Iii bob. Ishning amaliyotga tatbiqi


O’tilgan mavzuni mustahkamlash



Download 9,9 Mb.
bet3/5
Sana14.05.2022
Hajmi9,9 Mb.
#603777
1   2   3   4   5
Bog'liq
Urushning so\'ngi qurboni integratsiya

O’tilgan mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. Guruhlar o’zlariga nom qo’yadilar. 1- guruh “Istiqlol”, 2- guruh “Tinchlik”, 3- guruh “Kelajak”.
1-shart. Guruh sardorlari hatjildda tayyorlangan “Bilimdonlarga savollar”ni tanlab oladilar.
Savollarga guruh bilan izlanib javoblar topadilar, javoblarni spikerlar aytadilar.
O’tilgan mavzu bo’yicha quyidagi savollar beriladi:


Har bir guruhga 5tadan savollar beriladi.
II-shart: “Aralashu-quralash” o’yini o’tkaziladi.
Vatman qog’ozga Odil Yoqubov, Abdulla Qahhor, O’tkir Hoshimov asarlari tartibsiz aralash holatda yozilgan. “Istiqlol” guruhi Odil Yoqubov, “Kelajak” guruhi Abdulla Qahhor, “Tinchlik” guruhi O’tkir Hoshimov asarlarini topib yozadilar. To’g’ri bajargan guruh rag’bat nishoni bilan mukofotlanadi.



III-shart. Guruhlar “Urushning so’nggi qurboni” asaridagi “Umri xola, Shoikrom, Xadicha” timsollariga klaster usulida tavsif beradilar.



O’qituvchi DonoWord jurnalining 2013 yil 20-sonidagi “Dillarga dildosh yozuvchi” maqolasini o’qib beradi.
III-IV. Yangi mavzu bayoni va mustahkamlash.
“Urushning so’nggi qurboni” hikoyasi tahlili “Fikr va munosabat” usulida o’tkaziladi. O’qituvchi o’quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. “Fikr va munosabat”da faol qatnashgan o’quvchilarga rag’bat kartochkalar beriladi.
1-savol. Asarda ona-bola, aka-uka, qarindosh-urug’ o’rasida mehr-oqibatni ko’tarilishiga sabab nima?
1-o’quvchi. Hikoyada Shoikrom onasidan, kasal ukasidan bir hovlida turib xabar olmagani aytiladi. Onasini barmoqlari og’ir mehnatdan tars-tars yorilib ketganini o’sha kuni ko’radi. Ishdan kech qaytayotgani, ish og’ir bo’lib charchab qolayotganini aytadi. Lekin Shoikrom kasal ukasidan, yolg’iz onasidan hol so’rab xabar olishi kerak edi. U turukchilikni, qiyinchilikni bahona qiladi.
2-o’quvchi. Shoikrom zavodda ishlaydi. O’sha vaqtda ish juda og’ir bo’lgan. Uning ham uchta farzandi bor. Tirikchiligi o’zidan ortmaydi. Shiukrom vijdonli yigit. Vaqti bo’lganida, imkoniyati bo’lganida kasal ukasiga, albatta yordam berardi. Bunday holatga, urush sababchi.
2-savol. Shoikromni qotillikka undagan, ko’rinmas o’g’ridan o’ch olishga majbur qilgan, oqibatda, o’z onasining o’limiga sabab bo’lgan narsa nima?
1-o’quvchi. Shoikromni qotillikka undagan narsa nafrat, alam, g’azab, jahl. U jahlini jilovlay olmadi. Nafrat, alam aqliga yo’l bermadi. Xalqimizda “Jahl chiqqanda aql ketadi” degan naql bor. Ko’rinmas o’g’ri o’z onasi ekanligini bilmagan. Bilganida Shoikrom bunday ishga qo’l urmagan bo’lar edi. O’sha davr, urush, bu fojeaga sababchi.
3-savol. Umri xolaning harakatini o’grilik deb bo’ladimi?
O’quvchi. Hech qaysi ona o’z farzandi uyiga o’g’rilikka tushmaydi. Ayniqsa, Umri xola kamsuqum, to’g’ri, mushfiq, ayol edi. U kasal yotgan o’g’li uchun, noilojlikdan bu ishga qo’l urdi. Ona uchun o’lim to’shagida yotgan farzandini ko’rish eng og’ir musibat. Agar zamon tinch, farovon,, to’kin bo’lganida ona bu ishga qo’l urmasdi.
4-savol. Shoikromning o’g’rilar uchun qo’ygan tuzog’i tufayli Umri xola qurbon bo’ldi. Bu yerda sizningcha kim qotil?
O’quvchi. Shoikrom tuzoqni o’g’rilar uchun qo’ydi; “Menga desa otib yubormaydimi!” – deb o’yladi u ayvon labida choqqayib o’tirgancha usti yopiq simni ochiq simga ildam ularkan.
Harna bitta haromini o’ldirganim. Bittasi o’lsa boshqalari adabini yeydi.
Alam, nafrat bilan o’g’rilarga sim qo’yadi, lekin onasi ekanligini bilmaydi. Men Shoikromni qotil deb bilmayman. Bunday mudhish fojeaning sababchisi, URUSH.
O’quvchi. “Shoikrom loyli marzadan emaklab borgancha o’zini onasining bag’riga otdi.
- Oyijon oching ko’zingizni! – dedi u gezarib ketgan lablari bilan onasining muzday yuzlaridan o’pib.
- Nima qilib qo’ydim, ukam – dedi.
Shoikrom yana balchiqqa belangan kafti bilan yuzini changallab. Keyin yana onasini ko’tarishga urinar, ammo onasining ikki buklangan gavdasi negadir hech tiklanmas edi.”
Men Shoikromni qotil deb o’ylamayman. Eng qiyin damlarda vijdonini yutgan razil odamlardan o’ch olmoqchi bo’ladi. Agar qiyinchilik, ocharchilik bo’lmaganida u arzimagan narsa uchun sim qo’ymagan bo’lardi. Bunday oqibatlar sababchisi, urush …..
O’qituvchi. Mana, o’quvchilar savollar bo’yicha o’z fikr-mubosabatingizni bildirdingiz. Tarixdan yaxshi bilamiz II-jahon urushi yer yuzidagi eng qirg’inbarot, dahshatli urush bo’lgan. “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasi qahramoni Umri xola urush bo’layotgan joylardan necha minglab kilometr uzoqda bo’lsa-da, halok bo’ldi.
Urush insoniyat boshiga, yer-u zaminga balo va ofatlarni, alam va sitamlarni olib keladi. Farzandlarni ota-onasidan, onalarni farzandlaridan judo qiladi.
Zulfiyaxonim aytganidek:
Urush noming o’chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko’p xonadonda,
Ota nomli buyuk shodlik kam.


Yo’q urushning nomi ham o’chsin
Mening o’g’lim kerak hayotga.
Istamayman uning didlari,
Qo’nsin labi uzra qanotga.


Bas, bas, ezgu onalar qalbi,
Yashay olsin bexavf, baxt bilan.
Mehnatimiz, g’azab, sevgimiz,
Tinchlik deydi butun xalq bilan.


Bugun bizning Vatanimiz tinch va farovon. Har kunimiz osuda, shod o’tmoqda. Bolaligimiz baxtiyor o’tmoqda. Bularning barchasiga tinchlik sababli. Yutuqlarimiz bisyor, shahar va qishloqlarimiz guldek chiroyli.
Prezidentimiz biz yoshlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib bergan. Eng baxtli, barkamol avlodmiz.
Dunyoning u yer, bu yerida urush, qo’poruvchilik, terror harakatlari bo’lib turibdi. Buning oqibatida yosh-u qari, bolalar aziyat chekmoqda.
Bizning Vatanimiz mustaqilligini va tinchligini ko’ra olmaydiganlar ham yo’q emas. Biz doimo ogoh bo’lib yashashimiz tinchligimizni asrashimiz kerak. Tinchlik biz uchun berilgan eng oliy ne’matdir.
Ekranda “Fitna” nomli hujjatli filmdan lavhalar ko’rsatiladi.



Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish