6.6. Aromatik karbon kislotalar Aromatik karbon kislotalarning tuzilishida aromatik halqa bilan birga bir necha karboksil guruhi mavjud bo’ladi. Karboksil guruhi benzol halqasi bilan bevosita bog’langan yoki yon zanjirda bo’lishi mumkin. Karboksil guruhi yon zanjirda joylashgan kislotalar alkil – aromatik karbon kislotalar deb qaraladi.
A
romatik kislotalar karboksil guruhining soniga qarab bir va ko’p asosli kislotalarga bo’linadilar. Agar karboksil guruhi aromatik halqa bilan bevosita bog’langan bo’lsa ularning nomi aromatik uglevodorod nomidan hosil qilinadi, agar karboksil guruhi yon zanjirda joylashgan bo’lsa, bunday kislotalarning nomi tegishli yog’ qator kislotasining nomidan olinadi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |