Ii-qism: elektromagnetizmdan laboratoriya ishlari to’plami



Download 12,82 Mb.
bet23/90
Sana16.04.2022
Hajmi12,82 Mb.
#557159
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
Ishni bajarish tartibi.

  1. 1-rasmdagi sxemani o`rganing va yig`ing.

  2. Qo`zg`aluvchan tugun D ni reoxord yelkalarning o`rtasiga qo’yib, ma'lum qarshilik R0 shunday tanlab olinadiki, natijada galvanometrda deyarli tok bo`lmasin.

  3. Tugun D ni chap yoki o’ng tomonga surib, galvanometr strelkasi «0» ga keltiriladi. So’ngra reoxord yelkalarining l1 va l2 uzunliklari yoziladi.

  4. Ma'lum qarshilik R0 ni o’zgartirib, tajriba uch marta takrorlanadi va natijalar 1-jadvalga yozib olinadi.

  5. Noma'lum qarshilik RX (6) formulaga qo’yib hisoblanadi. Absolyut va nisbiy xatoliklar topiladi.

  6. Yuqorida bajarilgan ishlar qarshiliklar ketma-ket va parallel ulangan hollar uchun ham takrorlanadi. Ketma-ket va parallel holda hisoblanagan tajriba natijalari nazariy yo`l bilan hisoblangan natijalar

va bilan solishtiriladi.

  1. Olingan natijalar va hisoblashlar 2-jadvalga kiritiladi.

1-jadval



O`lchashlar

Hisoblashlar

Р0

L1

L2

Rх

 Rх



Оm

Mm

Mm

Om

%

%

1.
2.
3.
O’



















2-jadval


O`lchash tartibi





O`lchashlar

Hisoblashlar

R0

lυ

L2

Rх

 Rх



Om

Mm

mm

Om

%

%

Ketma-ket

1.
2.
3.
o'r



















Parallel

1.
2.
3.
o'r



















Sinov savollari
1. Kirxgof qonunlaridan foydalanib ko`prikning muvozanat tenglamasini keltirib chiqaring?
2. Kirxgof qoidasining amaldagi tadbiqini ayting.
3. O`tkazgichning qarshiligi, uning birligi va solishtirma qarshilik haqida ma'lumot bering.
4. O’tkazgichlar parallel va ketma-ket ulanganda umumiy qarshilik qanday topiladi?
5. Tok manbalari va ularni tasniflovchi kattaliklar haqida ma'lumot bering.
6. O’tkazuvchanlik va solishtirma o’tkazuvchanlik haqida ma’lumot bering.
7. Qisqa tutashuvda qarshilik qanday bo’ladi.
8. Ishni bajarish tartibini ayting va ishga xulosa yasang.



    1. NOMA’LUM QARSHILIKNI AMPERMETR VA VOLTMETR YORDAMIDA ANIQLASH.

Ishning maqsadi: Elektr qarshilikni o`lchash. O’tkazgichlarni parallel va ketma-ket ulashni o`rganish.
Kerakli jihozlar: Voltmetr, ampermetr, reostat, o’zgarmas tok manbai, kalit va ulovchi simlar.
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Zaryadli zarrachalarning yo’nalgan (bir tomonlama)harakatiga elektr toki deb ataladi. Zaryadlangan zarrachalar metallarda elektronlar (manfiy zarralar), suyuqliklarda ionlar (manfiy va musbat zarralar ) hisoblanadi.
Vaqt birligi ichida oqib o`tayotgan zaryad miqdori va yo’nalishi o`zgarmaydigan elektr toki o`zgarmas tok deyiladi va formula orqali ifodalanadi.
Tok kuchining birligi Amper hisoblanadi.
Amper shunday o`zgarmas tok kuchiki, vakuumda bir-biridan 1 metr masofada joylashgan ikkita parallel cheksiz uzunlikdagi to`g`ri o`tkazgichdan o`tganda, ularning har bir metriga ga teng kuch bilan ta'sir qiladi.
Tok kuchi 1A bo`lganda o’tkazgichning ko’ndalang kesimi yuzasidan 1sekundda o`tgan zaryad miqdori 1 Kulon bo`ladi, ya'ni
Ma'lum bir sharoitda tok kuchi (1)
formula yordamida topiladi. Bu elektr zanjirining bir jinsli qismi uchun Om qonuni bo`lib, tok kuchining kuchlanishga to`g`ri proporsional ekanligini ko`rsatadi.
O`tkazgichdan elektr toki o`tganda elektronlarning o`zaro hamda o`tkazgich kristall panjaralari tugunlaridagi ionlar bilan to’qnashushlari oqibatida ularning tartibli harakati sekinlashadi, tok kuchi kamayadi o`tkazgich esa qiziydi. Natijada o`tkazgichning qarshiligi ortadi.
(2)
Tajribalarning ko’rsatishicha, o`tkazgichning qarshiligi, uning materialiga, uzunligiga va ko’ndalang kesim yuzasiga bog`liq, u quyidagicha ifodalanadi.
(3)
-har xil moddalar uchun turlicha bo`lib, solishtirma qarshilik deb yuritiladi. Masalan mis uchun alyuminiy uchun
Amalda elektr zanjirlari har xil о’tkazgichlar bilan turli usullarda ulanishi mumkin:
a) ketma-ket ulangan zanjirning hamma qismlarida tok kuchi bir xil bo’ladi. (1-rasm)

1-rasm
qarshiliklar esa:


b) parallel ulangan bo`lsa (2-rasm) zanjirdagi umumiy tok kuchi ayrim tarmoqlardan o’tayotgan tokning yig`indisiga teng.


2-rasm
O`zgarmas tok zanjirida qarshilikni ampermetr va voltmetr yordamida o`lchash bilvosita o`lchash usuliga misol bo’la oladi. Buning uchun 3-rasmdagidek sxema yig`iladi. 3-rasmdagi sxemadan kichik qarshiliklarni b dagi sxemadan o`rtacha va katta qarshiliklarni o`lchashda foydalaniladi. Noma'lum qarshilik Om qonuniga asosan aniqlanadi.
(4)
Bunda UV–voltmetr ko`rsatgan kuchlanish ; IA-ampermetr ko`rsatgan tok.

3-rasm
(4) formula bilan hisoblangan qarshilik qiymati haqiqiy qiymatdan farq qiladi. Chunki, 3-rasmdagi sxemadan ko`rinib turibdiki, ampermetrdan o`tayotgan tok IA noma'lum qarshilikdagi tok IX ga qaraganda voltmetrdan o`tayotgan tok IV miqdoricha ortiqdir. Shuning uchun 3-rasmdagi sxema bo`yicha noma'lum qarshilikning haqiqiy qiymatini quyidagicha hisoblash mumkin: Buning uchun tarmoqlangan zanjirning voltmetr bilan parallel qismi qarshiligi hisoblanadi.



Bu yerda RV- voltmetrning qarshiligi
Bundan yoki ni hosil qilamiz.
U holda noma'lum qarshilik: (5)
formula yordamida hisoblanadi.
Agar voltmetrning qarshiligi Rv o`lchanayotgan qarshilik Rx dan ko`p marta katta bo`lsa ( masalan yuz marta), u holda ampermetr ko’rsatgan tok rezistor qarshiligi Rv ga juda yaqin bo`ladi va qarshilikni (4) formula yordamida oson topish mumkin. Bu vaqtda o`lchashdagi Rv ta'siri tufayli hosil bo`lgan nisbiy xatolik 1% dan ortmaydi.

4-rasm
4-rasmdagi sxemada voltmetr ko`rsatayotgan kuchlanish Uv noma'lum qarshilik Rx ga qo`yilgan kuchlanish Ux dan ampermetrdagi kuchlanish tushishi RAIA ga kattadir. Shuning uchun 4-rasmdagi sxema bo`yicha noma'lum qarshilikning haqiqiy qiymatini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:


(6)
Agar ampermetrning qarshiligi RA o`lchanayotgan qarshilik Rx dan ko`p marta kichik bo`lsa (masalan yuz marta), u holda voltmetr ko`rsatgan kuchlanish noma'lum qarshilik uchlaridagi kuchlanish Ux ga juda yaqin bo`ladi va qarshilikni (4) formula yordamida topish mumkin. Bu vaqtda RA ning ta'siri tufayli hosil bo`lgan nisbiy xatolik 1% dan kichik bo`ladi.

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish