1-rasm. Cl- va ClO- ionlarining zaryadsizlanish potensiyali
Shuning uchun xlornovat natriyning kam konsentratsiyasida ham anodda Cl va ClO- ionlari birgalikda razryadlanadi.
Natriy gidroksid olishning laboratoriya usullar.
Laboratoriya sharoitida natriy gidroksidi juda kam miqdorda olinadi. Faol metall gidroksidlarini laboratoriya sharoitda kо’p miqdorda olish juda xavfli hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida ishqoriy metall gidroksidlarini olishning ikki xil usulidan foydalaniladi. Birinchisi va nisbatan qimmatga tushadigan usul, bu ishqoriy metallarni tо’g’ridan – tо’g’ri suv bilan reaksiyaga kirishishi va natijada ishqor hosil bо’lishidir. Bu usuldan NaOH, KOH, LiOH, Ca(OH)2 larni olishda foydalanish mumkin.
Bu reaksiya natriy, kaliy, litiy kabi faol metallardan foydalanishda yetarli darajada juda xavfli hisoblanadi. Bu reaksiyalarda kо’p miqdordagi ishqoriy metallardan foydalanish mumkin emas, chunki ular sachrashi va hatto portlashi mumkin. Laboratoriya sharoitida natriy gidroksidi olishning qulay va sodda usuli topildi. Chunki u kimyo va sanoatda barcha gidroksidlar ichida eng kо’p ishlatiladigan moddadir. Quyidagi rasmda ishqoriy metall gidroksidlari olishning elektroliz qurilmasi keltirilgan:
Eritmalar ustiga kelib tushadigan grafit anodlarning oxirini eritgan parafin bilan tо’yintirish kerak, chunki elektrolit kapillyarlar orqali yuqoriga kо’tarilmasligi va mis bilan kontakt buzilmasligi kerak. Mis simlarini grafit anodi bilan kontakti anodga mahkam о’rnatilgan mis qalpoqchalari bilan amalga oshiriladi. Katod sifatida temir yoki pо’lat tо’r xizmat qiladi. U о’zining yuqori qismi bilan shisha kolokolga shunday kirishi kerakki, vodorod anodlar oralig’iga tushmasligi kerak. Oldindan suv bilan namlangan asbest juda kam miqdordagi silikat yelimi bilan birgalikda temir tо’r tashqarisiga (qatlam qalinligi 5 – 10mm) surtiladi. Asbest qurigandan sо’ng diafragma mustahkamligi saqlanib qolishi uchun yengilgina kuydiriladi. Kerakli tezlik va miqdorda elektrolit berish kran о’rnatilgan ajratish voronkasi orqali amalga oshiriladi.
Xlor va vodoroddan sintetik xlorid kislotasi ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Shu maqsadda ular silikogel bilan tо’ldirilgan troynik kо’rinishidagi gorelkaga beriladi. Elektrolizyordan tomib turgan eritma sopol idishlarda bug’latiladi. Osh tuzi eritmasini idishga quyishdan to uni bug’latish jarayoni tugaguncha harorat 500°C gacha oshirib boriladi. Sо’ngra ishqor eritmasi sovutiladi, maydalanadi va yopiq shisha idishlarda saqlanadi. 5°C gacha bо’lgan haroratda mutlaqo toza 35 % li texnik natriy ishqor eritmasini olish mumkin. Bunda
NaOH + 2H2O va NaOH + 4H2O
Bunday qurilmalar yordamida natriy va litiy gidroksidilarini olish mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, bunday qurilmada ishqor olishda xavfsizlik qoidlariga alohida e’tibor qilish kerak bо’ladi, chunki elektroliz mahsulotlaridan biri sifatida xlor ham ajraladi.
Ba’zan natriy gidroksidi olishda eski usul – sо’ndirilgan ohakni soda eritmasi bilan qaynatish usullaridan ham foydalanib turiladi:
Reaksiya tugagandan sо’ng kalsiy karbonatli eritma bug’latilib, natriy gidroksidi qotishmasi olinadi. Kо’pincha laboratoriyada tez-tez kimyoviy reaksiyalar olib borishda suvda erimaydigan mis, rux, kobolt, kadmiy, nikel gidroksidiga о’xshash gidroksidlar olish kerak bо’ladi. Ularni olish uchun bu metallarni eruvchan tuzlarini natriy gidroksidi bilan reaksiyaga kiritish kerak bо’ladi. Bu ta’sirlashuv reaksiyalari о’z xarakteriga kо’ra о’rin almashinish reaksiyalariga mansubdir. Mis gidroksidi (kо’k rangli) va nikel gidroksidi (yashil-kо’k rangli) chо’kmaga tushadi. Eritmani filtrlash va chо’kmani yuvishdan sо’ng undan kimyoviy jarayonlarda foydalanish mumkin. Shu tarzda mis (ІІ) gidroksidi, rux, kobolt, kadmiy, simob, qalay, qо’rg’oshin, marganets, titan, xrom va boshqa kо’pgina metall gidroksidlari olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |