Iii guruxning d-elementlari



Download 18,76 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi18,76 Kb.
#293528
Bog'liq
III GURUXNING D


III GURUXNING D-ELEMENTLARI
1. Umumiy xarakteristika

2. Olinishi xossalari

3. Lantanoid va aktinoidlar

Uchinchi gruppaning d-elementlariga skandiy (Z=21), ittriy (Z=39), lantan (Z=57), aktiniy (Z=89) kiradi, lantanoid va aktinoidlar f-elementlardir.

Skandiy, ittiriy faqat birgina izotopdan iborat: 45Sc, 89Vt va ular tabiatdagi skandiy va ittiriyning 100% tashkil etadi. Lantanda 2 ta izotop bor; biri 139La (tabiiy lantanning 99.911%) va ikkinchisi 138La (u tabiatdagi lantanning atigi 0.089% ini tashkil etadi). Lantanning ikkinchi izotopi radioaktivdir. Aktiniyning birorta xam barqaror izotopi yo’q. Uning 10 ta radioaktiv izotopi bor. Ulardan eng barqarori 227Ac bo’lib, uning yarim yemirilish davri 21.6 kundir.
Skandiy, ittriy, lantan va aktiniylarning elektron konfigurasiyalari quyidagicha:

Sc(Z=21) KL 3s23p63d14s2

Y (Z=39) KLM 4s24p64d15s2

La(Z=57) KLM 4s24p64d105s25p65d16s2

As(Z=89) KLMN 5s25d106s26p66d17s2

Bu elementlarning kimyoviy bog’lanishda ishtirok etadigan valent elektronlari sirtqi qavat (d1s2) elektronlaridir; ularning maksimal valentligi +3ga teng. Skandiydan aktiniyga o’tganda elektron qavatlarining soni ortishi bilan elementlarning atom radiuslari bir oz kattalashadi; ionlanish potensiallarining qiymati kichiklashadi; masalan, skandiy, ittriy va lantanning J1, J2 va J3 lari quyidagicha qiymatga ega:

Skandiy uchun J1 - 6.54; J2 - 12.8; J3 -24.8 ev.

Ittriy uchun J1 - 6.38; J2 - 12.2; J3 -20.5 ev.

Lantan uchun J1 - 5.61; J2 - 11.4; J3 -19.2 ev.

945016227

Bu elementlarning xammasi juda tarqoq, tabiatda kam uchraydigan elementlardir.

Ular erkin xolda kumushsimon oq rangda bo’ladi. Solishtirma og’irligi Sc=4.26g/sm3, Y=5.866g/sm3, La=6.22g/sm3.

Bu elementlar erkin xolda xlorid yoki ftorid suyuqlanmalaridan elektrotermik yoki metallotermik usul bilan olinadi. Masalan, lantan suyuqlantirilgan LaCL3 ni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi:

2LaCL3 --> 2La3+ + 6CL-

2La3+ + 3e --> 2La

6CL- -6e --> 3CL2


Bu gruppacha elementlari havoda yuqori xaroratda yonib, M2O3 tarkibli oksid xosil qiladi.

2Sc + 3O2 --> Sc2O3

2Ac + 3O2 --> Ac2O3

2La + 3O2 --> La2O3


Skandiy suv ta'sirida passivlashadi, shu sababli suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Lantan odatdagi xaroratda suvni juda sekin parchalaydi.

2La + 6H2O = 2La(OH)3 + 3H2

2Y + 6H2O = 2Y(OH)3 + 3H2

2Ac + 6H2O = 2Ac(OH)3 + 3H2


Gidroksidlari suvda oz eriydi. Asos xossalari lantanga tomon ortib boradi, shuning uchun La(OH)3 kuchli asos.

Ular suyultirilgan kislota eritmalari bilan reaksiyaga kirishadi.

2Sc + 6HCL = 2ScCL3 + 3H2

8Sc + 30HNO3(suyo’l) = 8 Sc(NO3)3 + 3NH4NO3 + 9H2O


Qizdirilganda bu gruppacha elementlari metallmaslar bilan xam reaksiyaga kirishadi.

Masalan, lantan yuqori xaroratda azot bilan birikib, lantan nitridni xosil qiladi:

2La + H2 = 2LaH
Uglerod bilan esa lantan karbidni xosil qiladi.

La + 2C = LaC2

Bu gruppacha elementlari suyultirilganda metallar bilan qotishmalar (masalan, lantan alyuminiy bilan lantan-alyuminid -LaAL4 suyuqlanmasini) xosil qiladi. Skandiy, lantan, ittiriy bunday birikmalarida faqat uch valentli bo’ladi. Shuning uchun xam ularning xossalari bir-biriga juda o’xshaydi. Aktiniy xavfli radioaktiv "zaxar" element.


AKTINOIDLAR VA LANTANOIDLAR


Aktinoidlarning (ya'ni Z=90 dan Zq103 gacha bo’lgan 14 ta element) xech qaysinida bittadan xam barqaror izotop yo’q; aktinoidlarning xammasi radioaktiv elementlardir. Radioaktiv izotoplar soni xar qaysi aktinoidda xar xil. Masalan: toriyning atigi 1 ta izotopi bor; u xam bo’lsa 232Th (uning yarim yemirilish davri 1,391010 yil); uranda 3 ta 238U, 235U, 234U, bulardan eng barqarori 238U bo’lib, uning yemirilish davri 4,5109 yil. Aktinoidlardan ba'zilarining izotoplari yadro energiyasi xosil qilishda ishlatiladi.

Lantanoidlarning atomlarida 4f-pogonachalar elektronlar bilan to’lib boradi. Bu elementlar atomlarining tashqi qavatida 2 tadan s-elektron bo’ladi.

Aktinoidlarda erkin xolda birinchi yettita metall kumushsimon oq rangli metallardir. Odatdagi sharoitda toriy barqaror modda, uran esa asta sekinlik bilan oksidlanadi. Kislotalarda uran toriyga nisbatan oson eriydi. Ishqor eritmalari ikkala elementga xam ta'sir etmaydi. Yuqori xaroratda ikkala element xam galogenlar, kislorod va oltingugurt, xamda azot va uglerod bilan faol birikadi.

Lantanoidlardan samariy, yevropiy va ba'zi elementlar 3 valentliklardan tashqari 2 valentlikni xam namoyon qiladi.



Lantanoidlar atom texnikasida katta axamiyatga ega. Ba'zi lantanoidlar (samariy, gadoliniy, yevropiy)ning issiqlik neytronlarini qamrab olish kesma yuzlari katta bo’ladi. Shuning uchun yadro reaktorlarining sopoldan yasaladigan ximoya qoplamalari tarkibiga gadoliniy, samariy va yevropiy qo’shiladi.
Download 18,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish