Iii. Adabiyotlar tahlili



Download 16,21 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi16,21 Kb.
#815318
Bog'liq
ADABIYOT TAHLILI


III.Adabiyotlar tahlili.
Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonda tarixiy merosimizni o‘rganishga yanada ko‘proq e’tibor qaratib kelinmoqda. Shuningdek, yangi O’zbekistonning taraqqiyot dasturida barcha sohalarda bo‘lgani kabi bugungi kunda tarixiy meroslarimizni avaylab asrash va bu moddiy merosimizni kelgusi avlodlarga yetkazish masalalari muhim ustivor masalalar sifatida qayd etib o‘tilgan. Bu ma’naviy merosimizni yanada boyitishda mato va to’qimachilik bilan bog’liq manbalarining ahamiyati benihoyat darajada katta bo‘lib hisoblanadi. O’zbek xalqining uzoq o‘tmishi va tarixiy xotirasini yanada boyitishda hamda o‘lka tarixini yanada kengroq o‘rganishda albatta xalqimiz etnik tarixini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonda tarixiy merosimizni o‘rganishga va madaniyat sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonlarda o‘lkamiz tarixi haqida keng ma’lumotlar beruvchi dala ishlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Respublika hukumatining qarori asosida ishlab chiqilgan «O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi», «O‘zbek davlatchiligi tarixining mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrini har taraflama keng yoritish; islohotlar va yangilanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot» masalalarini o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Prezident SH.Mirziyoev rahbarligida mustaqillikka erishilganidan keyingi O‘zbekistonda O‘zbek xalqining ijtimoiy, maishiy urf-odatlari to‘g‘risida dasturi ishlab chiqildi.
O’zbekiston qadimiy va navqiron, tabiati betakror va maftunkor, ulkan iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatga ega mamlakat. Bu zamin xalqining bag‘rikengligi, tantiligi mehmondo‘stligiga har qancha tahsin aytsa, arziydi. Bunday yuksak ta’rifu e’tiroflarni xorijlik sayyohu mehmonlardan deyarli har kuni eshitamiz. Bu bejizga emas, albatta. Zero, mamlakatimizda davlat rahbarining rahnamoligida olib borilayotgan islohotlar xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilishi barobarida, bu borada ko‘lga kiritilayotgan yutuqlarimiz yanada keng ommalashtirishga arzigulikdir. Yangi O’zbekistonda bu boradagi islohatlar yanada rivojlantirilib, birgina sayyohlik sohasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Istiqlol yillarida ushbu soha yuqori sur’atlarda taraqqiy topib bormoqda. Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod sayyohlik tashkiloti, chunonchi, 750 dan ortiq mehmonxona mijozlar uchun bekamu ko‘st faoliyat yuritib kelayotgani fikrimiz dalilidir.
O‘z navbatida shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ishda ko‘tarilgan va tahlil etilgan muammo ko‘lami jihatidan keng bo‘lganligi va bu yo‘nalish nafaqat etnografik, balki arxeologik, san’atshunoslik, arxitektura, folklorshunoslik va madaniyatshunoslik sohalarining ham tadqiqot ob’ekti bo‘lganligi uchun o‘rganilayotgan muammo tarixshunosligini tahlil qilishda muammoviy-mavzuiy yondashishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Surxon vohasida mato va to’quvchilik masalasi liboslar va milliy kiyimlar aspektida Z.A. Arshavskaya, E.V. Rtveladze, Z.A. Hakimovlar muallifligida nashr etilgan «Surxondaryoning o‘rta asrlar davri yodgorliklari» monografiyasida juda yaxshi yoritilgan. Ushbu tadqiqot mualliflari XVI asrda Surxon vohasida mato va tuquvchilik bilan bog‘liq a’analar misolida an’anaviy mahalliy arxitekturaning o‘ziga xos lokal xususiyatlarini ko‘rsatib bera olgan1. SHuningdek, an’anaviy turarjoylar bo‘yicha keng miqyosda tadqiqotlar olib borgan V.G. Voronina, R.R. Abdurasulev, Z.SH. Po‘latov, N.N. Xaruzin va D.A. Nozilovlarning ishlarida vohaga xos bo‘lgan xalq milliy kiyimlari va liboslari bo‘yicha diqqatga sazovor mulohazalar bildirilgan2. O‘z navbatida o‘zbek xalqi an’anaviy Surxon vohasida mato va to’quvchilik bilan bog‘liq xususan tog‘ me’morchiligi haqida gapirilganda N.I. Rempel va D. Nozilovning qator ishlariga ham alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Aynan mazkur mutaxassislar uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida o‘zbek xalqining milliy kiyimlar va liboslariga bag‘ishlangan bir necha ilmiy asarlar yozgan3. Jumladan, D.Nozilovning Surxon vohasida mato va to’quvchilik bilan bog‘liq jarayonlarda tog‘li tumanlaridagi Por, Pushtibarak, Karsak, CHosh, Nilu, Xufar, Sangardak, Maland kabi qishloqlardagi mato va tuquvchilik bilan bog‘liq uslubi, tarhi, dizayni xususiyatlari, xalq me’morchilik an’analari va tikilish usullariga oid qimmatli ma’lumotlar bayon qilingan.

1


2


3


Download 16,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish