1.2.Ishqorning fizik kimyoviy xossalari.
Natriy gidroksidi, kaustik soda - ishqoriy modda. Kuchli gigroskopik, havoda "tarqoq" bo'lib, havodan suv bug'larini faol ravishda so'rib oladi. Suvda yaxshi eriydi, katta miqdorda issiqlik chiqariladi. Natriy ishqori eritmasi teginganda mayin. Kaustik soda, ishlab chiqarish usulidan qat'i nazar, har doim tarkibida aralashmalari bo’ladi: natriy karbonat Na2CO3, natriy xlorid NaCl, temir va alyuminiy oksidlari Fe2O3 Al2O3, kremniy birikmalar va boshqalar. Natriy ishqorining eritmasi terini yemiradi. NaOH eritmasining konsentratsiyasi va harorat qanchalik yuqori bo'lsa ta'siri shunchalik kuchli bo'ladi.
50% Kaustik sodasisining fizik-kimyoviy xususiyatlari:
Zichligi-1525 kg / m3
Qaynash harorati-146 °C (atmosfera bosimida)
Issiqlik sig’imi-3,944 kJ / kg·°C · 0,942 cal / (g·°C))
Muzlash harorati-10 °C
Qovushqoqligi-0,046 Pa·s (46 cP) (t=30 °C da)
Kaustik soda (Natriy gidrooksidi) oq rangli qattiq modda. U juda gigroskopik, havodan suv bugʼlari va karbonat angidridni faol ravishda yutadi. U suvda yaxshi eriydi, shu bilan birgalikda katta miqdorda issiqlik hosil qiladi. Massasi 39,9 g/mol, zichligi 2,13 g/sm3 , suyuqlanish temperaturasi 318ºS. Oʼyuvchi hususiyatga ega.
Suvda yaxshi eriydigan gidroksidlar o‘yuvchi ishqorlar deyiladi.Ulardan eng muhimlari NaOH va KOH. Natriy gidroksid va kaliy gidroksid — oq, xira, qattiq, kristall moddalar. Suvda yaxshi eriydi, suvda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadi. Suvdagi eritmalarda deyarli to‘liq dissotsilanadi va kuchli ishqorlar hisoblanadi. Asoslaming barcha xossalarini namoyon qiladi.
Qattiq natriy va kaliy gidroksidlar hamda ularning suvdagi eritmalari uglerod (IV) oksidni yutadi:
NaOH + CO2 = NaHCO3
2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O
yoki ionli ko‘rinishda:
OH-+CO2 = HCO3-
Qattiq holatda havoda NaOH va KON namni yutadi, shu tufayli gazlardan qurituvchilar sifatida foydalaniladi.Sanoatda natriy gidroksid va kaliy gidroksid tegishlicha NaCl va KC1 ning konsentrlangan eritmalarini elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi. Bunda bir vaqtning o‘zida xlor bilan vodorod ham olinadi. Katod sifatida temir to‘r, anod sifatida — grafit ishlatiladi.Elektroliz sxemasini (KC1 misolida) shunday tasvirlash mumkin. KC1 K+ va СГ ionlariga to‘liq dissotsilanadi. Elektr toki o‘tganida katodga K+ ionlar, anodga — xlorid-ion C l- lar keladi. Standart elektrod potensiallar qatorida kaliy aluminiydan oldinda joylashgan va uning ionlari suv molekulalariga qaraganda ancha qiyin qaytariladi (elektronlarni biriktirib olafi). Vodorod ionlari H+ esa eritmada juda kam. Shu sababli katodda faqat suv molekulalari zaryadsizlanadi va molekular vodorod ajralib chiqadi.
2H2O + 2e = H2 + 2OH-
Xlorid-ionlar konsentrlangan eritmada suv molekulalariga qaraganda elektronlarini oson beradi, shu sababli anodda xloridionlar zaryadsizlanadi;
2Сl + 2e = Cl2
NaCl eritmasining elektrolizi ham xuddi shunga o'xshash boradi. Tarkibida NaOH va NaCl bor eritma bug‘latiladi, natijada natriy xlorid cho'kmaga tushadi (uning eruvchanligi ancha kam va temperatura ta’sirida kam o‘zgaradi), cho‘kma ajratib olinadi va keyin elektroliz uchun foydalaniladi.Natriy gidroksid juda ko‘p miqdorlarda olinadi. U asosiy kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridan biridir. Bu modda neft mahsulotlarini — benzin va kerosinni tozalash uchun, sovun, sun’iy ipak, qog‘oz ishlab chiqarish uchun, to‘qimachilik, konchilik va kimyo sanoatlarida, shuningdek turmushda (kaustik, kaustik soda) ishlatiladi.Ancha qimmatroq mahsulot — kaliy gidroksid NaOH ga qaraganda kamroq ishlatiladi.
Ishqorlar — bu ishqoriy, ishqoriy yer metallar va boshqa elementlarning(masalan, talliy) gidroksidlaridir. Ishqorlar suvda yaxshi eruvchanlikga ega bo’ladi. Ishqorlar dissatsiyalanganda anion sifatida OH− va kation sifatida metall hosil qiladi.
Ishqorlar davriy tizimning IA va IIA (kaltsiydan boshlab) guruhlarining metall gidroksidlari, masalan, NaOH (Kaustik natriy), KOH (Kaustik kaliy), Ba(OH)2 (Kostik bariy). Ishqorlarning kostik deb nomlanish tarixiy nomi bilan bog’liqdir.
Ishqoriy metallarning juda katta kimyoviy faolligi tufayli ularni uzoq vaqt davomida ajralib olinmadi va shuning uchun ular oddiy moddalar deb hisoblandi. Kostik sodalar murakkab tarkibi haqidagi birinchi taxminlardan birini Lavoize aytdi. Barcha oddiy moddalar oksidlanishi mumkin bo’lgan nazariyasiga asoslanib, Lavoize ishqoriy metallarni allaqachon oksidlangan murakkab moddalar deb qaror qildi. Biroq, bu faqat Devi tomonidan XIX asrning boshlarida elektrokimyoviy usilni qo’llashdan keyin tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |