Iii bo`lim. Organik kimyo. 1-Ma`ruza. Mavzu: Organik kimyo fani predmeti. Organik kimyoning asosiy qoidalari. Reja


Oqsillar, tuzilishi va fizik–kimyoviy xossalari



Download 420,5 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2017
Hajmi420,5 Kb.
#10737
1   2   3   4   5   6   7

4. Oqsillar, tuzilishi va fizik–kimyoviy xossalari.

Oqsillar––aminokislotalardan tuzilgan murakkab yuqori molekulyar tabiiy birikmalardir. Hozirgi tasavvurlarga ko`ra oqsillarda aminokislotalar bir-biri bilan peptid (amid) bog`lanishlar (NHCO) orqali bog`lanib, peptid zanjirlar hosil qiladi. Peptid bog`lanishlar bitta aminokislota karboksilining boshqa kislotaning aminoguruhi bilan o`zaro ta`sirlashishi natijasida hosil bo`ladi. Bunda ikkita aminokislotadan bir molekula suv ajralib chiqib, peptidlar hosil bo`ladi:

H2NCH2COOH + NH2CH(CH3)COOH 

glitsin alanin

H2NCH2CONHCH(CH3)COOH + H2O

dipeptid (glitsil–alanin)

Uchta aminokislotadan tripeptidlar, ko`p sonli aminokislotalardan–polipeptidlar hosil bo`ladi.

Rus biokimyogari A. Ya. Danilevskiy o`zining tajribalari asosida 1888 yilda oqsil molekulasida aminokislotalar qoldiqlari orasida peptid bog`lanishlar borligi haqidagi gipotezani birinchi bo`lib ilgari surdi. Keyinchalik XX asrning boshlarida nemis olimi E. Fisher peptid bog`lanish mavjudligini tajribada tasdiqladi. U 19 ta aminokislota qoldig`idan tarkib topgan polipeptidni sintez qilishga muvaffaq bo`ldi.

Oqsillar molekulalari tarkibiga kiradigan aminokislotalar qoldiqlarining soni turli-tuman bo`lishi mumkin. Ular insulinda–51 ta, mioglabinda–140 atrofida. Oqsillarning molekulyar massasi shuning uchun ham juda keng chegarada–20000 dan bir necha milliongacha o`zgarib turadi.

Organik kimyoda tadqiqotning tajribaga asoslangan yangi usullarining paydo bo`lishi va rivojlanishi oqsil strukturasini o`rganishda ancha yutuqlarga erishilishiga sabab bo`ldi. Hozirgi vaqtda oqsil molekulasining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalari aniqlangan va ular bir-biridan farq qiladi.

Oqsilning birlamchi strukturasi–uning kimyoviy strukturasi, ya`ni ushbu oqsilning polipeptid zanjirida aminokislotalar qoldiqlarining navbatlashib kelishidir.

Oqsilning ikkilamchi strukturasi–polipeptid zanjirning fazodagi shakli. Rentgen–struktura analizi va tekshirishning boshqa fizikaviy usullari yordaida tabiiy oqsillarning polipeptid zanjirlari buralgan holatda–spiral ko`rinishida bo`lishi aniqlangan. Spiral strukrura spiralning yonma-yon o`ramlaridagi aminokislotalar qoldiqlaridagi CO va NH guruhlar orasida vujudga keladigan vodorod bog`lanishlar bilan tutib turiladi. Bunday ikkilamchi struktura spiral deyiladi. Unda vodorod bog`lanishlar spiralning uzun o`qiga parallel yo`nalgan.

Oqsilning uchlamchi strukturasi–real uch o`lchamli konfiguratsiya bo`lib, polipeptid zanjirning buralgan spirali fazoda ana shunday shaklga kiradi. Bunday strukturada fazoda bo`rtib chiqqan va botiq joylari bo`lib, funksional guruhlari tashqariga qaragan bo`ladi. Oqsil molekulasining o`ziga xosligi, uning biologik faolligi uchlamchi struktura bilan tushuntiriladi.

Oqsillarda uchlamchi strukturani hosil qiluvchi va saqlab turadigan asosiy omillar aminokislotalar qoldiqlarining yonaki radikallari orasidagi bog`lanishlardir.

Oqsillarning juda turli-tuman xossalari ularning tuzilishi bilan izohlanadi. Ularning eruvchanligi turlicha: ba`zilari suvda eriydi, boshqalari-neytral tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Ayrimlari esa umuman erimaydi.

Kimyoviy tarkibi jihatdan oqsillar ikki guruhga bo`linadi; a) oddiy oqsillar–proteinlar, ular gidrolizlanganda faqat aminokislotalarga ajraladi; b) murakkab oqsillar–proteidlar, ular gidrolizlanganda aminokislotalar bilan oqsilmas tabiatli moddalar (uglevodlar, nuklein kislotalar va boshqalar) hosil qiladi; bular oqsil moddalar bilan oqsilmas moddalarning birikmalaridir.

Oqsillar tarkibida karboksil bilan aminoguruhi borligi sababli ular aminokislotalar kabi amfoter xossalarni namoyon qiladi. Masalan, ishqorlar ta`sir ettirilganda oqsil anion shaklida reaksiyaga kirishadi–ishqorning kationi bilan birikadi va albuminat tuzini hosil qiladi:

H2NCH COOH + NaOH  H2O + H2NCHCOONa

R R

Kislotalar ta`sir ettirilganda esa oqsil kation sifatida bo`ladi va sintonin hosil qiladi: H2NCHCOOH + HCl  [H3N+CHCOOH]Cl-



R R

Ayrim omillar ta`sirida oqsillarning ikkilamchi va uchlamchi strukturasi buziladi–oqsilning denaturatsiyasi sodir bo`ladi. Bunda ikkilamchi va uchlamchi strukturani hosil qiladigan vodorod bog`lanishlar uziladi, natijada oqsil molekulasi konfiguratsiyasi buziladi. Oqsillarning denaturatsiyasiga turli xil reagentlar va sharoitlar: kuchli kislota va ishqorlarning, etil spirtning, og`ir metallar tuzlarining ta`siri, radiatsiya, qizdirish, kuchli chayqalish va boshqalar sabab bo`ladi.



Takrorlash uchun savollar.

1. Nitrobirikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

2. Aminlar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

3. Anilin qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?

4. Anilin qanday olinadi?

5. Aminokislotalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

6. Amidlar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

7. Oqsillar deb qanday birikmalarga aytiladi?

8. Oqsilning necha xil strukturasi mavjud va ular qanday tuzilgan?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Nitrobirikmalar, nitrolash, Konovalov reaksiyasi, aminlar, anilin, Zinin reaksiyasi, aminokislotalar, kislotalarning amidlari, mochevina, oqsillar, peptidlar, peptid bog`lanish, oqsillarning birlamchi-, ikkilamchi-, uchlamchi strukturalari, proteinlar, proteidlar, oqsil denaturatsiyasi.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.


8-Ma`ruza.

Mavzu: Karbosiklik va geterosiklik birikmalar.

Reja.

1. Karbosiklik birikmalar.

2. Geterosiklik birikmalar.

Yangi darsning bayoni.

1. Karbosiklik birikmalar.

Karbosiklik birikmalarga uglerod atomlaridan tashkil topgan halqasimon (siklik) birikmalar kiradi va ular o`z navbatida ikkiga bo`linadi:

a) alisiklik birikmalar; b) aromatik birikmalar.



a) alisiklik birikmalar

Nomenklaturasi. Ratsional nomenklaturaga binoan to`yingan alisiklik uglevodorodlar polimetilenlar deb ataladi. Ular halqadagi metilen (CH2) guruhlarning soniga (tri, tetra, penta, geksa va hokazo) qarab nomlanadi, masalan, C3H6–siklopropan, C4H8–siklobutan, C5H10–siklopentan.

Agar halqada o`rinbosar bo`lsa, uning nomi asosiy halqa nomidan oldin aytiladi, masalan:

C5H10CH3 metilpentametilen, H3CC3H3CH3 , -dimetiltrimetilen,

CH3C3H4CH2CH3 metiletiltrimetilen



Sistematik nomenklaturaga ko`ra yon zanjiri yo`q to`yingan monosiklik uglevodorodlarning nomlari tegishli (shuncha C atomi bor) to`yingan tarmoqlanmagan zanjirli uglevodorod nomiga siklo– old qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi, masalan:

C3H6–siklopropan, C4H8–siklobutan, C5H10–siklopentan.

To`yingan monosiklik uglevodorodlar (yon zanjirining borligi yoki yo`qligidan qat`iy nazar) sikloalkanlar degan umumiy nom bilan yuritiladi.

Yon zanjiri yo`q to`yinmagan monosiklik uglevodorodlarning nomlari tegishli sikloalkan nomidagi –an qo`shimchani –en, -diyen, -in, -diin va hokazoga almashtirish bilan hosil qilinadi. Qo`shbog` va uchbog`larning holati iloji boricha eng kichik raqamlar bilan belgilanadi:

C6H10 siklogeksen, C5H6 1,3–siklopentadiyen, C10H14 1–siklodetsen–4–in.

b) aromatik birikmalar.

Aromatik birikmalar aromatik karbon kislotalar, aromatik aminlar, aromatik diazo– va azo– birikmalar, tutashmas benzol halqali ko`p yadroli aromatik birikmalar va tutash benzol halqali aromatik birikmalarga bo`linadi.



Nomenklaturasi. Karboksil guruhi benzol halqasi bilan bevosita bog`langan aromatik kislotalarning trivial nomlari odatda ko`p ishlatiladi:

C6H5COOH ClC6H4COOH CH3O C6H5COOH

benzoy kislota, xlorbenzoy kislota m–metoksibenzoy kislota

benzolkarbon kislota

Bunday kislotalarning sistematik nomlari esa alifatik karbon kislotalarning sistematik nomlaridan hosil qilinadi:

C6H5CH2COOH C6H5CH2CH2COOH

2–feniletan kislota 2–fenilpropan kislota

Odatda aromatik aminlarning trivial nomlari ishlatiladi, masalan:

C6H5NH2 C6H5NHCH3 CH3C6H5NH2

anilin n–metilanilin o–toluidin



Sistematik nomenklaturaga binoan aromatik aminlarning nomlari amino old qo`shimchasi va aromatik uglevodorod nomidan yoki radikallar nomiga amin so`zini qo`shish bilan hosil qilinadi, masalan:

C6H5NH2 C6H5CH2NH2 NH2C6H4NH2

aminobenzolfenilamin –aminotoluolbenzilamin 1,3–diaminobenzol

m–fenilendiamin



Sistemarik nomenklaturaga ko`ra [ArN2]+X- (X-=Cl-, Br-, HSO4-, BF4-) diazobirikmalarning nomlari aromatik birikma yoki uning radikali nomiga diazoniy qo`shimchasini va X- anionning nomini qo`shib hosil qilinadi:

[C6H5N2]+Cl-, [H3CC6H4N2]+Br-, [H3CC6H4N2]+BF4-,

fenildiazoniy xlorid n–tolildiazoniy bromid n–nitrofenildiazoniy borftorid

Ikki va undan ortiq benzol halqasi oddiy bog` bilan bog`langan ko`p yadroli arenlar molekulasidagi halqalar soniga qarab bi-, ter-, kvater-, kvinki va hokazo fenillar deyiladi:

C6H5C6H5 C6H5C6H5C6H5 C6H5C6H4C6H4C6H5

bifenil terfenil kvaterfenil

Di- va poliarilalkanlar arilalmashingan alkanlardek nomlanadi:

C6H5CH2C6H5 C6H5CH2CH2C6H5

difenilmetan 1,2–difeniletan

Di- va poliariletilenlar, diarilatsetilenlar arilalmashingan etilen va atsetilen hosilalaridek nomlanadi:

C6H5CH=CHC6H5 C6H5CCC6H5

1,2–difeniletilen difenilatsetilen



2. Geterosiklik birikmalar.

Geterosiklik birikmalarga molekulasida ugleroddan boshqa element (O, N, S va hokazo) atomlari ham bor halqasimon (siklik) birikmalar kiradi. Masalan: C4H4O furan, C4H4S tiofen, C5H5N piridin

Geterosiklik birikmalar sikldagi zvenolarning va geteroatomlarning soniga, geteroatomning tabiatiga va boshqa belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi. Geterosiklik birikmalar 3, 4, 5, va 6 a`zoli sikllardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. 5 va 6 a`zoli halqalardan tashkil topgan geterosiklik birikmalar keng tarqalgan. Geterosikllarda bir, ikki va bir necha geteroatom hosil bo`lishi mumkin. Ular ikki va bir necha sikllarni qo`shilishidan ham hosil bo`lishi mumkin.

Geterosiklik birikmalar tuzilishi va xossalari jihatidan karbosiklik birikmalardan farq qiladi. Geterosiklik birikmalar barqarorligi, ba`zilari o`zlarining xossalri jihatidan benzolga yaqin turadi, ya`ni aromatik xarakterga ega bo`ladilar.

Geterosiklik birikmalarning asosiy sinflari quyidagicha bo`lishi mumkin:

1. Besh a`zoli va bitta geteroatomli birikmalar,

C4H4O furan, C4H4S tiofen, C4H4NH pirrol

2. Besh a`zoli va ikkita geteroatomli birikmalar,

C3H3NO oksazol, C3H3NS tiazol, C3H3NNH imidazol

3. Olti a`zoli bitta geteroatomli birikmalar,

C5H6O piran, C5H6S tiopiran, C5H5N piridin

4. Olti a`zoli ikkita geteroatomli birikmalar,

OC4H4O dioksin, HNC4H4S tiazin, NC4H4N pirazin

5. Ikki halqali geterosiklik birikmalar,

C8H6NH indol, C9H7N xinolin, N3C5H3NH purin



Nomenklaturasi. Bir geteroatomli geterosiklik birikmalarni ratsional nomenklatura ko`ra nomlashda ham tegishli geterosikllarning trivial nomlari asos qilib olinadi. Yon zanjirda funksional guruhlar saqlangan birikmalarning nomi esa tegishli geterosiklik radikallarning nomidan foydalanib tuziladi. Besh a`zoli geterosiklik birikmalarda o`rinbosarlarning holati , 1, , 1 va olti a`zoli geterosiklik birikmalarda - , 1, , 1,  harflari bilan belgilanadi.

Sistematik nomenklaturasiga ko`ra nomlashda geterosiklning trivial nomi asos qilib olinadi. Halqadagi o`rinbosarlarning holati esa raqam bilan ko`rsatiladi.



Takrorlash uchun savollar.

1. Karbosiklik birikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

2. Karbosiklik birikmalar qanday turdagi birikmalarga bo`linadi?

3. Karbosiklik birikmalar ratsional va sistematik nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi?

4. Geterosiklik birikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

5. Geterosiklik birikmalar qanday turdagi birikmalarga bo`linadi?

6. Geterosiklik birikmalar ratsional va sistematik nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Karbosiklik birikmalar, aromatik karbon kislotalar, aromatik aminlar, diazo- va azo birikmalar, tutashmas benzol halqali aromatik birikmalar, tutash benzol halqali aromatik birikmalar, besh a`zoli va bir geteroatomli geterosikllar, besh a`zoli ikki geteroatomli geterosikllar, olti a`zoli bir geteroatomli geterosikllar, olti a`zoli ikki geteroatomli geterosikllar, ikki halqali geterosikllar.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.


9-Ma`ruza.

Mavzu: Tabiiy va sintetik yuqori molekulyar birikmalar.

Reja.

1. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha.

2. Polimerlarning olinishi va tuzilishi.

3. Yuqori molekulyar birikmalar plastmassa sifatida.

4. Yuqori molekulyar birikmalar tolalar sifatida.

5. Yuqori molekulyar birikmalar kauchuk sifatida.

Yangi darsning bayoni.

1. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha.

Yuqori molekulyar birikmalar (YuMB) kelib chiqishi bo`yicha uchga bo`linadi: 1) tabiiy, 2) sintetik, 3) sun`iy.

Tabiiy YuMB larga o`simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan sellyuloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislotalar, lignin, tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi.

Sun`iy YuMB lar tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi. Masalan, viskoza va atsetat tolalari–sellyulozani qayta ishlash, rezina esa tabiiy kauchukni polimerlash mahsulidir.

Sintetik YuMB larga sintetik plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YuMB lar tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan, polimerlash va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi.

YuMB lar ko`pincha polimerlar (grekcha «poli»-ko`p, «meros»-qism ma`noga ega) ham deb ataladi. Bir necha ming molekulalari o`zaro birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deyiladi. Masalan, quyidagi reaksiyada:

nCH2=CH2  (CH2CH2)n

etilen–monomer polietilen–polimer

Polimer molekulalari makromolekula ham deb ataladi. Makromolekulada ko`p marta takrorlanadigan atomlar guruhi CH2CH2struktura birliklari deyiladi. Polimer molekulasidagi n–soni monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko`rsatadigan son bo`lib, polimerlanish darajasi deyiladi.

YuMB lar tuzilishi va xossalari jihatidan juda turli–tumandir. Lekin shu bilan bir qatorda polimer moddalarining o`ziga xos xususiyatlari ham bor. YuMB larning molekulyar og`irliklari juda katta bo`lib, bir necha mingdan bir necha milliongacha bo`ladi. Odatda YuMB lar molekulyar massasi turlicha bo`lgan makromolekulalarning aralashmasidan tashkil topgan bo`ladi.

2. Polimerlarning olinishi va tuzilishi.

Sintetik polimerlar ikki usulda polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari orqali sintez qilinadi.



Polimerlanish reaksiyasi–quyi molekulyar moddalar–monomerlarning o`zaro birikib YuMB hosil qilish reaksiyasidir. Polimerlanish molekulalararo birikish reaksiyasi bo`lib, bunda polimerdan boshqa qo`shimcha mahsulot hosil bo`lmaydi.

Polimerlanish monomer tarkibidagi qo`shbog`ning uzilishi yoki halqaning ochilishi hisobiga yuqori harorat, bosim, yo`rug`lik, katalizator ta`sirida sodir bo`ladi. Polimerlanish reaksiyasining mexanizmi monomerning tabiatiga qarab zanjirli va bosqichli bo`ladi. Bosqichli polimerlanish sekin, zanjirli polimerlanish esa unga nisbatan tez ketadi. Zanjirli polimerlanish o`z navbatida radikal va ionli mexanizmda boradi.

Radikal polimerlanish mexanizmi:

RCOOOCOR  RI + RCOO- + CO2

RI + CH2 :: CH2  R : CH2 : CH2

RCH2CH2 + CH2=CH2  RCH2CH2CH2CH2

 R(CH2CH2)n makromolekula

Ionli polimerlanish mexanizmi:

1. Faol markazning hosil bo`lishi: CH3

BF3 + H2O  H+ + -BF3OH ; CH2=C(CH3)CH3 + H+  CH3C+

2. Zanjirning o`sishi: CH3

CH3 CH3 CH3 CH3

CH3C+ + CH2=CCH3  CH3CCH2C+ + nCH2=C 

CH3 CH3 CH3 CH3 CH3

CH3 CH3 CH3

 CH3  C  CH2  C  CH2  C+

CH3 CH3 CH3

Sopolimerlanish. Ikki yoki undan monomerlarning birgalikda polimerlanish reaksiyasi sopolimerlanish reaksiyasi deb, hosil bo`lgan polimerga esa sopolimer deb ataladi. Bunday reaksiyalar natijasida o`ziga xos yangi sifatli sopolimerlarni sintez qilish mumkin. Ajoyib xossalarga ega butadiyen–stirol, butadiyen–nitril kauchuklar va sintetik tolalar olishda sopolimerlanish reaksiyalaridan foydalaniladi.

Polikondensatlanish reaksiyalari. Ko`pchilik sintetik YuMB lar polikondensatlanish reaksiyalari asosida hosil qilinadi. Bu reaksiyalarda asosiy mahsulot YuMB hosil bo`lishi bilan bir qatorda ikkilamchi mahsulotlar (suv, HCl, NH3, spirt kabilar) ajralib chiqadi. Shuning uchun ham polikondensatlanish reaksiyasi orqali olinadigan YuMB larning molekulyar og`irliklari dastlabki olingan monomerlarning molekulyar g`iyindisidan kichik bo`ladi. Polimerlar makromolekulalarining tuzilishiga ko`ra chiziqsimon, tarmoqlangan va fazoviy tuzilishga ega bo`lgan polimerlarga bo`linadi.

Chiziqli polimerlar makromolekulalaridan har bir struktura birligi (A) faqat ikkita qo`shni birlik bilan bog`lanib tarmoqlanmagan to`g`ri zanjir hosil qiladi  AAAAA 

Tarmoqlangan polimerlarning asosiy zanjirida ba`zi bir struktura birliklar uchta qo`shni birlik bilan bog`lanib yon zanjir hosil qiladi.

 AAAAAAAAAA 

A A

Bunday polimerlarning termoplastligi oshadi, mexanik mustahkamligi kamayadi. Yon tarmoqlar qancha uzun bo`lsa, polimer shuncha past haroratda yumshaydi, yaxshi eriydi, yumshoq va plastik bo`ladi.



Fazoviy tuzilishli polimerlarda uzun chiziqsimon makromolekulalarning zanjirlari bir–biri bilan ko`p kimyoviy bog`lar orqali bog`langan («tikilgan») bo`ladi:  AAAAAAAAAA 

A A


 AAAAAAAAAA 

A A


Bunday polimerlar hech qanday erituvchida erimaydi, qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanmaydi, qattiq va mo`rt bo`ladi. Kauchukni vulkanlash orqali olinadigan rezina, fenol–formaldegid smolalar fazoviy tuzilishli polimerlarga misol bo`ladi.

3. Yuqori molekulyar birikmalar plastmassa sifatida.

Plastmassalar (plastik massalar) deb tarkibi asosan polimer moddalardan iborat bo`lgan materiallarga aytiladi. Kimyo sanoatida quyidagi plastmassalar ishlab chiqariladi hamda xalq xo`jaligining turli sohalarida keng ko`lamda foydalaniladi.



Polietilen (CH2CH2)n turli apparatlarning detallari, vodoprovod quvurlari, turli plyonkalar (issiqxonalar uchun plyonkalar) uy–ro`zg`or buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.

Polipropilen (CH2CH(CH3))n turli apparatlarning detallari, yupqa plyonkalar, arqon, quvur, yuqori darajadagi izolyatsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi.

Polivinil xlorid (CH2CH(Cl))n sun`iy charm, plash, kleyonka, quvurlar ishlab chiqarishda, elektr simlar uchun izolyatsion materiallar sifatida ishlatiladi.

Polistirol (CH(C6H5)CH2)n elektr–izolyatsion materiallar, kislotaga chidamli quvurlar, turli uy–ro`zg`or buyumlari, penoplastlar (yengil quvur materiallar) tayyorlashda ishlatiladi.

Download 420,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish