II§ Qayta qurish yillarida O’zbekiston madaniyati.
80- yillar o’rtalariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi. Boshi berk murakkab vaziyatdan chiqib, yo’lini qiyinchilik bilan izlash boshlandi. Nihoyat 1985 yilning bahorida QPSSMQ ning aprel plenumi sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e’lon qildi. “Qayta qurish” sovet jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv ehtiyoji unda yashovchimillatlar va xalqlar manfaatlari taqoza etgan hayotiy zarurat sifatida tariflandi. 80 yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” madaniyat sohasini ham qamrab oldi. Mamlakat siyiy rahbariyatining madaniyat sohasini “qayta qurish” aslida ma’naiy jabhada ma’muriy – buyruqbozlik tizmini rivojlanishining ekstensiv yo’li yaroqsiz bo’lib qolganligidan dalolat edi. Haqiqatdan ham shunday edi. Chunonchi uzoq yillar davomida muxtabid tuzumning milliy respublikalar madaniyatini inkor etib, butun mamalakatda yagona “sotsiolistik madaniyat”ni shakillantirish borasida olib borgan g’ayri ilmiy siyosati madaniyatda ham ijtimoiy,iqtisodiy sohalarda bo’lganidek tushkunlik, turg’unlik mehanizimini yuzaga keltirdi. Siyosiy rahbariyatning ta’siri bilan aytganda uning “rivojlanishni sun’iy ravishda jadallashtirish” lozim edi.
Lekin shuni ham alohida ta’kidlash, lozimki, madaniyat rivoji, ma’naviy jarayonlar jamiyatning o’ziga xos ichki, tabiy qonunlari asosida ruy beradi, uni sun’iy jadallashtirish uchun ko’r – ko’rona aralashuv salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Yana shuni tan olish kerakki, qayta qurish O’zbekistonda milliy madaniyatni, ayniqsa, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, xalqning o’zligini anglash, jarayonini tezlashtirish yo’lida ma’lum qadam bo’ldi.
Madaniyatdagi “qayta qurish” hukumron mafkuraning o’z siyosiy
barqarorligini chiklash yo’lidagi navbatdagi urinishi edi,xolos. Uning maqsadi madaniyatdagi shakillanib bo’lgan sekinlashtirish mexanizmining “ko’zga tashlanib” turgan ayrim “qusurlarni” ta’mirlashdan boshqa narsa emasdi. Bu narsa ayniqsa xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimida yaqqol ko’zga tashlanib qoldi.1 1985-1990 yillar xzalq ta’limi tizimidagi ayrim siljishlar ma’muriy – buyruqbozlik tizimining zo’r berib qilgan harakati bilan tafsiflanadi. Lekin bu davrda ta’lim va tarbiya sohasida ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimi moddiy jihatdan yetarli darajada ta’minlashadi.
80 yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohatlar majoziy ahamiyatga ega bo’lib, mavjud muammoni hal qilishdan ko’ra uni keng xalq ko’z ungidan yashirib “buyab - bejab” ko’rsatish maqulroq ko’rindi. Aslida, islohatdan ko’zlangan maqsad “sovet ta’lim tizimi”ni xalqaro darajada ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilan saviyasi sifatini oshirish, ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirishdan iborat edi.
Ammo ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Buning sababi islohotning o’sib borayotgan kommunistik “ta’limga” mustabid jamiyatning tafakkuriga asoslanganligi bo’ldi. Ulardan tashqari islohotni quruq va’dalarga asoslanib o’tkazib bo’lmasdi, u kuchli moddiy bazaga ega bo’lishi kerak edi. Lekin u moddiy jihatdan ta’minlanmadi, shuning uchun ham u kutilgan natija bermadi.
Masalan, xalq ta’limi sohasida belgilangan islohotlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston SSR maorif vazirligi respublikadagi tabiiy o’sishni e’tiborga olgan holda yuqori saviyadagi ta’lim tizimini
yaratish maqsadida 1985-1990 yillarga mo’ljallab tuzilgan istiqbolli rejada 3693 ming o’quvchiga mo’ljallangan yangimaktablar qurishni ko’zda tutilgan edi. Lekin markaz islohotni ta’minlash uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmaganligi sababli O’bekistonda yangi maktablar qurishni 920 ming o’ringa tushirda.
O’qituvchi kadrlar tayyorlashda ham nomutanosiblik yuzaga kelgan edi. 1985 yilda respublika maktablarida ishlayotgan o’qituivchilar soni 268,4 ming kishini tashkil qilgan holda bu raqam 1990 yilga kelganda 243,9 ming nafarga tushib qoldi. Buning sababi, birinchidan aholi o’rtasida asosiy ziyo tarqatuvchiga nisbatan e’tiborsizlik bo’lsa, ikkinchidan o’qituvchilarni ijtimoiy himoyalashdagi yo’l qo’yolgan xatolar ataldi. 1991 yilda FA tarkibida suv muammolari institutlari tashkil etildi. Fan bilan ishlab chiqarishni yaqinlashtirish maqsadida ba’zi institutlatqoshida ishlab chiqarish birlashmalari, markazlari tashkil etildi.
Ayniqsa astranomiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 80- yillarning o’rtalaridan boshlab astranomiya instituti olimlari fransuz olimlari bilanhamkorlikda Quyoshning global tebratishini tadqiq etish sohasida keng kulamli ishlar olib borildi. Quyosh faoliyatini tekshirish sohasida Yu.Solonim,I.Sattorov, Z.Qoraboyeva, Sh.Egamberdiyev kabilarning xizmati katta bo’ldi. 1986 yilda esa yuksak energiyali astrofizika bo’limi tashkil qilindi.,unda gamma – astronomiya sohasida tadqiqotlar o’tkazish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek biologiya, kibrnitika, yadrofizika va meditsina fanlari sohalarida ham bir qator muhim va dolzarb muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borildi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar sohasida “qayta qurish” o’yg’onish va hurfikrlilik bo’lib xizmat qildi. (Mavzularni o’rganishda qisman bo’lsada imkon yaratildi.) Falsafa,tarix, ayniqsa vatan tarixini o’rganish uning uslubiyatiga, oq dog’larini doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal
etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag’ishlangan ilmiy ayniqsa, publistik maqolalar, gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turadi.
Biroq kommunistik mafkura yakka hokimligi sharoitida mazkur masalalarni to’liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o’zlikni anglash jarayoniga tish – tirnog’I bilan qarshilik kursatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakka hokimligi tufayli yuzaga kelayotganligini yashirishga, niqoblashga urinar edi.
“Qayta Qurish” yillarida o’zbek ziyolilarini say – harakatlari bilan milliy – madaniy merosini tiklash, tarixiy – madaniy yodgorliklarni qaytarish muhum masalalardan biriga aylandi. Shu ma’noda 80-yillarning ikkinchi yarmida O`zbekistonda “Meros” dasturi amalga oshirila boshladi. Bu harakat respublika bo`ylab keng yoyildi. Jumladan, O`zbekistontarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash Toshkent viloyati kengashi huzurida tuzilgan yangi tashkilot – “Bobur jamuiyati”, 1989 yilda birinchi jamoat ekspeditsiyasi sifatida tashkil etilgan “Bobur yo`li” ilmiy ma’rifiy uyushma,1 ayni shu paytlarda Farg’onada faolyat ko’rsatgan, “Farg’ona madaniyatini tiklash”, Toshkent shahridagi 254- o’rta maktabga vujudga kelgan “Madaniy merosga ixlos” markazlari xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g’urur, faxr – iftixor, yuksak ma’naviy – axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishda muhim rol o’ynadi.2 “Qayta qutish” bunday markaz tashkilot va uyushmalar O’zbekistonning barcha xududlarida tashkil etilgan edi.
“Qayta qurish” yillarida tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash, muhofaza etish ayniqsa muziylar faoliyatining yaxshilash muammosi eng muhum masalalardan biri sifatida ko’p tartibida turdi. Ma’lumki muzeylar xalq milliy o’zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq “qayta qurish” yillarida ham ilgari davrda bo’lgani kabi respublika muziylari asosiy e’tibori inqilobiy – siyosiy, “sotsializmning afzalliklarini” targ’ib qilishga qaratdi. Agar 1985 yilda O’zbekistonda 46 muzey faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1989 yilga kelib ular soni 58 taga yetdi. Lekin yuqorida qayd qilinganidek, ular asosan hali hukumron bo’lib turgan kommunistik mafkuraning “targ’ibotchilari” sifatida faoliyat kursatar edi.
Ammo shunday sharoitda ham tarixiy madaniy yodgorliklarning saqlash masalasiga bo’lgan kommunistik munosabat o’zgarmadi, yodgrliklarni hisobga olish, muhofaza qilish, ta’mirlsh va ulardan foydalanishdek muhim va murakkab jarayonga e’tiborsizlik bilan qarqldi. 8 yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda xisobga olgan holda ulardan 6466 tasigina (70%0 davlat muhofazasiga o’tkazildi xolos.1
Yana shunisi tajjubliki, milliy ma’naviyatning asosi bo’lgan yodgorliklarni saqlashga davlat tomonidan arzimagan mablag’ ajratdilar, u ham bo’lsa yildan – yilga kamayib borardi.
XX asrning boshlaridan adabiyot muayyan ma’noda jamiyat hayotining barometri bo’lib kelgan. Bu hol qayta qurish yillarida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlandi.
Agar o’zbek adabiyoti nomoyondalari siyosiy – ijtimoiy muzumning “qosh qovog’i” ga qaramay, urush davridan e’tiboran tarixiy mavzularga katta e’tibor bergan va bu sohada Oybek, Mirkarim Osim, Shayxzoda kabi yozuvchilar faoliyat ko’rsatgan bo’lsalar,qayta qurish yillarida tarixiy mavzularga e’tibor yanada kuchaydi. Jumladan Mirmuhsin shu yillarda “Temur Malik” romanini e’lon qildi”. Muhammad Ali “Sarbadorlar” romanini Azim Suyun shu nomdagi dramatiл dostonini yaratdi. Shu tariqa, tarixiy mavzularda o’zbek
adabiyotining yangi avlodi ham qo’l o’ra boshladi.
Qayta qurish ham tarixiy mavzuda ijod etuvchi yozuvchilar uchun qanchalik keng imkoniyat yaratganiga qaramay, bir tomondan, Oydek, M.Osim, M.Shayxzoda singari o’zbek xalqi tarixini puxta bilgan yozuvchilarning bu davrda yetib kelganligi, ikkinchi tomondan T.Qodirov va O.Yoqubov singari yozuvchilarning boshqa yumushlari bilan band bo’lib bu mavzudagi asar yaratilganliklari sezildi.
Yozuvchilar garchand qisqa vaqt davom etgan bo’lsa-da sovet jamiyatini hayotida burilish yasagan qayta qurish davri imkoniyatlaridan shu ma’noda yetarli foydalana olmadilar.
Ammo shu bilan birga qayta qurish davri bergan ikkinchi muhim imtiyoz oshkoralik edi. Kommunistik mafkura hukumronlik qilgan yillarda jamiyatda kechayotgan hayotiy xodisalarni faqat sharqlovchi yoxud ijobiy buyoq xolos, Yozuvchilar bu xodisalarga teran nazar tashlash va badiy taxlil etish imkoniyatiga ega bo’lmailar. Shuning natijasida sovet voqeyligini ideallashtiruvchi, real hayot haqiqatidan o’zoq bo’lgan asarlar ko’plab maydonga keldi. Xolbuki, siovet davri nafaqat ayrim shaxslar balki butun xalqlarning fojiasi bilan to’la bo’lgan. Qishloq xo’jaligini xamoalashtirish singari tadbirlar oqibatidan qanchadan - qancha kishilarning yostig’i qurigan. Milliy respublikalarning huquqlari toptalib, xatto ulrning mahalliy rahbarlari ham o’z xalqini, respublikadagi yer osti va yer usti boyliklarini, xalqning aqliy salohiyatini o’zida mujassamlashrirgan hamoya qilish imkoniga ega bo’lgadilar.
Qayta qurish yillarida berilgan eng katta imkomiyat sovet jamiyati hayotida yuz bergan ana shunday voqealarga xushyor nazar tashlash, respublika tarixining soxtalashtirilgan va noto’g’ri tasvir etilib kelgan saxifalarini qayta baholash bo’ldi. Yozuvchilarning aksar qismi diqqat – e’tiborlarini xuddi shu narsaga qaratdilar.
50 yillarning boshlaridagi qatog’on qurbonlaridan biri Shukrullo “Kafansiz kumilganlar” xotira romanini yozib, unda sovet tuzumining inson xaq – xuquqlarini paymol etish evaziga yangi tarixiy birlik sovet xalqini yaratishga qaratilgan aksilinsoniy maqsad – mohiyatini ochib tashladi. Shu yillarda maydonga kelgan qator ramon, qissa va hikoyalarda sovet jamiyatining qonli tarixi, siyosiy tuzum tomonidan majaqlanib tashlangan taqdirlar xaqqoniy tasvirini topdi. Yozuvchilar yetmish yillik tarixiy jarayonni yangi tafakkur asosida tasvir va talqin etishga faol kirishdilar. To’g’ri shu yillarda sovet jamiyatining yaqin tarixini bir tomonlama tasvirlagan “jim - jitlik” (Said Ahmad asari), “Corraha” (Asqar Muxtor) singari romanlar paydo bo’ldi. Ammo, aksar asarlarning mualliflari kechagi tarixning murakkab ichki ziddiyatlarini to’g’ri ko’ra va aks ettira oldilar. Shuma’noda, Murod Muhammad Do’stning “Lolazor”, O’tkir Xoshimovning “Tushda kechgan umirlar” romanlari shu davrning adabiy xayotida muhum voqea bo’ldi.1
Agar bu asarlarning birinchisida qayta qurish davri arafasidagi respublika hayoti tug’rirog’i shu davrdagi ayrim tarixiyt – shaxslarning faoliyati haqqoniy ta’svir etilgan bo’lsa, ikkinchisiga sovet davrida ro’y bergan ayrim voqealarning aql va zakovat qonunidan chetda kechganligiga urg’u beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |