Iibob. O`zbekistonda turizmni rivojlanish holati


-jadval O`zbekistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy natijalari



Download 1,78 Mb.
bet3/21
Sana02.04.2022
Hajmi1,78 Mb.
#524695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
`zbekiston iqtisodiyotida turizmning o’rni

1.1-jadval
O`zbekistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy natijalari



Ko`rsatkichlar

1995-y

2000-y

2008-y

2011-y

2012-y


2013-y


1.

Turizm xizmati, jami mln.so`m

811.1

6882,1

17549,8

21213.5

27153.3


34756.2


2.

Foyda, jami mln.so`m

236,7

443

581,3

601.7

794.2


1072.2


3.

Xizmat ko`rsatish, ming turistlar

458,4

770,2

738,7

935.7

909.3


1060.0


Manba: “Turizm infratuzilmasini rivojlantirishning metodologik, uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari, Samarqand-2014
1.2. Turizm industriyasi rivojlanishining O`zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
Mustaqillik sharofati bilan O`zbekiston Respublikasi keng jahonga yuz tutdi va xalqaro aloqalarga kirishib ketdi. O`zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishida turizm sohasi alohida ajralib tura boshladi. Mustaqillikdan oldin O`zbekiston aholisi sobiq markaz ruxsati bilangina chet ellarda sayohat qilib kelar edi, xorijiy turistlar ham avval Moskvaga kelib, so`ng O`zbekistonga tashrif buyura olishar edi. Buning ustiga, turizmdan olinadigan barcha daromadlarni (shuningdek, valyuta daromadlarining ham hammasini) to’g'ridan-to’g’ri sobiq markazga jo`natish majburiy edi. Xorijiy turistlarga ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi O`zbekiston byudjetidan qoplanar, buning evaziga markazdan hech nima olinmas edi. Ya`ni, xalqaro turizmdan O`zbekiston faqatgina zarar ko`rar edi.

Chimyon Sanatoriyalari
Mustaqillikka erishgandan so`ng O`zbekiston hukumati birinchilar qatorida turizm sohasining rivojlanishiga alohida e`tibor qarata boshladi va buning uchun mas`ul bo`lgan yagona tashkilotni tuzdi. O`zbekiston Respublikasida turizmning rivojlanishi uchun mas`ul bo`lgan tashkilot - "O`zbekturizm" milliy kompaniyasidir. Kompaniya O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasining tashkil etilishi to`g'risidagi Farmoni asosida tashkil etilgan. "O`zbekturizm" milliy kompaniyasining tarkibiga alohida-alohida xo`jalik faoliyati yuritgan "Inturist", "Sputnik" va Kasaba ittifoqlarining turizm va ekskursiyalar bo`yicha Kengashi kabi tashkilotlarning mintaqaviy tarkibiy bo`linmalari birlashtirildi.
Milliy Kompaniyaning faoliyat yuritishi davomida Respublikamiz turizmida katta o`zgartishlar amalga oshirildi. Oldinlari mehmonxonalar, dam olish uylari, turistik bazalar, kempinglar umuman zamonaviy talablarga javob bera olmas edi. Chunki ularni ta`mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari sobiq Markaz tomonidan ko`rib chiqilgan. Mustaqillikka erishilishi bilan bu holga, shuningdek, turizm sohasidan olingan daromadning barchasini respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishiga chek qo`yildi. O`zbekiston turizm sohasida bozor munosabatlari amal qila boshladi, davlatning ko`plab turistik korxonalari xususiylashtirildi, turistik korxonalarga bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda turistik mahsulot yaratish, hamda shu turistik mahsulotga mustaqil narx belgilash erkinligi yaratib berildi. Natijada turistik bozorda korxonalar orasida raqobat yuzaga keldi. Raqobat O`zbekiston turistik korxonalarining o`z faoliyatini yanada rivojlantirish uchun yanada sifatli mahsulot ishlab chiqarish va bu bilan umumiy rivojlanishni ta`minlashga undadi.
Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya`ni, 1999 yil 15 aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2005 yilgacha bo`lgan davrda O`zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to`g'risida"gi Farmoni e`lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo`lga qo`yildi hamda dunyo bozori bo`yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo`yildi. Ko`pchilik turistik ob`ektlar o`zlarini o`zlari boshqara boshlashdi, bozorda raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o`rin ochib bera boshladi. 2011 yilning oxiriga kelib, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o`rinlar soni 2004 yildagiga qaraganda 7,4 baravar ortdi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida yangi zamonaviy mehmonxonalar qurildi, eskilari kapital ta`mirdan chiqarildi, Chimyon bag'rida dam olish-sog'lomlashtirish oromgohlari ishga tushirildi.



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish