispaniya Uyg‘onish davri adabiyoti (2soat). Reja


Petrarka lirikasi, Bokachcho novellalari



Download 48,75 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2022
Hajmi48,75 Kb.
#662738
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-MAVZU

3.Petrarka lirikasi, Bokachcho novellalari.
4.Ispaniyada Uyg’onish davri adabiyoti. M.Servantes ijodi.
XV asrning ikkinchi yarmidan Ispaniyaning ijtimoiy hayotida absolyut hokimiyat tashkil topa boshlaydi va bu o’z navbatida adabiyot taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmadi.
Bu davrga kelib mamlakat yerlarini qayta qo’lga kiritish harakati boshlanib ketdi, rekonkista harakati asosan tugallandi. G’arbiy yevropaning boshqa mamlakatlarida bo’lgani kabi, Ispaniyada ham, o’sha vaqtda unga qaram Portugaliyada ham savdosanoat rivojlanib, kapitalistik munosabatlar tug’iladi. Gumanistik dunyoqarashning shakllana borishi bilan feodal jamiyati va uning urf-odatlariga qarshi kurash kuchayadi. Lekin Ispaniya viloyatlarida burjua munosabatlarining sekinlik bilan o’sishi, har bir o’lkaning o’z qonun-qoidalari bo’lishi va, shuningdek, rekonkistaning uzoqqa cho’zilganligi sababli absolyutizm butun mamlakatni bir milliy davlat tevaragiga birlashtira olmaydi. Qirollik hukumati shaharlar bilan ittifoq tuzib, feodal tarqoqligiga chek qo’ya olmaydi.
-asrda yevropaning boshqa mamlakatlarida yirik monarxiyadan iborat davlatlar paydo bo’lib, ular «madaniylashtiruvchi markaz» sifatida xizmat qilgan bir vaqtda Ispaniyada bunday markazlashgan hokimiyat hali yo’q edi. Feodal aristokratiya o’zining yaramas odatlarini saqlagani holda inqirozga uchraydi. Shaharlar esa yangi zamonga xos ma’no kasb etmasdan, o’zlarining o’rta asr kuch-qudratlarini yo’qotadilar.
Savdo-sanoat ishlarida ham tushkunlik ro’y beradi. Amerikadan keltirilgan oltin mamlakatning xo’jaligini izdan chiqaradi. Chetdan mol sotib olish foydaliroq bo’lib chiqadi. Oqibatda, dehqonlar xonavayron bo’ladi. Mustamlaka xalqlarini talash va ezish kuchayadi, moddiy boylik ishlab chiqarish haddan tashqari qisqarib ketadi. Oltin zapasi tugagach, xo’jalik hayotida yana og’ir vaziyat yuzaga keladi. Absolyutizm mamlakatda iqtisodiy kuchning o’sishi va burjua munosabatlarining rivojlanishiga to’siq bo’lib qoladi, natijada yagona milliy davlat o’rnatilmaydi. Zulmga qarshi bosh ko’tarib chiqqan xalq harakatini bostirish uchun absolyutizm harbiy-politsiya tartiblarini o’rnatadi. Ispan monarxiyasi yevropa feodal reaksiyasining tayanchi edi. Katolik cherkovi esa xalqni qullikda saqlash uchun qirol hukumatiga yordam beradi. Ozodlikka bo’lgan har qanday intilish taqiqlanib, juda ko’p gunohsiz kishilar inkvizitsiya jazosiga duchor bo’ladi.
Ispan Uyg’onish davri adabiyoti XV– XVI asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakat tarixiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq ravishda shakllanib, unda ilg’or gumanistik g’oyalar targ’ib qilinadi.
XVI asrda yashagan yirik portugal yozuvchisi Luis de Kamoens (1524/25-1580) ijodida davr ruhi muvaffaqiyatli gavdalanadi. Kamoens bir necha komediya, bir qator she’r, shu jumladan baxtsiz sevgini ifodalagan 350 dan ortiq sonet yozadi. Lekin u, asosan «Luziada» poemasi bilan mashhur. Asar Vasko de Gamaning Afrika orqali Hindistonga yo’l topishi va portugallarning bu mamlakatga kirib borishini tasvirlaydi. Shoir jamiyatdagi nuqsonlarni, saroy ahlining munofiqligini va hukmronlarning og’ir soliqlar solib xalqni ezayotganligini ayamay fosh etadi. Poemada sinfiy qaramaqarshiliklar, ritsar sarguzashtlari, koloniyalarni bosib olishga intilish kabi davrning xarakterli xususiyatlari aks ettiriladi. Asarning ahamiyati shundaki, u insonning tabiatni o’rganishga qaratilgan faoliyati va urinishlarini qiziqarli qilib tasvirlash bilan birga, poeziyada realistik uslubning rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Ersilya va Kamoens ijodlariga Gomer, Vergiliy kabi shoirlarning ta’siri bor edi. Bu ta’sir ularning poemalarida realistik epizodlar bilan birlikda fantastikaga berilishda ko’zga tashlanadi.
XVI asr ispan adabiyotida lirik va epik Ritsarlik romani poeziyaga qaraganda romanchilik keng rivojlanadi. Inson istak-orzulari, irodasi va kurashining yana ham to’laroq aks ettirilishi bilan bu janr alohida o’rin tutadi. Bu davrda romanning xillari ko’p bo’lib, ulardan biri ritsarlik romani edi. Bu turdagi romanlarda ritsar sarguzashtlari ifodalangan poema syujetlari qayta ishlandi, davr ruhiga moslandi, shuningdek, ularda harbiy qahramonliklar tasvirlandi.
Feodal-aristokratik dunyoqarashni ifodalagan va o’rta asrlarda keng tarqalgan ritsar romanlaridan eng mashhuri «Amadis Galskiy»dir. Bu romanda Amadisning sirli tug’ilishi, uni onasi qutiga o’tqazib, suvga tashlab yuborishi, bir ritsarning qutini ushlab olib, bolani tarbiya qilishi, voyaga yetgan Amadisning Britaniya qirolining qizi Orianaga sevgisi, sevgilisiga erishish yo’lida ko’rsatgan qahramonliklari tasvirlanadi. Amadis juda ko’p mashaqqatlarni boshidan kechirib, dunyoni kezib chiqadi, Rim imperatorini yengadi, Konstantinopolga bostirib kiradi. Pirovardida, qahramonlik bilan o’z muhabbatini isbotlab Orianaga uylanadi.
Amadis haqidagi bu asar bema’ni ritsar sarguzashtlarini ko’rsatsa ham, lekin unda yuksak badiiy qimmatli epizodlar ham yo’q emas. Servantes «Don Kixot» romanida ritsar romanlarini qattiq qoralaydi. Lekin «Amadis»ni ritsar romanlaridan eng yaxshisi, deb baholaydi.
XVI asr oxirlarida rivojlangan va demokratik xarakter kasb etgan «Aiyerlik» romanida oddiy turmush manzaralari tasvirlanadi va shuning uchun ham, u aristokratik tabaqalarning didini aks ettirgan ritsarlik va pastoral (cho’ponlik) romanlaridan tubdan farq qiladi. Fernando de Roxasning dialog shaklida yozilgan «Selestina» (XV asr oxiri) asari shu tipdagi romanning dastlabki namunasi hisoblanadi. Bunda ikki sevishgan yosh Kalisto bilan Melibeyaning fojiali sevgisi hikoya qilinadi. Yozuvchi ispan adabiyotida birinchi bo’lib ideallashtirilmagan sevgini, yoshlar muhitini realistik bo’yoqlarda tasvirlaydi. Sevishganlar o’rtasida turgan vositachi Selestina va u bilan o’lja talashgan yordamchilari qilmishlarining tasviri xarakterli. XVI asr o’rtalarida mamlakatda qashshoqlikning avj olishi, yengil hayot kechirishga intilish har xil avantyuraga berilishlarni kuchaytirib yuboradi. Katta-kichik tovlamachilar, yulg’ichlar, o’g’rilar pikaro (ayyor, firibgar) deb atalar edi. Bu haqdagi asarlarning «ayyorlik» romani deb atalishi ham shu bilan izohlanadi. Odatda, bu tipdagi asarlarda bolalik vaqtida uydan qochib ketgan yoki ota-onasining qashshoqligi natijasida ko’chaga haydalgan «ayyor»ning tarjimai holidan bayon etiladi. Tirikchilik o’tkazish maqsadida ayyorning qilmagan ishi qolmaydi. U bir xo’jayin qo’lidan ikkinchisiga o’tib turadi. Turmushning achchiq-chuchugini totib, katta tajriba orttirgan «ayyor» o’zining hayot yo’li haqida «Xotiralar» yozishga kirishadi. Qahramon sarguzashti orqali ijtimoiy muhitni aks ettirish o’sha davr ispan hayotining satira ostiga olinishiga yo’l ochadi. Adolatsizlikka asoslangan ijtimoiy tuzum kambag’allarni qashshoqlik girdobiga tortadi, munofiqlik va ayyorlikka zamin hozirlaydi. Roman qahramonlari insoniy qiyofasini yo’qotish evaziga «muvaffaqiyat»ga erishadilar. Ayyorlik romanlari feodal absolyutizmiga qarshi demokratik ruhni ifodalashi, realistik tasvirning chuqurligi bilan shu davr ispan adabiyotining yuqori cho’qqilaridan birini egallaydi. XVI asr o’rtalarida yaratilgan bu janrning dastlabki namunasi «Tormeslik Lasorilo» hajm jihatidan kichik bo’lsa ham, lekin satirik jihatdan kuchliligi bilan Erazm Rotterdamskiyning «Nodonlikning maqtoviga tenglashib boradi.

Download 48,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish