Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar



Download 366,08 Kb.
bet9/23
Sana02.02.2023
Hajmi366,08 Kb.
#907177
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
diplom

7 - §. Statsionar (doimiy) tomlar
101. Mazkur bo‘limda statsionar (turg‘un) tomlar konstruksiyalariga bo‘lgan talablar bayon etiladi.
Konstruksiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) konussimon qobiq to‘shama hisobiga konussimon o‘zini o‘zi ushlab turadigan tom;
b) karkas va to‘shama elementlaridan iborat karkasli konussimon tom;
v) yuzasi sferik shaklga o‘xshash va karkasning egilgan elementlari va to‘shamaning yirik elementlaridan tuzilgan gumbazli tom.
Mazkur Qoidalarning umumiy talablarini bajarish sharti bilan boshqa konstruksiyadagi tomlarni ham qo‘llash mumkin.
102. Barcha tomlar, perimetri bo‘ylab, mustahkamlovchi halqa elementlaridan foydalanib, rezervuar devoriga tayanib turadi. Halqa hosil qiladigan burchakning minimal miqdori 63 x 5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
103. Elementlarning minimal nominal qalinligi 4 mm deb qabul qilinadi. Ishlatish sharoitlari ishlash muddati va korroziya tezligini hisobga olib korroziya uchun qo‘shimcha qalinlik olish mumkin.
104. Tomning barcha elementlari va uzellarini loyihalashda, ularda ro‘y beradigan maksimal kuchlanish darajasi hisob-kitobdagi miqdordan ziyod bo‘lmasligi kerak (korroziyaga nisbatan qo‘yimni hisobga olmay).
105. O‘zini-o‘zi ushlab turadigan konussimon tomlar uchun tavsiya etiladigan geometrik parametrlar: tomni tashkil etuvchi elementlarning gorizontal tekislikka nisbatan qiyaligi maksimal 30°, minimali esa 15o bo‘lishi lozim.
106. Konussimon tom tasma (polotna)sining hisob-kitob qilingan minimal qalinligi (tk), mustahkamligi shartiga ko‘ra, korroziyaga nisbatan qo‘yimsiz quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(22) bunda:
R — hisoblangan zo‘riqish (nagruzka), kgf/cm2;
R= 1,05 gm + 0,95x 1,2 gu + 0,9x 1,6s + 0,95x 1,2 Rvak, (23) bu yerda,
gm — 1 m2 tom varag‘i (listi) ning massasi, kg;
gu — 1 m2 issiqlik saqlovchi o‘ramaning massasi, kg;
s — qordan zo‘riqishning to‘liq normativ miqdori, kg;
vak — rezervuar tomi ostidagi hosil bo‘lgan nisbiy siyraklanish miqdori (vakuum), kgf/sm2;
E — po‘latning egiluvchanlik moduli, kg/sm2;
θ —tom bilan gorizontal tekislik o‘rtasidagi burchak, gradus.
Mazkur formulani θ<30° va r/(tksinθ) > 274 sharti bajarilgandagina qo‘llash mumkin va uni tk uchun birinchi yaqinligi aniqlangandan (hisob-kitob qilingandan) keyin tekshirib ko‘rish lozim. R — o‘z navbatida tk ning oldindan noma’lum bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganligi uchun hisob-kitob paytida bir nechta ketma-ket yaqinlashuv talab qilinib, boshlang‘ich yaqinlashuv uchun minimal nominal qalinlik (104-punkt) ni qabul qilish mumkin.
107. Tomning qoplamasini rulonli tasmalar (bitta yoki bir necha qismdan iborat) yoki varaqli tunukalardan montaj qilish usuli bilan yasalishi mumkin.
108. Tomni devorning tepasiga mahkamlash (ulash) uzelini 3.7 - rasmda ko‘rsatilgan variantlardan biriga o‘xshatib biriktirish mumkin. Mazkur uzel halqali cho‘zilish kuchlanishi (Nk) gorizontga nisbatan quyidagi formulada hisoblangan burchak θ ostida bo‘lishi kerak.
(24) bunda:
R — 106-punktdagi formula orqali hisoblangan yuklama (zo‘riqish).
109. Ortiqcha ichki bosimda ishlayotgan rezervuarlar tomini devor tepasiga mahkamlash uzeli halqani siquvchi kuchlanishga hisoblanadi:
(25) bunda:
R — maksimal ortiqcha bosim, kgf/sm2 ;
gmin — tom vaznidan tushadigan minimal vertikal yuklanish, gmin= 0,9 (gm +gu).
Uzel pogon (uzunlik) kuchlanishi (Nk) ning mustahkamligiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
110. 3.7-rasmda uzelning ko‘ndalang kesimi shtrixlab belgilab qo‘yilgan. Undan Nk - kuchlanishning qabul qilish uchun foydalanish mumkin. Hisob-kitob qilingan maydon quyidagi formula bilan aniqlanadigan Ik kenglikdagi tomning uchastkasidan iborat:
(26)
rezervuar devori uchastkasining kengligi - ls
(27)
va elementlarning mustahkamlovchi uzellarini hisobga olish zarur.

111. Gorizontal yuzaga nisbatan tomning qiyalik burchagi ≈ 6° (nishablik 1:10) dan ≈ 9,5° (nishablik 1:6) gacha deb qabul qilinadi.
112. Karkasli konussimon tomlarning quyidagi ikkita turini qo‘llash tavsiya etiladi:
a) karkas elementlari bilan qoplama o‘zaro ulanishidan iborat yig‘ma shchitlar;
b) asosiy elementlarga payvandlanmagan taglikli tomlar.
Shchitlar va tom stropillari rezervuar devorlari va markaziy halqaga mahkamlanadi.
113. Tomning shchitlari yoki taglik tasmalar o‘zaro bir-birining ustiga chiqarib, yuqoridan uzluksiz burchakli chok yasab payvandlanadi. Tajovuzkor mahsulotlar saqlanadigan rezervuarlardagi tom qoplamasi varaq (tasma) larini karkasga ham ustidan, ham tagidan uzluksiz burchakli chok bilan payvandlanadi.
114. Tomning tagligi devorning yuqorisiga eng minimal o‘lcham (63 x 5 mm) li halqali burchak orqali mahkamlanadi.
115. O‘zini-o‘zi ushlab turadigan gumbazli (sharsimon) tomlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) sferik yuzaning minimal radiusi 0,8 D bo‘lishi;
b) maksimal radiusi — 1,5 D bo‘lishi (D — rezervuar diametri);
v) qoplamasining minimal qalinligi - 5 mm.
116. Gumbaz karkasli tomlar shchitlar tarzida yoki karkas elementlari va qoplash varaqlaridan yasalishi mumkin.
117. Konussimon va gumbazli tomlar uchun rezervuar tomlariga karkas va uzellarni mahkamlash, 106-punktda aniqlangan R hisoblab chiqilgan yuklama (nagruzka) ta’siriga dosh beraoladigan mustahkamlikka va 109-punktda aniqlangan Ri — gmin yuklamadan turg‘unligiga (ortiqcha bosimda ishlayotgan rezervuarlar uchun) hisoblab chiqiladi.

Download 366,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish