233 - modda. Homiladorlik va tug’ish ta'tili. Ayolllarga tuqqunga qadar 70 kalendar' kuni va tuqqanidan keyin 56 kalendar' kun (tug’ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda 70 kalendar' kuni) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta'tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi.
234 - modda. Bola 2 va 3 yoshga to’lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta'tillar. Homiladorlik va tug’ish ta'tili tugagandan keyin ayolning hohishiga ko’ra unga bolasi 2 yoshga to’lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo’shimcha ta'til qam beriladi.
236 - modda. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar. 2 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga dam olish va tushlik uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo’shimcha tanaffuslar beriladi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o’rtacha oylik ish haqi hisobi bo’yicha ham to’lanadi.
237 - modda. Homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar. Homilador ayollar va 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shatnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi. Korhonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.
b) Onalik va bolalikni muhofaza qilish. Onalar va bolalar salomatligini himoya qilish - butun mamlakat aholisining salomatligini saqlash va mustahkamlash garovidir. Salomatlikni tiklash va muhofaza qilish bolalikdan boshlanadi. Bolalar sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash uchun sog’lig’ni saqlash tizmida maxsus tashkil etilgan onalik va bolalikni himoya qilish tizimi katta ro’l o’ynaydi. Onalik va bolalikni himoya qilish tizimi mamlakatda qoniqarsiz ijtimoiy-demografik holat, tug’ilishning kamayishi, o’limning oshishi va aholining kamayishini o’rganib chiqish alohida ahamiyatga ega.Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizmining asosiy vazifalaridan biri bu ayol va ona o’rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Ayol va bolalarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam maxsus ambluator -poliklinika va kasalxonalarda -ayollar salomatligini o’zgarishini birlamchi oldini olish, ayniqsa, homiladorlik va tug’ruq davrida nuqsonlar sonining kamayishiga, bolaning sog’lom rivojlanishiga yo’naltirilgan. Bu xizmatlar poliklinika, QVP, akusher-ginekologi majmualarda, ayollar maslahatxonalarida amalga oshiriladi.
2) Sog’lig’ni saqlashni bilamchi bo’g’ini. a) Birlamchi bo’g’inga BJSST ta'rifi:
1978 yilda Qozog’iston Respublikasida Xalqaro konferensiya bo’lib, "Salomatlik hamma uchun 2000" dasturini amalga oshirish uning maqsadi hisoblanadi.
b)O’zbekistonning sog’liqni saqlashda birlamchi bo’g’ini oilaviy poliklinikalarning dispanser tipidagi davolashning profilaktik ambluator muassasa bo’lib, ayollar hayotining barcha davrlaridagi kuzatuvini bajaradi.Birlamchi bo’g’inning profilaktik va davolash ishi: ona va bolaning salomatligini himoya qilish, homiladorlikdan tashqari , homiladorlik davrida va tug’ruqdan keyingi davrda malakali ambluator akusher-ginekologik yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan.