Iii bob. Kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil etish


 Kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishning



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#494052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-mavzu(2)

3.2. Kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishning
o‘ziga xos xususiyatlari
3.2.1. Biznesni tashkil qilishning asosiy bosqichlari
Yetakchi iqtisodchi olimlarimizning fikricha kichik korxonalar tarmoqlarini 
tashkil qilmay turib tovar-pul munosabatlarini va 
bozor 
iqtisodiyotini 
rivojlantirib bo‘lmaydi. Jahon tajribalari tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi 
zamon bosqichi uchun xos bo‘lgan yangi yo‘nalish (tendensiya) - bu yirik 
korxonalardan chetlashish va 
kichik 
firmalarni 
ko‘paytirish zarurligini 
tasdiqlaydi. “Kichik - juda soz” - AQShda 70-yillarda ana shunday shior olg‘a su- 
rilgan edi. Amerikalak olimlar P.Piters va R.Uoltmening ta’kidlashicha bir 
korxonada 500 kishidan ortiq ishlovchilarning 
bo‘lishi jiddiy va kutilmagan 
muammolarni keltirib chiqaradi.
Kichik korxonalarni jadal rivojlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ishlab 
chiqarishni tanho hukmronlikdan xalos qilish, raqobatni kuchaytirish, yangi ishchi 
o‘rinlarini barpo etish, xalq xo‘jaligi tuzilmasini yangitdan qurish, tovarlar ishlab 
chiqarishni va ko‘rsatiladigan xizmatlarni ko‘paytirish, respublika iste’mol bo-
51


zorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirish uchun shart- 
sharoitlar yaratishga qaratilgandir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, siz kichik korxona ochishni 
xohlayapsiz-u, lekin uni qanday tashkil qilish to‘g‘risida ma’lumotlarga ega 
bo‘lmasangiz, biznesni tashkil qilishda nimalarni va qanday ketma-ketlikda ba- 
jarish lozimligi to‘g‘risida fikr yuritamiz.
Kichik korxonalarni tashkil etishni shartli besh bosqichga ajratib olamiz va u 
quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Tadbirkor bo‘lish qarorini shakllantirish va tadbirkorlik, tijorat g‘oyalarini 
tanlash, ularni amalga oshirish konsepsiyalarini ishlab chiqish.
2. Ta’sis hujjatlarini rasmiylashtirish va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat olish.
3. Korxona loyihasini ishlab chiqish.
4. “Ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasini amalga oshirish va uni ishga tu- 
shirishga tayyorlash.
5. Ishlab chiqarishni boshlash, tovarlar va xizmatlar yaratish va sotish.
Tadbirkor shaxsiga xos va u bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan iqtisodiy va 
huquqiy muhit, korxona tavsifi (xarakteri) kabi barcha xususiyatlarga har bir 
bosqichni muvaffaqiyatli tugallash va keyingisiga o‘tish uchun mustahkam asos 
yaratish muhim ahamiyatga ega.
Birinchi bosqichda
kelgusi ishning asosiy negizini tashkil qiluvchi taxminiy 
fikr-mulohazalarni shakllantirish, bir to‘xtamga kelish ko‘zda tutiladi. Tadbirkor 
g‘oyalarini va bo‘lajak firma faoliyati yo‘nalishini aniqlaydi, bozor talablari va 
imkoniyatlarini tahlil qiladi, chetdan jalb qilinishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni 
aniqlaydi, potensial sheriklar, ta’minlovchilar, investorlar bilan muzokaralar olib 
boradi. Bu bosqichda eng ko‘p uchraydigan tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- qulay g‘oyalarni izlash;
- shaxsiy g‘oyalarni oydinlashtirish va tahlil qilish;
- bozor imkoniyatlarini va potensial iste’molchilar talablarini baholash (mar­
keting tadqiqotlari);
- chetdan yordamga yoki uning boshqa turlariga ehtiyoj (zarurat)ni aniqlash;
- mahsulotning tajriba nusxasini tayyorlash;
- ixtiroga oid izlanishlar va patent olish uchun ariza berish;
- bozorda o‘z o‘rnini (mavqeini), istiqbolini aniqlash, bozorning maqsadlarini 
aniqlash;
- o‘zining moliyaviy imkoniyatlarini baholash va investitsiya siyosatini ishlab 
chiqish;
- taxminiy sarf-xarajatlarni, olinadigan foyda miqdorini baholash;
- sotish siyosati prinsiplarini ishlab chiqish;
- pirovard mahsulotni sotish konsepsiyasini ishlab chiqish;
- keyingi bosqich tadbirlari rejasini tuzish.
Ikkinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilar:
- ta’sis hujjatlarini tuzish;
- tadbirkorlik faoliyatiga ruxsatnoma olish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish;
52


- muhr olish.
Uchinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
- biznes rejani tuzish;
- ishlab chiqarishda mehnatni tashkil qilish va korxonani boshqarish loyihasini 
ishlab chiqish;
- korxona ishlovchilarining ro‘yxati (shtati), maydoni, texnikasi, texnologiyasi
tashkil qilish va boshqarish strukturasi va h.k.larni asoslash;
- tajriba nusxasini tayyorlash, namoyish qilish, sinash uchun sotish va marketi­
ng faoliyatini tashkil qilish;
- ta’minot va sotish sistemasini ishlab chiqish;
- byudjet va ishlab chiqarish rejasini tuzish;
- xodimlar bilan ta’minlash muammosini hal qilish.
To ‘rtinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
- asosiy pudratchilar bilan shartnomalar tuzish;
- kapitalni (mablag‘ni) olish;
- ishlab chiqarish binosini qurishni tashkil qilish;
- boshqaruv va savdo xodimlarini yollash;
- ta’minotchilar bilan shartnomalar tuzish;
- reklama ko‘riklarini (kompaniya) o‘tkazish;
- texnik xodimlarni yollash va tayyorlash;
- boshqaruv sistemasi vositalarini ishga tushirish;
- ishlab chiqarish quvvatlarini (kuchlarini) tayyorlashni yakunlash va ishga tu- 
shirish;
- ma’muriy lavozimdagi xodimlar va ishchilarni yollash hamda tayyorlash;
- material va tovar resurslarini sotib olish.
Beshinchi bosqichning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
- tovarning birinchi tijorat turini (partiyasini) chiqarish;
- tovarni birinchi bor yetkazib berish va to‘lovlarni olish;
- ishlab chiqarish jarayonini standartlash;
- mahsulotni ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, sifatini nazorat qi- 
lishni tashkil etish;
- innovatsiya jarayonlarini rag‘batlantirish va innovatsiya potensialini mus- 
tahkamlash.
53



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish