Iii. Bob. O`zbekiston soliq tizimini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari


Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini samarali boshqarishning asosiy yo’llari



Download 34,54 Kb.
bet2/2
Sana24.04.2022
Hajmi34,54 Kb.
#578544
1   2
Bog'liq
III bob bahrom

3.2. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini samarali boshqarishning asosiy yo’llari.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uni tarkibiy qayta qurish, islohotlar samarasini oshirish borasida bir qator izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar asosiy yo’nalishlari sifatida soliq tizimini shakllantirish va takomillashtirish bilan bog’iq bo’lib, bundan asosiy maqsad xo’jalik yurituvchi subyektlar va davlat budjeti o’rtasida majburiy to’lovlar bilan iqtisodiy munosabatlarga o’zaro erishishdan iborat. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish ushbu sohada erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda mustaqil soliq siyosati ishlab chiqilib, uning taktika va strategiyasi aniqlangan holda izchil takomillashtirilib borilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan milliy soliq siyosatining ustuvor yo’nalishlari belgilab berildiki, uning asosiy maqsadi soliq to’lovchilar va davlat budjeti manfaatlari o’rtasida o’zaro uyg’unlikni ta’minlashga qaratilgan.
Bunday uyg.unlikni ta’minlashning eng muhim vositalaridan biri soliq yukini optimal belgilash va shu tariqa davlat budjetini kerakli miqdorda moliyaviy resurslar bilan ta’minlagan holda soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq majburiyatlari ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir etmasligiga erishishdan iborat. So’nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining zimmasidagi soliq yuki kamayib, uning oqibatida iqtisodiy o’sishga erishilmoqda. Bu borada Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “«Aytish kerakki, unday iqtisodiy o’sish, ko’p jihatdan, iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq”.
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo’lini tanlaganidan so’ng, oldimizda mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, boshqa bozor iqtisodiyotiga o’tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalaridan kelib chiqqan holda mohiyatan yangi soliq tizimini vujudga keltirish vazafasi turar edi. Bu borada, O’bekiston Respublikasi Prezidenti belgilangan soliq yukini kamaytirish, soliq ma’murchiligining samaradorligini oshirish borasidagi dastlabki talablar 2019-2020 yilning soliq-byudjet siyosatida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 29 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” gi PQ-3954-sonli qaror va “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 454 - sonli Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan 3 ta qonunlarga, jumladan Soliq kodeksining 47 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i birlashtirilib, soliq stavkasi 15.5 foiz o‘rniga 14 foiz qilib belgilandi. (O‘tgan yili foyda solig‘i stavkasi 7.5 foiz, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i stavkasi 8 foiz, jami 15,5 foizni tashkil qilgan.) Frantsiya iqtisodiy-moliyaviy salohiyati yuksalishiga ulkan hissa qo’shgan frantsuz siyosatchisi Jan-Baptiste Kolbert o’z mamlakatining soliq siyosati haqida bir vaqtlar shunday degan edi: «Soliqqa tortish san’atini tirik g’ozning patlarini yulishga o’xshatish mumkin.
Bu ishni shunday bajarish kerakki, g’oz imkon qadar og’riq sezmasin»16. Bu qiyoslash qo’polroq tuyulsa-da, uning zamirida soliq siyosatiga oid muhim haqiqat mavjud. Ya’ni, coliq siyosati shunday bo’lishi lozimki, undan soliq to’lovchi xam, davlat byudjeti ham jabr ko’rmasin. Soliqqa tortishga oid qonunchilikning adolatli, barqaror va bardavom bo’lishiga xizmat qiluvchi shunday bir tamoyil mavjud. U ham bo’lsa, soliq to’lovchilarning tengligi printsipidir. Uning mazmun-mohiyati g’oyat oddiy: soliq undirishda barcha fuqarolarga nisbatan teng va bir xil munosabatda bo’lish. Lekin barcha ma’qullaydigan ana shu jo’ngina qoidani soliq amaliyotiga tatbiq qilish eng murakkab vazifalardan biri bo’lib qolayotir. O’zbekistonda soliqchilik sohasi ham tubdan isloh qilinish arafasida. Shunday paytda tegishli tartib-taomillarga tanqidiy-tahliliy nigoh tashlash, ayrim muammolar kelib chiqishi sabablarini o’rganish, ularga echim izlash maqsadga muvofiq. Nazarimizda, mazkur sohada hal qilinishi zarur ikki jiddiy muammo bor.
• Birinchisi — daromadi teng bo’lgan shaxslarning soliq qonunchiligiga ko’ra turlicha miqdorda soliq to’layotgani bo’lsa;
• Ikkinchisi — daromadi turlicha bo’lgan shaxslarning bir xil miqdorda soliq to’layotganidir. Quyida ana shu masalalar va ularning echimi bo’yicha atroflicha mushohada yuritishga harakat qiladigan bo’lsak, Soliq sohasida tenglik ta’minlanishining o’ziga xos ikki mezoni mavjud: gorizontal tenglik va vertikal tenglik. Gorizontal tenglik bir xil daromad topayotgan shaxslar bir xil miqdorda soliq to’lashi zarurligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ikki shaxsning muayyan davr mobaynida topgan daromadlari bir xil bo’lsa va bu daromadlarni turlicha soliqqa tortish uchun asoslar bo’lmasa, bu mablag’lar qaysi manbalar hisobiga topilishidan qat’i nazar, ulardan yagona miqdordagi soliq undirilishi kerak. Vertikal tenglik tamoyilida jismoniy shaxsning daromadi ko’paygani sari uning to’lov qobiliyati ham shuncha oshib borishi, binobarin, uning jamiyat oldidagi moliyaviy mas’uliyati ham mutanosib ravishda kuchayishi o’z ifodasini topgan. Shu o’rinda aytish kerakki, hozirda juda ko’p davlatlar, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar o’z iqtisodiyotini bozor tizimi asosida boshqarib kelmoqda. Uning rejali iqtisodiyotga nisbatan talaygina afzal jihatlari bor:
raqobat;
samaradorlik;
talab va taklif mutanosibligi;
iqtisodiy o’sishning izchilligi;
Biroq bozor iqtisodiyotining salbiy tomonlari ham mavjud va uning eng asosiysi, bu kapitalning sekin-asta aholining kichik bir qismi qo’lida to’planishi, jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikning yuzaga kelishidir. Aksariyat rivojlangan davlatlar mazkur muammo keskinligini soliq siyosati vositasida yumshatishga — o’sib boruvchi stavkalar asosida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishga harakat qilishadi. Bunda fuqaro yillik daromadining dastlabki qismi past stavkada soliqqa tortiladi yoki u soliqdan butkul ozod qilinadi. Chunonchi, 2018 yilda daromadlarning soliqdan ozod qilingan ulushi Kanadada 11809 dollar, Germaniyada 8820 evro, Buyuk Britaniyada esa 5000 funt sterlingni tashkil qildi. Aholining muhtoj toifalari o’rta qatlam darajasiga ko’tarilib olishi uchun shunday yo’l tutiladi mazkur davlatlarda. Ayni paytda shaxsning daromadi oshib borgani sayin o’rtacha soliq miqdori ham shunga mos ravishda ko’payib boraveradi. Kanadada jismoniy shaxslarning daromadlari miqdoridan kelib chiqilgan holda 0 dan 33 foizgacha, Germaniyada 14 dan 45 foizgacha, AQShda 10 dan 37 foizgacha, Xitoyda 3 foizdan 45 foizgacha, Janubiy Koreyada 6 dan 40 foizgacha, Turkiyada 15 dan 35 foizgacha o’sib boruvchi shkala stavkalari asosida soliqqa tortiladi. Soliq qonunchiligi jismoniy shaxslar daromad turlarining barchasiga nisbatan imkon qadar neytral va teng munosabatda bo’lishi zarur.
Birinchidan, soliqqa oid tartib-taomillarning muayyan iqtisodiy faoliyat turini asossiz rag’batlantirmasligiga yoki aksincha, jazolamasligiga erishiladi. Fuqaro daromadlarini soliq omili emas, uning iqtidor va layoqatlari, bozordagi talab hamda taklif va boshqalar belgilay boshlaydi.
Ikkinchidan, soliq to’lovchilarning tegishli qonun hujjatlariga itoatkorligi, hurmati oshadi.
Uchinchidan, byudjetga jismoniy shaxslardan tushadigan soliq tushumlari ko’payadi.
Umuman olganda, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018 yilda ham soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechilishi, barcha biznes toifalari uchun soliqqa tortishni soddalashtirish va soliq yukini kamaytirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish zarurligi ta’kidlangan.
Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda soliq mexanizmi elementlaridan keng ko’lamda foydalaniladi. Ulardan keng qo‘llaniladigan va samarali choralari sifatida soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini o‘zgartirish kabilarni alohida qayd etib o‘tish lozim. 2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar kamaytiriladi. Yuridik shaxslarning soliq majburiyatlari tovarlarni (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmidan davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalarni bekor qilish hisobiga kamaytiriladi. Korxonaning rentabelligi 15 % bo’lganda, 3.2 % miqdoridagi oborotdan undiriladi- gan ajratmalari miqdori 21 foizlik foyda solig’i stavkasi teng edi. Soliq islohoti soliq to’lovchilarning ixtiyorida qoladigan daromadlari ulushini oshiradi. Ushbu ta’sir doirada, Ularning tovarlar va xizmatlarga, xususiy investitsiyalar hajmiga bo’lgan talablari oshadi hamda iqtisodiyotining o’sish sur’atlarini jadallashtirishga ko’maklashadi. Xususan, 2019-yil 1-yanvardan:
tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni toʻliq bekor qilish natijasida korxonalarda qoʻshimcha 5,2 trillion soʻm daromad qoladi;
jismoniy shaxslar uchun daromad soligʻining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 46 foizgacha kamaytirildi;
yagona ijtimoiy toʻlovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirildi;
fuqarolarning 8 foizlik sugʻurta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshdi;
yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi 5 foiz 2 foizga o’zgartirildi;
foyda soligʻi 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes subyektlari yagona soligʻi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoladi; Umuman olganda, mavjud 19 ta soliq va majburiy toʻlovlar turi 15 tagacha kamaytiriladi. Bunday yengilliklar natijasida byudjet tushumlarini taʼminlash biroz qiyinlashadi. Shu bois, byudjet defitsitini qisqartirish, daromadlarni koʻpaytirish, jumladan, ishchilar soni va ish haqini legallashtirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish masalasi ko’ndalang mavzu hisoblanadi.
Bu borada, 2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasida 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ko’zda tutilgan soliq va byudjet siyosati islohotlarning asosiy yo’nalishlari aks ettirilgan. 2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlar qismi 2018 yil iyun oyida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish Kontseptsiyasining asosiy yo’nalishlariga muvofiq shakllantirilgan: Soliq islohotlarining asosiy maqsadi iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish; Soliqqa tortish tizimini soddalashtirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish. Keyingi ikki yilda valyuta bozorini liberallashtirish, narxlar shakllantirishning bozor mexanizmiga o’tish, iqtisodiyotda, xususan qishloq xo’jaligida to’lov intizomini yaxshilash bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar soliq yukini kamaytirish bilan bir qatorda Davlat byudjeti daromadlarini sezilarli darajada oshishini ta’minladi. Umuman olganda, 2019 yil davlat byudjetining xarajat qismi ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolmoqda. Xarajatlarning to’rtdan bir qismi: bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktab ta’limini yaxshilash va 47 oliy ta’limni rivojlantirishga yo’naltiriladi. Shuningdek, axoliga tibbiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash uchun zarur mablag’lar nazarda tutilgan. Fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirishga, ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishni joriy etishga ajratilgan mablag’lar xajmi qariyb ikki barobarga oshirilmoqda.
Byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning to’lov qobiliyatini saqlab qolish maqsadida, kelgusi yilda ham ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorlarini inflyatsiya darajasida oshirib borish siyosati davom ettiriladi. 2019 yildan boshlab Davlat byudjeti loyihasi kelayotgan yil uchun byudjet parametrlari hamda kelgusi ikki 2020-2021 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjet mo’ljallarini o’z ichiga oladi. (2.2.2-rasmga qarang) 2019-2021 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli makroiqtisoiy ko’rsatkichlar iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning o’rta muddatli prognozidan, demografik o’zgarishlardan, jahon bozorida strategik tovarlar narxlari o’zgarishidan, tashqi va ichki investitsiyalar hajmidan, asosiy savdo hamkorlarining iqtisodiyoti rivojlanishidan va boshqa omillardan kelib chiqib shakllantirilgan. Diagrammalardan ko’rinib turibdiki iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda daromadlarning o’sishini kuzatish mumkin.
Bu borada YaIM prognozi 3-4 yildan keyin o’sish sur’ati 6.8-7.1 foiz atrofida bo’lishi kutilmoqda. (2.2.2-diagrammaga qarang) Ushbu ko’rsatkich mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi soliq siyosati konsepsiyasining to’g’ri bajarilishi bilan bo’g’liq. O’rta muddatli byudjet ko’rsatkichlari ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish prognozlaridan, soliq islohoti amalga oshirish davrida davlat xarajatlarining o’sishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, tashqi qarzning cheklangan miqdorini belgilash qoidalari asosida tuzilgan. 2019 yilgi Davlat byudjeti taqchillik bilan rejalashtirilgan bo’lib, bu davlatning rejalashtirilgan xarajatlari kutilayotgan daromadlaridan oshishini anglatadi. Yetishmayotgan daromadlar respublika byudjetining yil boshidagi bo’sh turgan qoldiq mablag’lari, xalqaro moliya institutlarining tashqi qarzlari, ichki g’aznachilik obligatsiyalari chiqarish va inflyatsiyaga olib kelmaydigan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi. Ushbu diagrammada davlat budjetining kelajakda ishonchli profisitni ta’minlashini ko’rsatib turibdi. Umuman olganda budjet prognozida daromad va xarajatlar o’rtasidagi farq sezilarli darajada kamayib borishini bildirib turibdi. Byudjet tizimi byudjetlarining barcha tushumlari va xarajatlari hisobini yuritish maqsadida konsolidatsiyalashgan byudjet tuziladi. O’zbekiston Respublikasining Konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibida Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rish mumkin.
Konsalidasiyalashgan budjet kiyingi moliyaviy yillarda musbat budjet holatiga o’tish imkoniyati borligidan dalolat beradi. (2.2.5-diagrammaga qarang) O’zbekiston Respublikasi Soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasida belgilangan maqsadlarga erishish quyidagi rasmda ko'rsatilgan. (2.2.4-rasmga qarang) Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi. Shu bilan birga, o’rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o’sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar yig’iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni bartaraf etish ko’ndalang masala bo’lib qoladi.
Download 34,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish