Ii sinf matematika (haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat, A1+: 204 soat)



Download 26,81 Kb.
Sana17.09.2019
Hajmi26,81 Kb.
#22250
Bog'liq
matematika 2

II SINF

MATEMATIKA

(haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat, A1+:204 soat)

О‘quvchilar о‘quv faoliyati natijalariga qо‘yiladigan talablar:

0 dan 1000 gacha bо‘lgan nomanfiy butun sonlarni о‘qiydi, yozadi, tо‘g‘ri va teskari tartibda sanaydi, taqqoslaydi, tartibga soladi, modellarda kо‘rsatib beradi;

0 dan 1000 gacha nomanfiy butun sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlaydi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida ketma-ketlikni tuzadi, juft va toq sonlarni ajratadi;

natijasi 1000 ichida bо‘lgan sonli va harfli ifodaning (qavsli, qavssiz) qiymatini og‘zaki va yozma hisoblaydi, obyektlarni xossalari bо‘yicha tartiblaydi, sodda kombinatsiyalarini tuzadi;

sonlarni qо‘shish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qо‘shish va ayirishning hollarini bajaradi;

eng sodda tenglama va uni yechish haqida tushunchaga ega bо‘ladi va tenglamalarni tanlash usuli bilan yechadi;

yig‘indi va qoldiqni topishga oid, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga oid, ayirmani taqqoslashga oid, noma’lum qо‘shiluvchini, noma’lum ayiriluvchini, noma’lum kamayuvchini topishga oid masalalarni yechadi;

sonni yig‘indiga qо‘shish va yig‘indini songa qо‘shishga oid, sonni orttirish (kamaytirish)ga va yig‘indini topishga oid, yig‘indini va qoldiqni, ayirmani va yig‘indini (arifmetik amallar yordamida va ifoda tuzish bilan) topishga oid masalalarni yechadi;

kо‘paytirish amalida qatnashgan noma’lum tarkibiy qismni aniqlay oladi va kо‘paytirish bir xil qо‘shiluvchilar yig‘indisini topish ekanligini anglaydi, kо‘paytirishning asosiy xossasini hisoblashlarda qо‘llaydi;

kо‘paytirish va bо‘lish amallari orasidagi munosabatlarga doir sodda kombinatsiyalarni tuzadi, kо‘paytirish va mos bо‘lish jadvallarini yoddan biladi;

0, 1, 10 sonlari ishtirokida kо‘paytirish va bо‘lish amallarini bajaradi;

murakkab bо‘lmagan kasr son sonning ulushi, tо‘plamning qismi ekanligini tushunadi, sо‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlaydi;

tо‘g‘ri tо‘rtburchak (kvadrat)ning yuzini hisoblaydi, atrof–borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, asosiy kattaliklarini о‘lchaydi;

bо‘linuvchi, bо‘luvchi, bо‘linma va qoldiqni chizmada ifodalaydi;

miqdorlar (narx-navo, massa, vaqt, uzunlik, yо‘l, yuz)ni topishga (hisoblashga) oid sodda masalalar va ular orasidagi bog‘lanishlarni qо‘llab kundalik hayot bilan bog‘liq bо‘lgan masalalarni arifmetik usulda yechadi;

aylana va doiraning elementlari (markazi, radiusi, diametri)ni aytadi, sirkuldan foydalanib ushbu figuralarni yasaydi;

rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi, sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi.



I SINFDA O’TILGAN MATERIALLARNI TAKRORLASH VA UMUMLASHTIRISH

(10 soat, A1+:12 soat)

Yig‘indi va ayirmani topishga doir sodda misollar. 60+40, 90-50, 67+3, 38-30, 57-32, 57+32, 96-44 kо‘rinishdagi misollarni yechish.

60+40, 90-50, 67+3 kо‘rinishdagi misol va masalalarni yechish 1-sinfda olgan bilim, kо‘nikma va malakalarini mustahkamlash.

38-30, 57+32, 57-32, 96-44 kо‘rinishidagi misollarni yechish usullari bilan tanishtirish. Yechilishini taqqoslab oson usulini toptirish.

Qiymati bir xil bо‘lgan misollar.

Misollarni yechish va jadvaldan qiymati bir xil bо‘lgan misollarni toppish.



Qо‘shish va ayirishni tekshirish.

Qо‘shishni ayirish bilan, ayirishni qо‘shish bilan tekshirish.



Tо‘g‘rimas burchaklar. Kо‘pburchak perimetri. Burchak turlari. О‘tkir va о‘tmas burchaklar. Kо‘pburchaklar. Ularning tasniflari. Kо‘pburchak elementlari. Tо‘g‘ri burchakdan katta yoki kichik burchaklar. Siniq chiziqning uzunligi. Tо‘plam elementlariga doir masalalar.

I BО‘LIM. SONLAR VA HISOBLASHLAR.

100 ICHIDA О‘NLIKDAN О‘TIB QО‘SHISH VA AYIRISH

(34 soat, A1+: 42 soat)

Sonlar о‘qi va uning modellari.

Natural sonlarning sonlar о‘qida joylashuvi. Yuz ichida hisoblash.



100 ichida sonlarni xonadan о‘tib qо‘shish usulllari.

100 ichida xonadan о‘tib qо‘shishning turli usullarini bilish va qо‘llay olish. Yaxlit songacha tо‘ldirib qо‘shish (songa yig‘indiga qо‘shish qoidasiga asosan). Ikki xonali sonni ikki xonali songa qо‘shishda о‘nliklar о‘nliklarga birliklarni birliklarga qoshilish qoidasini qо‘llash.



Sodda va tarkibli masalalarni yechish.

100 ichida qо‘shish va ayirishga doir sodda va tarkibkli masalalarni yechish.



Ikki xonali sonlarning о‘nli tarkibi. Sonlarni qо‘shishning ustun usuli.

Sonlarni ustuncha shaklida qо‘shish: 45+23,29+32, 64+26, 75+15, 27+3 kо‘rinishdagi misollar.



Namuna bо‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish.

Ketma-ketliklarda sonlar joylashuvining qonuniyatlarini aniqlash, misollar zanjirini tuzish va yechish, mantiqiy qonuniyatlarga asoslangan ketma-ketliklarning tushirib qoldirilgan elementlarini topish.



Kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sitsemasining modellari. Kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sitsemasining modellarini tushuntirish, maktabdan uygacha yo’l xaritasi, teatr, sirk kabilarda chipta bо‘yicha joylashish.

100 ichida sonlarni xonadan о‘tib ayirishning yozma usuli.

100 ichida sonlarni xonadan о‘tib ayirishning yozma usulini tushuntirish, sondan yig‘indini ayirish xossasiga asoslanib, yaxlit songacha keltirish. Ikki xonali sondan ikki xonali sonni ayirishda birinchi о‘nliklarni, keyin birliklarni ayirish.



Sonlarni ayirishning ustuncha usuli.

100 ichida sonlarni xonadan о‘tib ayirish uchun ustun shaklida misollar yechish, xonadan о‘tmasdan ayirish, yaxlit sondan ikki xonali sonni ayirish, xonadan о‘tib ustun shaklida ayirish.



Ayirmani topishga doir tarkibli masalalar. Ayirmani topishga doir tarkibli masalalarni yechish va ular haqida ma’lumot berish.

Vaqt birliklari: soat, minut. Vaqt, masofa va tezlikni topishga (hisoblashga) oid sodda masalalar.

Soat bо‘yicha vaqtni minutgacha aniqlash. Vaqt birliklari: soat, minut. Ular orasidagi munosabat. Soat bо‘yicha vaqtni minutgacha aniqlashga doir misol va masalalar bajarish.



Oddiy shakllarni murakkab shaklga aylantirish va aksincha. Geometrik shakllarning kо‘rinishini о‘zgartirish. Geometrik shakllarning kо‘rinishini о‘zgartirishga doir misol va masalalar yechish, atrof-borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lash, asosiy kattaliklarini о‘lchash.

Kvadrat (tо‘g‘ri tо‘rtburchak), tо‘g‘ri tо‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlarining xossalari. Kvadrat (tо‘g‘ri tо‘rtburchak), tо‘g‘ri tо‘rtburchak qarama-qarshi tomonlarining xossalari haqida ma’lumot berish.

Qо‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi о‘zaro bog‘lanish. Noma’lum tarkibiy qismni topish. Axborotni saqlash.

Qо‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi о‘zaro bog‘lanish, noma’lum tarkibiy qismni topishga doir misol va masalalar yechish.



II BО‘LIM. SONLI IFODALAR. TENGLAMALAR.

GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR

(11 soat, A1+:14 soat )

2, 3 amalli sonli ifodalar (qavsli va qavssiz). Algoritm tuzishga doir sodda masalalar.

Sonli ifodalar. 2, 3 amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi qavsli va qavssiz kо‘rinishi.



Bir nechta teng (bir xil) qо‘shiluvchilar yig‘indisi. Sonni bir necha teng qо‘shiluvchilar yig‘indisi shaklida ifodalash.

Bir nechta bir xil qо‘shiluvchilar yig‘indisini topish va sonni bir necha teng qо‘shiluvchi yig‘indisi shaklida ifodalashga о‘rgatish va misollar bajarish.



Sodda va tarkibli masalalarni yechish.

Qо‘shish va ayirishga doir sodda va tarkibli masalalar yechish; qisqa yozuv bо‘yicha masala tuzish va yechish.



Harfli ifodalar. Geometrik shakllarni belgilash.

Harfli ifoda tushunchasini kiritish, harfli ifodalarni о‘qish va yozilishini tushintirish. Geometrik shakllarni harflar bilan belgilash.



Tenglama. Tenglamalarni tanlash usuli bilan yechish.

Tenglama. Tenglamani yechish. 27+x=27, 35-x=30, x-3=7 kо‘rinishdagi tenglamalarni tanlash usuli bilan yechishga oid tenglamalar berish.



III BО‘LIM. KО‘PAYTIRISH VA BО‘LISH.

GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR

(21 soat, A1+:28 soat )

Kо‘paytirish. Kо‘paytirishning ma’nosi. Kо‘paytirish amali komponentlarining nomlanishi.

Kо‘paytirish bir xil qо‘shiluvchilar yig‘indisini topish ekanligi. Amalning atalishi va belgilanishi. Kо‘paytirishda berilgan va izlanayotgan sonlarning atalishi. Kо‘paytirishning о‘rin almashtirish xossasi.

Kо‘paytirish. Kо‘paytirishning ma’nosi. Kо‘paytirish bir xil qо‘shiluvchilar yig‘indisini topish ekanligi. Amalning atalishi va belgilanishi. Kо‘paytirishda berilgan va izlanayotgan sonlarning atalishi. Kо‘paytirishning о‘rin almashtirish xossasi haqida tushuncha berish.

Har bir amal komponentlari va natijalari orasida о‘zaro bog‘lanishlar.

Komponentlar orasidagi bog‘lanishlar. 69-x=23, x-24=41, x+56=70 kо‘rinishdagi tenglamalarni yechishga о‘rgatish.



Bо‘lish. Bо‘lish amalining ma’nosi.

Bо‘lish. Bо‘lish amalining ma’nosi. Amalning atalishi va uning belgilanishi. Bо‘lishda berilgan va izlanayotgan sonlarning atalishi. Juft va toq sonlarga doir misollar yechish va mustahkamlash.



Teng qismlarga bо‘lish. Tо‘plamning qismi.

Teng qismlarga bо‘lish va mazmuniga kо‘ra bо‘lish, ularni umumlashtirishga oid misollar bajarish.



Kо‘paytirish va bо‘lish amali bilan yechiladigan masalalar.

Kо‘paytirish amali bilan yechiladigan masalalar. Bо‘lish amali bilan yechiladigan masalalar. О‘zaro teskari masalalarni yechish va mustahkamlash.



Kо‘paytirish va bо‘lish amallari orasidagi munosabat

Kо‘paytirish va bо‘lish amallari orasidagi munosabati haqida tushuncha berish.



Masalalarni jadval usulida yechish.

Masalalarni yozishning jadval usuli bilan tanishtirish.



Noma’lum kо‘paytiruvchini, noma’lum bо‘linuvchini topish.

Noma’lum kо‘paytiruvchini, noma’lum bо‘linuvchini topishni о‘rgatish va ularga oid misol masalalar yechib mustahkamlash.



Millimetr.

Millimetr. Belgilanishi - mm. Millimetr, santimetr, detsimetr, metr orasidagi munosabatlari haqida ma’lumot berish.



0, 1 va 10 ishtirokida kо‘paytirish va bо‘lish. 10 ishtirokida kо‘paytirish va bо‘lish.

0 va 1 ishtirokida kо‘paytirish va bо‘lish qoidalarini kiritish va misollar yechish. 10 ishtirokida kо‘paytirish va bо‘lish qoidalarini kiritish va misollar yechish.



Qavsli va qavssiz ifodalar. Qavsli va qavssiz ifodalarda amallarni bajarish tartibi.

Qavsli va qavssiz ifodalarda amallarning bajarish tartibini tushuntirish. Qavsli va qavssiz ifodalarning qiymatini topish.



IV BО‘LIM. JADVAL ICHIDA KО‘PAYTIRISH VA BО‘LISH

(23 soat, A1+:30 soat)

2 sonini bir xonali songa kо‘paytirish. 2 ga bо‘lish va bо‘linmada 2 chiqadigan songa bо‘lish. Kо‘paytirish va bо‘lishga oid sodda masalalarni yechish.

2 sonini bir xonali songa kо‘paytirish jadvalini tuzish. 2 ga bо‘lish va bо‘linmada 2 chiqadigan songa bо‘lishning barcha misollarini kо‘rish. Kо‘paytirish va bо‘lishga oid sodda masalalarni yechish.



3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) sonini bir xonali songa kо‘paytirish va 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlariga bо‘lish.

3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) sonini bir xonali songa kо‘paytirish va bо‘lish jadvallarini tuzish va yodlash, jadvalli kо‘paytirish va bо‘lishga doir misol va masalalar yechish.



Tarkibli masalalar.

Kо‘paytirish va bо‘lishga doir tarkibli masalar yechish.



100 ichida kо‘paytirish va bо‘lish.

100 ichida jadvalli kо‘paytirish va bо‘lishga doir misol va masalalar yechish.



Bir xonali sonlarni kо‘paytirish jadvali va bо‘lishning shunga mos hollari. Axborotni jadval kо‘rinishida ifodalash.

Bir xonali sonlarni kо‘paytirish va bir xonali songa bо‘lishga doir misollarni jadval shakliga keltirish, jadvaldan foydalanib misollarning javobini topish. Axborotni jadval kо‘rinishida ifodalash.



V BО‘LIM. ULUSHLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR

(23 soat, A1+: 32 soat)

Sonning ulushi. Sonning ulushini sо‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlash.

Sonning ulushi haqida tushuncha berish.

Sonning ulushini sо‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlash va ularga oid topshiriqlarni bajarish.

Berilgan shartlarga asosan (arifmetik amallar soni va turi, kattaliklar orasidagi bog‘lanish) masala tuzish va yechish. Axborot bilan ishlash.

Berilgan arifmetik amallar soni va turi, kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga va hokazolarga asosan masala tuzish va yechish. Axborot bilan ishlash.



Muammoli (shartida ma’lumotlar tо‘liqmas yoki ortiqcha) masalalar.

Shartida ma’lumotlar tо‘liq bo’lmagan yoki ortiqcha masalalarni yechish.



Geometrik shakllar: kvadrat, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, uchburchak, doira va ular bilan bog‘liq kattaliklar.

Geometrik shakllar: kvadrat, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, uchburchak, doira haqida ma’lumot berish.



Figuralarni taqqoslash va bо‘yash. Bо‘laklari bо‘yicha shaklni yasash va bо‘laklarga ajratish.

Shakllarni taqqoslash va bо‘yash. Bо‘laklari bо‘yicha shaklni yasash va bо‘laklarga ajratishga doir topshiriqlarni bajarish.



Bо‘linuvchi, bо‘luvchi, bо‘linma va qoldiqni chizmada ifodalash.

Bо‘linuvchi, bо‘luvchi, bо‘linma va qoldiqni chizmada ifodalashga doir topshiriqlarni bajarish.



Tо‘g‘ri tо‘rtburchak va kvadratning yuzi. Yuz birliklari: kvadrat santimetr. Belgilanishi – kv. sm (sm2).

Tо‘gri tо‘rtburchak va kvadratning yuzi. Yuz birligi kvadrat santimetr bilan tanishtirish. Belgilanishi – kv. sm (sm2) о‘rgatish.



Katakli qog‘ozda chizilgan shakllar yuzlari.

Katak daftar varag‘iga chizilgan shakllar. Uchburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchaklar chizilgan kataklar sonini sanab chiqish. Tayoqchalar yordamida shakllar yasash.



VI BО‘LIM. UCH XONALI SONLARNI RAQAMLASH. MINGLIK.

(28 soat, A1+: 36 soat)

Uch xonali sonlarni raqamlash.

Uch xonali sonlarning о‘qilishi, yozilishini о‘rgatish.



Yuzlik, о‘nlik va birliklardan sonlarni hosil qilish.

Xona birliklari bо‘yicha tarkibini tushuntirish.



Uch xonali sonni xona birliklari yig‘indisi kо‘rinishida tasvirlash.

Uch xonali sonni xona birliklari yig‘indisi kо‘rinishida tasvirlash.



Uch xonali sonlarni taqqoslash.

Mantiqiy elementlarni solishtirish. Uch xonali sonlarni taqqoslash.



Mingichida og‘zaki va yozma raqamlash (uzunlik о‘lchovi kilometr).

Uch xonali sonni yozishda raqamning о‘rniga kо‘ra qiymati. Yuzlik, о‘nlik va birliklardan sonlarni hosil qilish.



Minglik, yuzlik, о‘nlik va birliklar orasidagi munosabat.

Minglik, yuzlik, о‘nlik va birliklar orasidagi munosabat, xona birliklari bо‘yicha farqlarini tushintirish.



1000 soni. 1000 ichida qо‘shish va ayirishning hisoblash usullari.

1000 soni. 1000 ichida qо‘shish va ayirishning hisoblash usullari. Qо‘shish va ayirishda nollar bilan tugaydigan yuzlik va о‘nliklarni о‘nliklar va birliklar ustidagi amallar bilar almashtirish.



Doira va aylana. Aylana markazi, radiusi, diametri. Sirkul.

Doira va aylananing farqi. Aylana markazi, radiusi, diametri. Sirkul yordamida ishlash.



Ikkita aylananing tekislikda о‘zaro joylashuvi.

Ikkita aylananing tekislikda о‘zaro joylashuvi: moslik asosida joylashuvi, qisman moslik asosida joylashuvi.



Tarkibli masalalar.

1000 ichida tarkibli masalar yechish.



Sonning qismini va qismiga kо‘ra sonni topish. Qismlarni taqqoslash. Geometrik shakllarni qismlarga bо‘lishga doir masalalar.

Sonning qismini va qismiga kо‘ra sonni topish. Qismlarni taqqoslash. Geometrik shakllarni qismlarga bо‘lishga doir masalalar. sonni ikkiga, uchga, tо‘rtga bо‘lishda sonning qismi.



Takrorlash. Materialni tizimga solish va umumlashtirish.
Matematika kursini mavzuiy rejalashtirish



Bо‘lim nomi

Soatlar taqsimoti

II sinf. Matematika

1

1 sinfda o’tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish

10

2

Sonlar va hisoblashlar. 100 ichida о‘nlikdan о‘tib qо‘shish va ayirish

34

3

Sonli ifodalar. Tenglamalar. Geometrik shakllar va kattaliklar

11

4

Kо‘paytirish va bо‘lish. Geometrik shakllar va kattaliklar

21

5

Jadval ichida kо‘paytirish va bо‘lish

23

6

Ulushlar. Geometrik shakllar va kattaliklar

23

7

Uch xonali sonlarni raqamlash. Minglik

28

8

Nazorat ishi

8

9

Nazorat ishi tahlili, xatolar ustida ishlash

4

10

Takrorlash

8




Jami

170


Chuqurlashtirib o‘qitish bo‘yicha mavziy rejalashtirish



Bо‘lim nomi

Soatlar taqsimoti

II sinf. Matematika

1

1 sinfda o’tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish

12

2

Sonlar va hisoblashlar. 100 ichida о‘nlikdan о‘tib qо‘shish va ayirish

42

3

Sonli ifodalar. tenglamalar. geometrik shakllar va kattaliklar

14

4

Kо‘paytirish va bо‘lish. Geometrik shakllar va kattaliklar

28

5

Jadval ichida kо‘paytirish va bо‘lish

32

6

Ulushlar. geometrik shakllar va kattaliklar

30

7

Uch xonali sonlarni raqamlash. minglik

36

8

Nazorat ishi




9

Nazorat ishi tahlili, xatolar ustida ishlash




10

Takrorlash

10




Jami

204

Download 26,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish