Bugungi kunda davlat budjetida mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishda g‘aznachilik tizim i joriy qilindi. G ‘aznachilik tizim i yordam ida dastlabki. joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha katta o ‘zgarishlar amalga oshirildi. G ‘aznachilik organlarining maqsadi - budjet tashkilotlarini uzluksiz moliyalashtirib borish, budjetdan m ablag‘ oluvchilar tom onidan ajratilgan resurslarni m e’yoriy hujjatlar talablaridan kehb chiqib, budjet tashkilotlariga yetkazish va ulam ing topshirig‘iga asosan g‘aznachilik ope- ratsiyalarini yurgizishdan iborat. Mamlakatimizda dem okratik islohotlarni yanada ch u qurlashtirish va fuqarolik jam iyatini rivojlantirish davrida 0 ‘zbekiston Respublikasi budjet tizimidagi o'tkazilayotgan tub islohotlar mohiyati moliya tizim ida davlat budjeti ijrosini takomillashtirish va g‘aznachilik tizim ini joriy etish hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad — budjet m ablaglarini samarali boshqarish, budjet m ablaglarining moliyaviy nazoratni kuchaytirish va barcha budjet tashkilotlarining xarajatlarini boshqarishda g‘aznachilik faoliyatini amalga kiritishdir. - Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Davlat budjetining kassali ijrosida g‘aznachilik tizimining bank tizim idan farqi shundaki, avvalo, budjet ijrosi jarayonida g‘aznachilik ikki oqimdagi pul m ablaglarini to‘playdi. D arom adlar va xarajatlar bir hisob raqam dan qilinadi, bunday tartib mavjud mablaglar bilan moliyalashtirish jarayonini tezlashtirishga im kon beradi. Budjetning kassali ijrosi, deganda har bir budjetning darom adlari m azkur budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jam - g‘arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu budjetdan mablag‘ bilan ta’m inlanuvchi barcha tashkilotlarga pul m ablag‘lari ushbu kassa orqali beriladi. Budjet ijrosi shunday jarayonki, u moliya yili m obaynida to‘liq va o‘z vaqtida, har bir manba bo‘yicha darom adlar tushishini, shuningdek, korxona va tashkilotlarni tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasi chegarasida moliyalashtirilishini ta ’minlaydi. Davlat budjeti g‘azna ijrosi kassa birligi, budjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobini yuritish, budjet tiniqligi, budjet majburiyatlari limiti, shartnom alarni ro‘yxatga olish kabi tamoyillarga asoslanadi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilari, taqdim qilingan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizm atlar uchun hisobkitobni amalga oshiruvchilar — budjetdan mablag1 oluvchilardir yoki budjet tashkilotlaridir. Davlat budjeti ijrosi budjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadiki, g‘aznachilikda belgilangan istiqbol ko‘rsatkichlari, tasdiqlangan rejalar va ishlab chiqilgan dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattiq nazorat qilinadi. - Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
- 3-REJA. G’AZNACHILIK
- FAOLIYATINING TASHKILIY
- HUQUQIY ASOSLARI
- Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
- Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
- Takchilligini moliyalashtish manbalari tasnifi
Do'stlaringiz bilan baham: |