ÒENGLASHTIRISH SINFLARI TO‘G‘RISIDA
Bolalarga tabaqali yondashishni amalga oshirish, ularni metodik
maqsadga muvofiq yo‘sinda o‘qitish psixik sog‘lom hamma bolalarga
bitta sinfda ta’lim berish imkonini yaratadi.
Xususan, ana shu muammo hal qilinmagani sababli keyingi
paytlarda „Seleksiya ishining tuzatish sinflari“ deb ataladigan alo-
hida shakli ancha keng tarqaldi. Bunday sinflarda o‘qishda turli qiyin-
chiliklar bois yaxshi o‘zlashtirmaydigan, ba’zan kasaliga noto‘g‘ri
tashxis qo‘yilgan bolalar ham maxsus jamlanadi.
Maxsus maktab jamoalarini tashkil etish masalalari psixologlar,
tibbiyot xodimlari va pedagoglar tomonidan qunt bilan chuqur
tadqiq qilinishi kerak. Bu tadbir o‘qitish, tarbiyalash va kamol top-
tirish natijalarini baholab, o‘quvchilarni navbatdagi sinfga o‘tkazish
muammosini hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Maktablarda o‘quv jarayonini tashkil etishga tabaqali yonda-
shish uchun tenglashtirish sinflarini yaratishning psixologik jihat-
dan ham, pedagogik jihatdan ham o‘ziga xos qiyinchiliklari bor.
Psixologik yo‘sindagi qiyinchilik shundan iboratki, o‘qituvchi uchun
qo‘li ostidagi bolalarning kimligini, ichki dunyosini va ular bilan
qanday ishlash kerakligi, nima uchun shundayligini darrov bilib
olish ancha mushkuldir. O‘zlashtirmaydigan bolalarda xotiraning
hamma turi past bo‘ladi va ularga tahlil qilishni, taqqoslashni ham
umumlashtirishni alohida e’tibor bilan o‘rgatish zarur.
Individual yondashish, xususan, tenglashtirish sinflaridagi ta’lim
va tarbiyaning yetakchi prinsiðidir. Òa’limda olg‘a siljish uchun
o‘qituvchi juda ko‘p mehnat qilishi, xilma-xil mashg‘ulotlarni indivi-
dual yo‘sinda amalga oshirishi lozim bo‘ladi.
Bolalarni umumiy ta’lim maktabidagi o‘quv jarayoniga qo‘-
shish uchun ularning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini teng-
108
lashtirish vazifasini o‘qituvchi, tarbiyachi va ota-onalar hamkor-
likda uddalashlari mumkin. Mazkur sinflardagi o‘quvchilar bilan
ishlaydigan tarbiyachi o‘qituvchining ishini davom ettirishi, har
bir o‘quvchiga alohida-alohida yordam berish uchun maxsus tayyor-
garlikdan o‘tishi kerak.
O‘qituvchi bolalarning charchab qolmasligini e’tibor bilan
kuzatib borishi zarur. Shuningdek, ta’limning usul va metodlarini
puxta o‘ylab, har bir bolaga individual yondashishni hisobga oli-
shi darkor. O‘qitishning amaliy va nazariy bo‘limlarini uyg‘unlash-
tirishi, aqliy zo‘riqish va hordiq chiqarish paytlarini navbatlash-
tirib borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |