Ii-modul. Jahon adaboyotining o‘rta asrlar davri 5-mavzu: O‘rta asrlar Sharq adabiyoti (2 soat)



Download 136,88 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2022
Hajmi136,88 Kb.
#528794
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MAVZU

4.Umar Hayyom ruboiylari. Rudakiy g’azaliyoti.
Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy)(1048.18.5, Nishopur 1131.4.12) — matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir.Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Malikshoh va Nizomulmulk (1019-92) daʼvati bilan 1074 yilda Isfahonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079 yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʻlgan.
Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʻzini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblagan. Ibn Sino asarlarini tushunmagan kishilar ularni izohlash va sharhlashni undan soʻraganlar. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʻoya va qarashlarini davom ettirgan hamda targʻib qilgan. „Risolat ul-kavn vat-taklif“ („Koinot va uning vazifalari haqida risola“), „Risola fil vujud“ („Borliq haqida risola“), „Risola fi kulliyoti vujud“ („Borliqning umumiyligi haqida risola“) kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon boʻlgan. 1077-yilda u yunon olimi Yevklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan „Risola fi sharhi mo ashkala min musodarat kitob ul-Iklidis“ („Yevklid kitobi muqaddimalaridagi mushkulotlar sharhi haqida risola“) asarida butun sonlarning ildizini topish yoʻllarini koʻrsatib bergan. „Risola fil barohiyn ala masoyil al-jabr val-muqobala“ "Algebra va muqobala (qarshilik nazariyasi) isbotlari haqida risola"], „Mushkulot ul-hisob“ („Arifmetika mushkulotlari“) asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharhlash bilan birga, ularning qarashlarini rivojlantirgan, matematik, fizik tenglamalarning modellarini topgan. XII asr fors nasrining nodir namunasi hisoblangan „Navroʻznoma“ asarida Navroʻzning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bogʻliq anʼana va marosimlari keng yoritilgan, koʻplab hikoyat va rivoyatlar keltirilgan.

Asrori azalni sanu man bilmasmiz,


Bu harfi chigalni sanu man bilmasmiz.
Har nechaki so‘zladik, dedik parda osha,
Chu pardaki tushdi, sanu man bilmasmiz...
Umar Xayyomga uning ruboiylari jahonshumul shuhrat keltirgan. Ularda shoir dunyo, odam haqida, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, eskining yemirilib, yangining paydo boʻlishini (kulol, koʻza, tuproq haqidagi ruboiylar va h.k.) ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning maʼnosi, insoniy fazilat va qusurlar, maʼrifat va jaholat kabi mavzular shoir ruboiylarining asosini tashkil etadi. Tez-tez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot lazzatlarini ulugʻlash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz gʻazalni qanchalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Xayyom ham ruboiyni shunchalik yuksak mavqega koʻtardi. Xayyom ruboiylari dunyoning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Bu ruboiylar oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. XIX asrdan Gʻarbda ham mashhur boʻlgan. Aynan u tufayli ruboiy jahon soʻz sanʼatining mashhur janrlaridan biriga aylangan. U oʻzining falsafiy jihatdan teran va sermazmun ruboiylari bilan Sharq sheʼriyatida falsafiylikning chuqurlashuviga katta hissa qoʻshgan.
Amerikada Umar Xayyom asarlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari, Londonda maxsus xayyomxonlar saroyi mavjud. Ularda shoir ruboiylari ham aslida, ham tarjimada badiiy soʻz ustalari, mohir notiqlar tomonidan oʻqiladi. Sharqda bunday sahna asari — „Oʻz-oʻzim bilan suhbat“ Tojikiston xalq artisti Mahmudjon Vohidov tomonidan yaratilgan. Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirovlar ham Xayyom ruboiylari asosida qoʻshiqlar yaratganlar.
Xayyom ruboiylarini XX asr boshlaridan oʻzbek tiliga tarjima qilishga kirishilgan. 1914-yil „Shoʻro“ jurnalining bir necha sonlarida shoirning ruboiylari ilmiy sharhi bilan nasriy tarjimada eʼlon qilingan. Fitrat „Fors shoiri Umar Xayyom“ nomli risolasida (1929) uning 35 ta ruboiysini nasriy tarjimada keltirgan. Keyinchalik F.Abdullayev uning 14 ta ruboiysini sheʼriy tarjima qilgan. Xayyom ruboiylari tarjimasi asosan Sh. Shomuhamedov nomi bilan bogʻliq: shoir ruboiylari uning tarjimasida bir necha marta bosilib chiqqan. Soʻnggi yillarda Umar Xayyom ruboiylarining J.Kamol, E.Ochilovlar tomonidan aruzda qilingan yangi tarjimalari paydo boʻldi. 2001-2004-yillarda Nabi Jaloliddin Umar Xayyom hayotiga bagʻishlangan roman yozdi. Bu ajoyib roman Xayyom ruhiyatining barcha qirralarini toʻla namoyon etgan.
ABU ABDULLO RUDAKIY (858-941)
Fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdullo Ja'far binni Muhammad Rudakiy Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning taxallusi shu qishloq nomidan olingan bo‘lib, rud degan cholg‘u asbobi bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikrlar haqiqatdan yiroq. U alohida qobiliyat sohibi bo‘lib, «sakkiz yoshida Qur'onni xatm qilib, qorilikka o‘tgan va she'r ham ijod qila boshlagan. Chiroyli ovozi tufayli ashula aytish va ud asbobini chalishga kirishib, bu san'atda mahorat ko‘rsatdi». Yosh iste'dodning ovozasini eshitgan Nasr ibn Ahmad uni Buxoroga - somoniylar saroyiga da'vat qiladi. Uning iste'dodi Buxoroda nash'u namo topadi. Rudakiyning basirligi to‘g‘risida manbalarda turli fikrlar yuradi: bir xillari shoirning onadan ko‘r tug‘ilganligini ta'kidlasalar, ikkinchilari Buxoro amiri qarmatlikda ayblab, uning ko‘ziga mil tortganligi haqida ma'lumot beradilar. Shoirning tabiat manzaralarini hayratlanarli darajada yorqin tasvirlaganidan kelib chiqib, ko‘pchilik uning tug‘ma ko‘r bo‘lganligiga ishonmaydi. 1956-yili shoir kalla suyagini tekshirib ko‘rgan antropolog-haykaltarosh M. Gerasimov ko‘z kosasida qolgan izlardan shoirning ko‘zi kuydirilib ko‘r qilinganligini aniqladi. Adabiy-tarixiy manbalar shoir merosini 700 mingdan 1 million 300 ming misragacha ko‘rsatishadi. Ba'zilar esa undan yuz jild meros qolgan deyishadi. Afsuski, bizga qadar bu muazzam merosning juda oz qismi yetib kelgan. 1956-yili Rudakiyning 1100 yilligi munosabati bilan uning parokanda she'rlari bir yerga jamlanganda 1840 misrani tashkil etgan edi. 1957-yili shoir she'rlari zabardast mutarjim va forsiy adabiyot bilimdoni Munirxon Muinzoda tarjimasida o‘zbek tilida ham bosilib chiqadi[3].
Keyinchalik fors-tojik so‘z san'atining yirik tadqiqotchisi va tarjimoni Shoislom Shomuhamedov tarjimasida Rudakiy asarlari yana ikki marta nashr etildi..
Sadriddin Ayniy: «Ustod Rudakiy o‘z she'rlaridan devon tuzgan dastlabki shoirdir», - deb ma'lumot beradi. «Bo‘yi jo‘yi Mo‘liyon oyad hame» («Mo‘liyon arig‘ining bo‘yi kelmoqdadir)» misrasi bilan boshlanadigan g‘azali unga favqulodda shuhrat keltirdi. «Modari may» («Mayning onasi») qasidasi ham mashhur. Buyuk hind eposi «Kalila va Dimna»ni she'riy tarjima qilgan. Ilmu adab ahli Rudakiy uslubini «sahli mumtane'», ya'ni «osonu mumkin emas», deb baholaganlar.
«Rudakiy arablardagi she'r o‘lchovi aruzni chuqur o‘rganib, o‘z xalqi orasida keng tarqalgan qo‘shiqlar kuyiga tatbiq qilish natijasida bir necha yangi vaznlar ixtiro qilib, aruzni boyitgan»[6]. Rudakiy va uning safdoshlari forsiy she'riyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson (yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar.
Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «ustod Rudakiy advor va musiqiy fanida tamom quvvatga ega edi... uning ilmlar va ko‘p fanlardan voqifligi bordir. She'riyat turlaridan qasida va masnaviyni (ham) yaxshi aytar erdi. Ustod Rudakiy xosu avom oldida baland martabaga erishgan»[7].
Ko‘pgina mashhur so‘z ustalarining yakdillik bilan e'tirof etishlaricha, Sharqda biror shoir Rudakiychalik shon-shuhratta burkanmagan, ayni paytda, Rudakiychalik molu davlatga ham ega bo‘lmagan. Afsuski, forsiy she'riyatning ustodi, Odam Atosi deb ulug‘langan shoir keksalikda qishlog‘iga qaytib, ko‘r, qashshoq va kasal holida vafot etadi.
Rudakiyni ruboiy janrining yozma adabiyotdagi kashshofi xam deydilar. Chunki janrning barcha talablariga javob beradigan ilk ruboiylar Rudakiy qalamiga mansub. U o‘z ruboiylarida ishq mavzuini keng va chuqur yoritib berdi. Albatta, shoir ruboiylarida falsafiy fikrlar va zamondan shikoyat motivlari ham ko‘zga tashlanib turadi. 



Download 136,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish