Iii-kurs V- semestr


Ayollar hayoti davrida sanitar - oqartuv ishlarning zarurligi



Download 215,47 Kb.
bet13/77
Sana26.05.2022
Hajmi215,47 Kb.
#609025
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
Bog'liq
Onalikda-hamshiralik-parvarishi-3-kurs-5-semestr

Ayollar hayoti davrida sanitar - oqartuv ishlarning zarurligi.

Sanitar-oqartuv ishlar oilaviy poliklinikalar, akusher-ginekologik muassasalar va perinatal markazlarning asosiy ish faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Sanitariya-oqartuv ishlarining vazifalari: ginekologik kasalliklarni oldini olish, ayolning hayoti davrlarida salomatligini mustahkamlash, ona va bola uchun homiladorlikni va tug’ruqni ijobiy kechishini ta'minlash, abortga qarshi kurash va kontratsepsiya targ’ibotini faol olib borish.
Sanitar-oqartuv ishlari quyidagi rejaga asosan o’tkaziladi:

  1. Shifoxonada va konsul'tativ markazlarda.

  2. Uchastkalarda.

  3. Korxona, o’quv muassasalarida, fermer ho’jaliklarida.

Sanitar-oqartuv ishlari turli-xil shakllarda o’tkazilishi mumkin: suhbat va ma'ruzalar o’tkazish, ko’rgazmalar tashkil etish, sanitar-oqartuv kitobchalar va sanbyulleten tayyorlash. Sanitar-oqartuv ishlarining mavzusini va turlarini akusher-ginekologlar aniqlaydilar va unda davo maskanlarining hozirgi vaqtdagi asosiy masalalarni inobatga olgan holda tashkil qiladilar.

  • Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishdagi hamkorlikdagi ishlar.

Sog’lom turmush tarzini o’rgatishdan maqsad - inson salomatligini yaxshilash va saqlash, shuning uchun bir kishi kasal bo’lgan taqdirda ham hamshira mutaxassislarni jalb qilishi kerak. Shundan keyingina har bir mutaxassis o’z vazifasini va davolash rejasini tuzib, sog’lom turmush tarzini amalga oshirishi kerak. Sog’lom turmush tarzini amalga oshirish uchun barcha aholini qamrab olinishi kerak. Ijtimoiy - iqtisodiy yordamni yaxshilanishi, sog’lom turmush tarzini yaxshilanishiga olib keladi, bunda hamshiraning ham roli katta ahmiyatga ega.
Reproduktiv salomatlik konsepsiyasi.
Ohirgi yillarda "Reproduktiv salomatlik va huquq" konsepsiyasiga katta e'tibor berilmoqda. Bu konsepsiya onalikda hamshiralik parvarishida katta ahamiyatga ega, chunki bu konsepsiya onalik va bolalikni muhofaza qilishga katta e'tibor beradi. Onalikda hamshiralik parvarishi mohiyati jadal ravishda rivojlanib kelmoqda. Shuning uchun reproduktiv salomatlik va huquqni tushungan holda onalikda hamshiralik parvarishida parvarish masalalarini qayta ko’rib chiqish kerak.
1) Reproduktiv salomatlik konsepsiyasini rivojlanishi
a) 1990 y
Fathalla tushunchasi (inson reproduksiyasi taraqqiyoti tekshirish maxsus dasturining rahbari). Reproduktiv salomatlik nafaqat reproduktiv davrida kasallik va patologiyalarni bo’lmasligi, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatni turli hiligidir.
b) 1992y
Oilani rejalashtirish halqaro federatsiyasi faoliyati reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan.
c) 1993y
Akusher-ginekologlarning halqaro kongressi reproduktiv salomatlikning 4 ta asosiy elementini belgiladi:
1. Homiladorlikdan saqlanishni nazorat qilish. Nafaqat homiladorlikdan saqlanish, balki bepushtlikni davolash ham zarur.
2. Har bir ayol behatar homiladorlik va tug’ish huquqiga ega.
3. Barcha yangi tug’ilgan chaqaloqlar sog’lom va baquvvat bo’lishlari kerak.
4. Jinsiy infeksiyalardan halos bo’lish kerak.
g) 1994y.
BMTning uchinchi halqaro konfernsiyasida (Kair, 1994y) aholishunoslik va taraqqiyot masalalari bo’yicha quyidagi ish rejasi tasdiqlandi: "Reproduktiv salomatlikni saqlab qolish maqsadida zamonaviy oilani rejalashtirish usullarini ommalashtirish".
d) 1995y.
To’rtinchi ayollar halqaro konferensiyasida quyidagi qonuniy proekt qayta tasdiqlangan "Ayol va salomatlik", bunda reproduktiv salomatlik konsepsiyasi , huquq hamda jinsiy salomatlik masalalari kiritildi. Deklaratsiyada asosan, har bir ayol o’zining jinsiy salomatligini saqlashi kerak va bunga o’zi javobgarligini bilishi kerak, chunki bu ayolning insoniy huquqidir.
2) Reproduktiv salomatlik va huquq tushunchasi.
Reproduktiv salomatlik nafaqat reproduktiv davrida kasallik va patologiyalarni bo’lmasligi, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatni tahlilidir. Reproduktiv salomatlikka asosan, inson o’zi uchun xavfsiz va qoniqarli bo’lgan jinsiy aloqada bo’lishi va qachon, qancha bola tug’ishini o’zi hal qilishi kerak. Ayol konratseptiv usullarning samaradorligi haqida to’liq axborotga ega bo’lishi kerak va homiladorlikdan saqlanish usulini o’zi tanlashi huquqiga ega. Shu bilan bir qatorda, ayol behatar homiladorlik va tug’ruq huquqiga, sog’lom farzandlar ko’rishga va barcha xizmatlar bilan ta'minlanish huquqiga ega.
3) Ayol reproduktiv salomatligi va huquq masalalari.
Ayollarning reproduktiv salomatligi erkaklarnikiga nisbatan xavf ostida turadi, chunki homiladorlik va tug’ruq ayol organizmida ro’y beradi. Masalan, istalmagan homiladorlik tufayli qilinadigan abort yoki istalgan homiladorlikdan keyingi tug’ruqda kelib chiqishi mumkin bo’lgan asoratlar ayolning reproduktiv salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Yaponiyadan kelgan ma'lumotlarga ko’ra fertil yoshdagi ayollarning umumiy kasalliklari ichida 30%
- jinsiy a'zo kasalliklariga tashkil qiladi; erkaklarda esa - 12% (bu ayollarga nisbatan 1,3% to’g’ri keladi). Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar: ayollarda - 8,9 %, erkaklarda esa - 1,5 %. Ushbu ma'lumotlarga ko’ra ayollar erkaklarga nisbatan jinsiy havfga 3 baravar ko’p uchraydilar. Reproduktiv jarayonni kechishi hamda jinsiy a'zolarni tuzilishi va faoliyati orqali jinsiy farq namoyon bo’ladi. Ayollarning jinsiy a'zolaridagi kasalliklarning belgilari kamdan-kam holatlarda namoyon bo’ladi, ayollar o’z hohishlariga ko’ra profilaktik tekshiruvlardan o’tmaydilar, shu sababli kasallikni tashxislash qiyin kechadi. Har bir insonning individualligi reproduktiv salomatlik va seksuallik tushunchalariga ta'sir qiladi. (onalik mohiyati integratsiyasi). Onalikni salomatligini saqlash va yaxshilash ayolning reproduktiv salomatligiga bog’liq. Ayollar sog’ligini muhofaza qilishning bugungi masalalari: reproduktiv salomatlik va huquqni himoyalash va bunga bog’liq muammolarni aniqlash.



Download 215,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish