Dars jarayonida didaktik, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshi-
rish va bolani rivojlantirish.
1. Butun dars davomida har bir o‘quvchining ongli aqliy faoli-
yatiga erishish:
bu — o‘quvchilar butun mashg‘ulot davomida ish-
laydi deganidir. O‘quvchi uy vazifasini tekshirishga kirishadi, yangi
materiallarning bayonini tinglaydi, ularni mustahkamlashda faol
qatnashadi, mustaqil ishlarni bajaradi. Bunda o‘quvchilarni bilish
faoliyatiga mexanik tarzda jalb etiladi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Bu yer-
da gap tabiiy mexanizmlarning o‘quvchini faol bo‘lishga go‘yo maj-
bur qilayotganday ta’sir etishi haqida ketyapti. Zero, o‘quv
mashg‘ulotida o‘sha mezonni amalga oshirish uchun rivojlanib boruv-
chi usulni qo‘llash zarur va bunda har bir o‘quvchi faoliyatini
darsning barcha bosqichida rejali nazorat qilish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |